Jismoniy tarbiya nazariyasi va


Jism oniy tarbiya tizimining asosiy bo‘g ‘inlari



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jism oniy tarbiya tizimining asosiy bo‘g ‘inlari
2- chizma.
Jismoniy tarbiyaning vujudga kelish sabablari va
rivojlanishi
Jismoniy madaniyat bir butun tarbiya sifatida kishilik 
jamiyatining rivojlanish jarayoni bosqichlarida tabiatni oddiy 
o ‘zlashtirishdan, ongli maqsadda foydalanish natijasida vujudga 
keldi va rivojlanib bordi.
M ehnat qilishning shartligi, m ehnat qurollarini tayyor- 
lash, mehnat qila bilish malakalarini avloddan avlodga berib 
borish natijasida, jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaning vujudga 
kelishida asosiy sabab b o ‘ldi.
Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat jarayonida vujudga keldi, 
ya'ni mehnat bilan birga amalga oshdi. Ibtidoiy jamiyatda uning
24


hamma a’zolari qaysi yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar, mehnat 
qilishlari shart edi. Bolalar va o ‘smirlar kattalarning ov qilish 
vaqtidagi faoliyatlarini (baliq ushlashlarida, yovvoyi daraxt 
mevalarini, tomirlarini terishda) kuzatib borib, o ‘z tajriba- 
larini oshirib borar edilar.
Jismoniy tarbiya gohida o'yinlar va maxsus mashqlar 
sifatida amalga oshirilar edi. U hamma uchun bir xilda teng olib 
borilar, tarbiya masalasini katta yoshdagilar o ‘z zimmasiga 
olgan edi. Bu davrda jismoniy tarbiyaning ravshanlanishiga
urf-odatlar, o ‘yinlarni, har xil raqslarni kiritgan ibtidoiy din 
katta ta ’sir ko‘rsatdi.
Ibtidoiy jamiyatning tugalianish bosqichida, ishlab chiqa- 
rishning keyingi rivojlanishi, mehnatning jismoniy tarbiyadan 
ajralishiga va ishlab chiqarish manbalarida, ishlab chiqarish 
qurollarining shaxsiy mulkka aylanishiga olib keldi. Natijada
ibtidoiy jamiyat o ‘rniga sinfiy jamiyat (quldorlik) vujudga keldi. 
Jamiyat qonunlari, urush, qullarni ushlash va boshqa joylarni 
bosib olish kuchayib ketdi. Armiyaning vujudga kelishi, harbiy- 
jismoniy tayyorgarlikka talabni oshirdi, jismoniy madaniyat­
ning tubdan o ‘zgarishiga olib keldi. Bu davrga kelib hukmdor 
sinflar o ‘zIari tarbiyalanib, qullariga ham har tom onlam a 
tarbiya bera boshladilar.
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakallarda jismoniy tarbiya 
va sport yuqori rivojlanish darajasiga ko'tarilgan.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə