Jizzax jizzax filiali


V-X asrlarda G'arbiy Yevropada feodalizmning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 276,73 Kb.
səhifə15/100
tarix10.02.2022
ölçüsü276,73 Kb.
#83656
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
ИКТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ AМALIY111 lotin

V-X asrlarda G'arbiy Yevropada feodalizmning rivojlanish xususiyatlari

G'arbiy Yevropa feodalizmida 2 xil ijtimoiy tizim shakllangan edi: antik quldorlik tizimi va varvar quldor qabilalar tizimi. Ular orasidagi farq juda katta edi. Birinchi tizim juda rivojlangan edi, ikkinchisi esa sinfiy tarmoqqa ega emas edi. Bir tarafdan IV-V asr­larda antik jamiyatda protofeodal elementlar paydo bo'la boshla- di, boshqa tarafdan esa ko'pgina xalqlar o'zaro ichki rivojlanishlar orqali feodalizmga kela boshladilar.

Feodalizm tarixining ko'pgina muammolari, shu bilan birga un- ing davrlanishi yetarli darajada munozaralidir. So'nggi paytlarda davrlanish qo'yidagi tarzda deb belgilanmoqda;



  1. Ilk o'rta asrlar V-IX asrlar. Bu davrda feodalizmning ilk shakl- lari paydo bo'ldi: yer yuqori tabaqa vakillari o'rtasida taqsimlani- shi yuzaga kela boshladi, erksiz dehqon qatlami shakllana bosh- ladi, vassal-lenn munosabatlari vujudga keldi.

  2. Yuqori o'rta asrlar X-XIII asrlar.

Bu davrda dominant xo'jalikning shakllanishi, feodal ierarxiyas- ining vujudga kelishi, hunarmandchilik va savdoning birmuncha rivojlanishi ro'y berdi. Shuni aytib o'tish kerakki XIII asrda G'arbiy Yevropada o'ziga xos feodalizm rivojlanishi ro'y bera boshladi. XIII asrgacha deyarli barcha hududlarda iqtisodiyotning rivojlanishi ro'y berdi, minglab shaharlar paydo bo'ldi va ularning ko'pchiligi o'zini-o'zi boshqarishga o'tdi.

Bu shaharlarda yuzlab ixtisoslikka ega bo'lgan hunarmand- lar ishlardi, ko'pgina sexlar va gildalar paydo bo'ldi. Qishloq xo'jaligida ish qurollarining takomillashishi ro'y berdi, ichki mus- tamlakaga aylantirish ro'y berdi hamda o'z navbatida o'rmonlarni kesish, melioratsiya ishlari boshlab yuborildi. Iqtisodiy rivojlanish natijasida aholining 2-3 barobarga o'sishi sodir bo'ldi.



  1. So'nggi o'rta asrlar XIV-XVII asrlar.

Feodal yer munosabatlari asta-sekin yo'q bo'la boshladi yoki dominant xo'jalik butunlay yo'q bo'la boshladi dehqonlarning shaxsiy ozodlikka erishishi jarayoni ro'y bera boshladi, feodal ierarxiyaning amalga kirish jarayoni boshlandi. Feodal tizimning inqirozga uchrash alomatlari paydo bo'lib, ilk kapitalizmning alo- matlari paydo bo'ldi.

Yer fondlarining tugashi munosabati bilan yer mukofotlari



  • benefitsiylar abadiy berilmaydigan, balki xizmat muddatiga yoki umr oxirigacha beriladigan bo'ldi va keyinchalik xizmatdagi boshqa kishilarga berilishi mumkin qilib belgilandi. IX-X asrlar davomida benefitsiylar umr oxirigacha beriladigan shakldan me- ros qoldiriladigan yo'lga aylana bordi va majburiy harbiy xizmatda bo'lish bilan bog'liq shartli merosiy mulk sifatida feod1 shaklini ola boshladi.

Bu islohot, birinchidan, harbiy tashkilotning asosi bo'lib qol- gan mayda va o'rta feodallar qatlamini mustahkamladi; ikkinchi- dan, feodal yer mulkdorligini mustahkamladi va yer odatda shu yerda yashagan odamlari bilan birga beriladigan bo'lgani uchun dehqonlarning qaramligini kuchaytirdi; uchinchidan, yer beruvchi va yer oluvchi o'rtasida yer munosabatlarini keltirib chiqarib, vas­sal munosabatlarning qaror topishiga sabab bo'ldi.

Qirol votchinasining qaram dehqonchiligi asosiy uch guruxga bo'linar edi:



  • kolonlar, yoki chorakorlar, ular ko'pchilikni tashkil etishardi

  • shaxsan erkin, ammo yer qaramligida bo'lganlar:

  • qul-servlar - shaxsan va yer qaramligida bo'lganlar;

  • litlar - o'rta holatdagilar - qaysidir feodalning homiyligida bo'lib, yer ulushidan merosga qoldirish huquqi bilan foydalanu- vchilar.

Bunday farqlar asta-sekin yo'qola borib, dehqonlar bir xil qaram odamlarga aylana bordilar. Ularning hammasi to'lov to'lab, feodalga tekin ishlab berishga majbur edilar.

Xo'jaliklar tabiiy bo'lib, hunarmandchilik mehnati dehqonchilik bilan birlashgan edi. Mahsulotning deyarli hammasi votchinaning o'zida ishlatilar, har zamonda ortiqcha mahsulot sotilar va votchi- nada ishlab chiqarish mumkin bo'lmagan mahsulotlargina sotib olinar edi. Ammo savdo - sotiq iqtisodiy hayotning umumiy dara- jasiga sezilarli ta'sir etmas edi.

XI asrda feodal-qaram dehqonchilikning shakllanishi tugallan- di. Sen'orlarga shaxsan va yer qaramligida bo'lgan servlar asosiy qatlam bo'lib qoldilar. Dehqonlar villanlar deb atalmish, shaxsan erkin, lekin yer va suv qaramligida bo'lgan kichik guruhi saqlanib qoldi.


  1. XIII asrlar uchun ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va qishloq xo'jaligining mahsuldorligini oshirishda yuksalish xususi- yatlidir. Yerga ishlov berish yaxshilandi. Uch dalalik uslubi tarqaldi. Bo'sh yerlar va o'rmonlarni o'zlashtirish - ichki mustamlakalashti- rish keng tarqaldi.

XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada qishloq xo'jaligi

XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropa feodalizmi tugallangan yetuk shakllarga ega bo'ldi. Bu davrda feodal tarqoqlik o'z o'rnini markazlashgan feodal davlatlarga bo'shatib berdi. Ulardan eng yiriklari Fransiya va Angliya edi. Feodal hukmronlikning marka- zlashuvi feodal ishlab chiqarish usullarining mustahkamlashuviga olib kelmay iloji yo'q edi. XI-XV asrlarda bu yerda feodal tuzum keng qamrovli ahamiyat kasb etib, xo'jalik hayotida hal qiluvchi rol o'ynay boshladi.

Krepostnoylashgan sen'orlar o'zlarining barshchina tizimi bi­lan chuqur inqirozga uchray boshladi. Feodal tuzumning natural xo'jaligi o'zining ahamiyatini tobora yo'qota bordi, jamiyat bor- gan sari qarama - qarshi fikrni bildira boshladi. Dominant xo'jalik ishlab chiqargan mahsulotlar xalq ehtiyojlarini va shu bilan birga feodallarning ham ehtiyojlarini qondira olmay qoldi. Fransuz dvoryanlari va dehqonlariga nisbatan sifatli va har xil turdagi ish qurollari va iste'mol mollari kerak bo'la boshladi. Shahar va qish- loqlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tobora kuchayishi pul hajmini ko'paytirish zaruriyatini keltirib chiqardi.

Feodal rentani mahsulot va pul obroki shaklida topshirishga obyektiv ehtiyoj vujudga keldi. Mahsulot shaklidagi renta ishlab chiqaruvchidan yanada yuqori ishlab chiqarish madaniyatini talab etardi. XIV-XV asrlarda Fransiyada feodallar qaram dehqonlarni barshchinadan mahsulot shaklidagi rentaga, keyinchalik esa pul rentasiga o'tkazdilar. Natijada dehqon xo'jaligi feodal rentasini ishlab chiqarish markaziga aylandi. Fransuz zodagonlari oltin va kumushlarning shu'lasidan mast bo'lib qoldilar. Pul shaklidagi obrok o'lchab bo'lmas darajada katta ediki, feodallar o'zlarining barcha talablarini qondirishga harakat qilardilar.

XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada feodal shahar, hunarmandchilik va savdo sotiq.

Hunarmandchilikning qishloq xo'jaligidan ajralish jarayoni G'arbiy Yevropada feodal shaharlarning paydo bo'lishiga mod- diy asos bo'lib xizmat qildi. O'rta asrlarning boshlarida insonning xo'jalik faoliyati to'laligicha qishloqda jamlangan, hunarmand­chilik dehqonchilikdan ajralmagan edi. To'g'ri, devorlar bilan o'ralgan yirik aholi punktlari mavjud edi, lekin iqtisodiy jihatdan ular qishloqlardan farq qilmas, faqat ma'muriy va diniy markazlar vazifasini o'tar edilar.

Lekin XI asrga kelib, umumiy iqtisodiy yuksalish natijasida, hu­narmandchilik va savdo - sotiq markazlari sifatida shaharlar vu­judga keldi. Jamoaviy mehnat taqsimotining rivojlanishi bilan Rim davridan saqlanib kelayotgan eski shaharlar jonlandi, yangilari paydo bo'ldi. Markazlashgan shaharlarning iqtisodiy va siyosiy hayoti aynan shaharlarda jamlana boshladi. Shaharlar iqtisodiy va madaniy rivojlanish timsoliga aylandi.

XI-XIII asrlarda G'arbiy Yevropa feodallari bir necha bor Sharq yo'nalishida yurishlar amalga oshirdilar. Ko'plab ritsarlar, dehqon­lar va shaharliklarni o'z domiga tortgan salb yurishlari, umuman olganda, yevropaliklar uchun muvaffaqiyatsiz tugagan bo'lishiga qaramay, Yevropa hayotida iz qoldirmay iloji yo'q edi. Ular sharq davlatlari bilan G'arbiy Yevropa o'rtasida tovar-pul munosabatlar- ining rivojlanishiga, buning natijasi o'laroq Yevropa shaharlarin- ing yanada o'sishiga xizmat qildi.

Shaharlar yanada mustahkamlana borib, yomg'irdan keyin paydo bo'lgan qo'ziqorinlardek tez ko'paya boshladilar. Faqat Germaniyaning o'zida XIII-XIV asrlarda 700 dan ortiq shaharlar paydo bo'ldi. G'arbiy Yevropa shaharlarining ichidagi Italiyadagi Venetsiya, Genuya va Florensiya, Germaniyadagi Keln, Gamburg, Lyubek, Augsburg, Regensburg, Fransiyadagi Parij, Angliyadagi London va York kabi yirik savdo-sanoat markazlarini alohida aytib o'tish kerak.

Ularning aholisi ko'p emas edi. Germaniyada 10-15 ming ahol- isi bo'lgan shaharlar o'rtacha, 25-35 ming aholisi bo'lganlari yirik, 3 mingdan 5 minggacha aholisi bo'lganlari esa mayda shahar­lar hisoblanar edi, o'rta asr shaharlari qulayliklarga ega emas edi. Ko'chalari tor, qing'ir-qiyshiq, qoplamasiz va yoritilmagan edi. Binolar yog'ochdan qurilar, tez-tez yong'in ostida qolar edilar.

Texnika rivojlanishi faqat sanoatda yuz berib qolmadi. Harakat- lanish vositalarida, ayniqsa dengiz transportida katta o'zgarishlar yuz berdi. XVI asrda o'q otar qurollar harbiy sohada haqiqiy inqi- lobga olib keldi.

Qishloq xo'jaligida ham sanoatdagiday tez bo'lmasa ham tex- nika va texnologiya yuksalishi kuzatildi:



  • Botqoqliklarni quritish va o'rmonlarni qo'porib tashlash natijasida haydaladigan yerlar ancha kengaydi.

  • XVI asrda dehqonchilikning ko'proq takomillashgan tizimlari

  • ko'p dalalik almashlab ekish va o't o'stirishga o'tish boshlandi.

  • O'g'itlardan foydalanish kengaydi, qishloq xo'jalik asbob- uskunalari soni ko'paydi.

  • Metallurgiya yutuqlari metalldan ishlangan qurollarning ko'payishi va ularning sifati oshishiga olib keldi.

Sanoat va qishloq xo'jaligining mahsuldorligi oshishi bilan birga:

  • ichki bozor kengaydi,

  • tashqi bozorga mahsulot yetkazib berish tez o'sa boshladi,

  • savdogar asosiy shaxsga aylana bordi,

  • pul munosabatlari murakkablashdi,

  • savdo shartnomalari va bitimlarining yangi ko'rinishlari ildiz ota boshladi,

  • birja mahsulot va qimmatbaho qog'ozlar ayirboshlash joyi- ga aylandi,

  • qarz berish va bank ishi rivojlandi.

G'arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari ahvolidagi ma'lum o'zgarishlar shundan dalolat beradiki: jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchilar bo'lgan hunarmand va dehqonlarn- ing mayda xo'jaliklari XVI asrda o'z imkoniyatlarini tugatib bitirdi va endilikda mustaqil rivojlanishga qodir bo'lmay qoldi.

Mayda ishlab chiqaruvchining iqtisodiy ahvoli o'zgara bordi, chunki u endi mehnat qurollarini olish uchun tobora ko'proq mablag' sarflashi kerak bo'la boshladi.

Bu pirovard natijada hunarmandning savdogar yoki boshqa kap- ital egasiga iqtisodiy qaram bo'lib qolishini yengillashtirdi, mayda ishlab chiqarishning yemirilishiga va kapitalga bo'ysunishiga olib keldi va nihoyat, mayda sanoatni unumliroq kapitalistik ishlab chiqarish shakllariga o'z joyini bo'shatib berishga majbur qildi.

Tog'-kon sanoati, metallurgiya va metallga ishlov berish so- halarida mayda sanoatning "qobiliyatsizligi" yanada yaqqol namoyon bo'ldiki, hunarmand o'z mablag'lariga shaxta, domna o'choqlari, temirga ishlov berish uchun og'ir to'qmoqlar sotib ola olmas va bularni faqat o'z kuchi bilan ishlata olmas edi. Bu sohalarda alohida hunarmandlarning mayda sanoati yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan surib tashlanishi aniq edi.



Buyuk geografik kashfiyotlar

XVI -XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida feodal tuzumning barham topishi va feodal jamiyat negizida yangi, kapitalistik mu- nosabatlar tug'ilishi jarayoni yuz berdi.

O'zgarishlar G'arbiy Yevropa mamlakatlari jamiyatining barcha sohalariga ta'sir ko'rsatdi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlari asta-sekin o'zining cheksiz ustunligini yo'qota boshladi. Dastlab- ki kapital to'plash jarayoni ildiz ota boshladi. Mehnat taqsimoti yanada o'sdi.

Dehqonlarning yersiz qolishi va shahar hunarmandlarining xarob bo'lishi natijasida paydo bo'lgan yollanma ishchilar ishlay- digan kapitalistik manufakturalar yuzaga keldi. Ijtimoiy tuzilishda ham o'zgarishlar yuz berdi; feodal jamiyatda yangi sinflar - bur- juaziya va proletariat shakllandi.

Kapitalizmning rivojlanishida buyuk geografik kashfiyotlar alohida ahamiyat kasb etdi (XV asr oxiri - XVII asr). Yangi savdo yo'llari va ilgari ma'lum bo'lmagan mamlakatlar va kontinentlarn- ing ochilishi, Yevropa bilan dunyoning boshqa mamlakatlari orasi- da doimiy aloqalar o'rnatilishi nisbatan qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlari xo'jaliklariga ulkan mablag'lar keltirdi.

Olimlarning fikricha: "XVI-XVII asrlarda geografik kashfiyotlar natijasida yuz bergan buyuk inqiloblar va savdo-sotiq kapitalining tez rivojlanishi ishlab chiqarishning feodal usulidan kapital usu- liga o'tishiga ko'mak bergan eng asosiy omillardan biridir".

  1. asrning ikkinchi yarmiga kelib Yevropa davlatlarining Sharq bilan savdo-sotiq sohasida paydo bo'lgan qiyinchiliklar va mu- omala vositalarining keskin yetishmovchiligi buyuk geografik kashfiyotlar uchun turtki bo'lib xizmat qildi. Avval an'anaviy bo'lgan sharq yo'llari turklar, arablar va tatar-mo'g'ullar tomoni­dan bosib olingan edi. Arablarning sharq mahsulotlarini Yev- ropaga olib kelishda hukmronligi hamda mahsulotlarni 8-10 ba- ravar narxlarda sotishi Yevropaliklar uchun o'ta foydasiz bo'lsa, turklarning o'zboshimchaligi va bosqinchiligi umuman tovar ayir- boshlash jarayoniga tahdid sola boshlagan edi.

Ammo Venetsiyaliklar va Genuyaliklar turklar bosib olishi- dan ko'rgan zararlarini narxlarni ko'tarish yo'li bilan qisman qo- play olardilar. Sharqdan keltiriladigan gazlamalar, taqinchoqlar, ziravorlar va qimmatbaho zeb-ziynat buyumlarining xaridorlari bo'lgan boshqa Yevropa davlatlarining feodallari va savdogarlari nafaqat turk bosqinchiligiga qarshi, balki Italiyaliklarning Levan- tiya savdolaridagi vositachiligiga qarshi ham boshqa yo'l bilan kurashishga harakat qildilar. Shu sababli Genuyalik dengizchi Kolumbning Hindistonga Atlantika orqali yo'l topish rejasi Ispani- yada qo'llab-quvvatlangani ham bejiz emas edi.

  1. asrda G'arbiy Yevropada muomala vositasi sifatida oltin va kumush yetishmasligi jiddiy sezila boshladi. Buning sababi faqatgina savdo-sotiqdagi o'zgarishlar natijasida oltinning Shar- qqa qarab oqib ketishi emas, balki sanoat va savdoning o'sishi natijasida G'arbiy Yevropada muomala vositalariga bo'lgan ta­lab keskin ortgan bir paytda Germaniya va Ispaniyaning kumush zaxiralari kamayib ketganligi ham edi. Feodal aristokratiya va tug'ilayotgan burjuaziya boyish va boylik orttirishga harakat qilar edi. "Oltin tashnaligi" tezda hal qilish kerak bo'lgan dolzarb iqti­sodiy muammoga aylandi. Bu esa okeanlar orqali Sharqqa yangi yo'llar topishga undar edi.

Feodal yerlarining qismlarga bo'linib ketishi dvoryanlarning kambag'allashuviga olib keldi. Aynan kambag'allashgan dvoryanlar konkvistadorlarning asosini tashkil etdilar.

Buyuk geografik kashfiyotlarni osonlashtirgan siyosiy omillar orasida shuni aytish joizki, faqat markazlashgan qudratli monarxi- yalargina yirik dengiz ekspeditsiyalarini moliyalashtirish imkoniga ega edilar. Bundan tashqari, yollanma armiya va amaldorlarga haq to'lash, boshqa xarajatlarni qoplash uchun pul vositalarining yakkahukmronligiga talab ortgan edi.

Yevropada texnika va fanning rivojlanishisiz buyuk geografik kashfiyotlar amalga oshmas edi. Birinchi navbatda bu kemasoz- lik, navigatsiya va geografiya sohalariga tegishli O'rta Yer dengizi basseynida qo'llanilgan elkanli va eshkakli kemalar okean say- ohatlari uchun yaroqsiz edi. XV asrda yaratilgan karavella uchta ishchi machtalarga va qavat-qavat joylashgan bir nechta elkanlar- ga ega edi. Bu dovullarda havfni kamaytirar, kamroq ekipaj talab qilar, kemaning suzish tezligini oshirar va shamolning har qanday yo'nalishida kerakli kurs bilan suzish imkonini berar edi. Navi­gatsiya fanidagi yutuqlar eng avvalo kompasning takomillashuvi bilan bog'liq bo'lib, bu aniqroq dengiz kartalarini chizish imkonini berdi.

Lekin trans atlantik suzishning amalda mumkinligini asoslagan nazariya bo'lmaganda, hech qanday texnik yangiliklar o'z rolini o'ynay olmas edi. XV asr oxirida yerning shar shaklida ekanliga to'g'risidagi antik tushunchalar qayta tug'ildi, Florensiyalik as- tronom va kosmograf Paolo Toskanellining g'arbga harakatlanib, Hindistonga borish mumkinligi to'g'risidagi taxmini to'g'ri, deb qabul qilina boshlandi.

Buyuk geografik kashfiyotlar sayyoramizning o'zlashtirilmagan kengliklariga qilingan qator dengiz ekspeditsiyalari natijasi edi. Ularda Yevropaning turli davlatlaridan ko'plab dengizchi va olim- lari ishtirok etdilar. Amerikaning ochilishi va Afrikani aylanib o'tib, Hindistonga borish yo'lining kashf etilishiga olib kelgan ikki qator ekspeditsiyalar bu kashfiyotlarning ibtidosi bo'ldi.

Yevropada "narxlar inqilobi"



Buyuk geografik kashfiyotlarning muhim oqibati "narxlar ravolyusiyasi"dir. Bu XVI asr davomida qishloq xo'jalik va sanoat mahsulotlariga narxlar juda tez ko'tarilib ketishida o'z ifodasini topdi. XVI asrgacha narxlar asosan barqaror bo'lib, faqat urush va tabiiy ofatlar davridagina o'zgargan bo'lsa, XVI asrning 30-yil- laridan boshlab oxirigacha Ispaniyada narxlar 4 baravar, qishloq xo'jalik mahsulotlariniki esa xatto 5 baravar, Fransiyada o'rtacha 2,3 baravar, Angliyada 2,5 baravar, Germaniyada 2 baravar, G'arbiy Yevropa bo'yicha esa o'rtacha 2-2,5 baravar oshib ketdi.

Narxlarning bunday o'zgarishini qimmatbaho metallarning Yev- ropaga ko'plab keltirilishi yoki, Ispaniyada bo'lgani kabi, ularning boshqa davlatlarga ko'plab tashib ketilishi bilan bog'laydilar. Yan­gi yerlardan Yevropaga ko'p miqdorda oltin va kumush keltirildi. Natijada bir asr davomida Yevropadagi oltin miqdori 550 ming­dan 1192 ming kg.gacha, ya'ni 2 baravardan oshiq kumush miq­dori esa 7 mln.dan 21,4 mln.kg.gacha, ya'ni uch baravardan oshiq ko'payib ketdi.

Lekin "narxlar inqilobi"ning asl sababi pullik metallar miq- dorining ko'payishi emas, balki ularning qiymati tushib ketishida edi. Oltin va kumushning arzonlashuvi ularning juda boy konlar- dan, qaram ishchilar va qullarning arzon mehnati evaziga, xatto oddiygina talonchilik yo'li bilan topilayotgani bilan bog'liq edi. Boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish sharoitlari esa deyarli o'zgarmagan, o'sha miqdordagi mahsulotning XVI asrdagi ekviv- alenti avvalgiga nisbatan anchagina ko'p miqdordagi oltin va ku- mush bilan o'lchanar edi.

Shuning uchun narxlarning keskin o'sishi yuz berdi. Birinchi navbatda va eng ko'p darajada qishloq xo'jalik mahsulotlariga, eng avvalo non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga narxlar os- hdi. XVI asr o'rtasidan boshlab narxlar oshishi umum xususiyatga ega bo'ldi. Lekin baribir qayta ishlash sanoati mahsulotlari va sanoat xom-ashyosiga narxlar birinchi navbatda kerak bo'ladigan mahsulotlar narxlariga nisbatan kamroq oshdi.

"Narxlar inqilobi" muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo'ldi. Bir tomondan "... ish haqi va yer rentasining qadrsizlani- shi, ikkinchi tomondan sanoat daromadlarning o'sishi" kuzatildi. Shuning uchun "narxlar inqilobi" o'sha davrda tug'ilayotgan sano­at burjuaziyasining boyishi va proletariatning qashshoqlashuviga olib keldi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari va keng iste'mol buyum- lariga narxlarning oshishi aholining haqiqiy daromadlari miq- dorining tushib ketishiga olib kelib, yollanma ishchilarning hayot darajasini keskin pasaytirdi. Angliyada tovarlar narxi o'rtacha 155 % ga, yollanma ishchilarning ish haqi esa faqat 30 % gagina os- hdi.

  1. Jahon bozorining vujudga kelishi

Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropaning keyingi iqtisodiy rivojlanishiga juda kuchli inqilobiy ta'sir ko'rsatdi. "Amerikan- ing kashf qilinishi va Afrikani aylanib o'tadigan dengiz yo'lining ochilishi o'sayotgan burjuaziya uchun yangi faoliyat maydonlarini yaratib berdi. Sharqiy Hindiston va Xitoy bozorlari, Amerikaning mustamlakalashtirilishi, mustamlakalar bilan ayirboshlash, ayir- boshlash vositalari va umuman tovarlar miqdorining ko'payishi savdo-sotiq, dengizda suzish, va sanoatga shu vaqatgacha misli ko'rilmagan turtki berdi va parchalanayotgan feodal jamiyatda revolyutsion elementlarning tez rivojlanishiga olib keldi".

Yangi yerlar kashf etilishi natijasida XVI asr oxiriga kelib yer sharining yevropaliklarga ma'lum bo'lgan hududlari XIV asrga nisbatan 6 marta ko'paydi. Dunyo quruqligining 60 %i o'rganib bo'lindi. Dengizda suzish san'ati dunyoning juda uzoq qismlari va xalqlari orasida barqaror iqtisodiy aloqalarning o'rnatilishiga imkon berdi.

Mustamlaka hududlar Yevropa kapitalining chekka xo'jaligi si- fatida ishlatila boshlandi, aslini olganda dunyo savdosiga aylanib qolgan tashqi savdoni kengaytirishning asosi bo'lib xizmat qildi. Buyuk geografik kashfiyotlar xalqaro mehnat taqsimoti, dunyo xo'jaligi va bozorining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qildi. Savdo-sotiq hajmi oshdi, mustamlakalardan keladigan mahsulot- lar hisobiga ularning turlari mislsiz kengaydi. Savdo aylanmasiga avvallari Yevropaga noma'lum bo'lgan yangi tovarlar - tamaki, kakao, kofe va boshqa mahsulotlar kiritildi. Shu vaqtdan boshlab bunday mahsulotlar juda keng tarqalib ketdi. Ziravorlar, guruch, qand iste'moli keskin oshdi.

Dunyo bozorining vujudga kelishi xalqaro savdo-sotiqning nafaqat tuzilishi va xususiyatlariga, balki uni amalga oshirish us- ullariga ham radikal o'zgarishlar kiritdi. Yangi bozorlarni egal- lash uchun kurashda bir qator davlatlarda yakkahukmron savdo kompaniyalari tashkil etila boshladi. Ularning dastlabkilari ushbu mamlakat savdogarlarining yer sharining ma'lum hududi bilan savdo-sotig'ini boshqarib turardi xolos.



Yüklə 276,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə