Jamiyat Xulosa Foydalanilgan adabiyot



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə7/8
tarix21.09.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#122761
1   2   3   4   5   6   7   8
Jamiyat 5.0 konsepsiyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

Strategiyaning mohiyati


"Jamiyat 5.0" strategiyasi Yaponiya hukumati tomonidan 2016-yilda mamlakatdagi yirik biznes federatsiyasi Keidanrenning faol ishtirokida qabul qilingan[5]. Keidanren strategiyani ishlab chiqa turib, „Jamiyat 5.0“ yangi ijtimoiy ishlab chiqarish usulini anglatadi, deb hisoblashini qayt etadi:

  • ovchilar va terimchilar jamiyati;

  • qishloq xoʻjaligi jamiyati;

  • sanoat jamiyati;

  • axborotga yoʻnaltirilgan jamiyat;

„Jamiyat 5.0“ strategiyasining paydo boʻlishi Yaponiya, jahon iqtisodiyoti va umuman jamiyatning barqaror rivojlanishini cheklovchi masalalarni hal qilish bilan bogʻliq: mehnatga layoqatli aholi sonining kamayishi, jamiyatning qarishi, ijtimoiy rivojlanish koʻrsatkichlarining tushishi, global raqobatbardoshlik darajasining pasayishi, eskirgan infratuzilma, tabiiy ofatlar, terrorizm, ekologik muammolar, tabiiy resurslarning yetishmasligi, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokining yetarli emasligi shular jumlasidandir
Barqaror iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolarni hal qilish kabi ikki turlicha maqsadga bir vaqtning oʻzida erishish hozirgi ijtimoiy tizimda qiyin boʻlib qolyapti. Biroq, Yaponiya hukumatiga koʻra, buyumlar interneti i (IoT), robototexnika, sunʼiy intellekt va "katta maʼlumotlar" (big data) kabi yangi texnologiyalarning rivojlanishi jamiyat hayoti rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin. „Jamiyat 5.0“da ushbu texnologiyalar barcha sohalarda: ijtimoiy va iqtisodiy jabhalarda oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun birlashtirilgan. Kompyuterlashtirish asosan ishlab chiqarish va biznes bilan bogʻliq hisoblangan toʻrtinchi sanoat inqilobidan keyingi bosqich sifatida „Jamiyat 5.0“ konsepsiyasi raqamli texnologiyalardan jamiyatning barcha sohalarida chuqurroq va kengroq foydalanishni taklif qiladi.
Strategiyaning asosiy gʻoyasi raqamli muhit va jismoniy makonni integratsiyalash orqali ijtimoiy muammolarni hal qilish, buning natijasida inson hayoti sifatini yaxshilashdir. Bunday jamiyatdagi innovatsiyalar qulay va xavfsiz boʻlib, ular odamlarning hayotini osonlashtiradi va maroqli qiladi. „Jamiyat 5.0“ strategiyasi mohiyatiga ko‘ra, ilg‘or texnologiyalar hayotning barcha jabhalariga kirib borgan holda biznesning yangi shakllari va turlarining paydo bo‘lishiga, bu esa butun mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi va sifat ko‘rsatkichlarining ortishi, har bir insonning individual hayot sifatlarining yaxshilanishga olib kelishi kerak.
„Jamiyat 5.0“ quyidagi dasturlarni amalga oshirish orqali mamlakat oʻsishi, Yaponiya iqtisodiyoti va umuman jamiyatning oʻzaro bogʻlangan va muvofiqlashtirilgan uygʻun rivojlanishining yangi modeliga aylanishi kutilmoqda:

  • toʻrtinchi sanoat inqilobi orqali amalga oshiriladigan sanoatning sifatli rivojlanishi;

  • tugʻilishning pasayishi, aholining qarishi, jamiyatda samarali ishtirok etish uchun faol uzoq umr koʻrish kabi ijtimoiy va tegishli muammolarni hal qilish;

  • zarur inson ishtirokini qisqartirgan holda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, organik dehqonchilik va chorvachilikni avtomatlashtirishni rivojlantirish;

  • energiyani oqilona rivojlantirish;

  • ekologik muammolar bilan bogʻliq masalalarni hal qilish;



Xulosa


Xulosa o`rnida aytish mumkinki, jamiyat 5.0 gʻoyasini amalga oshirish uchun Keidanren davlat, mahalliy hukumatlar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va venchur kapital firmalarini oʻz ichiga olgan keng doiradagi hamkorlar bilan ishlab kelmoqda. Bunday hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vaziyat bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish va keyinchalik o‘zgarishlarning aniq dasturini yaratish va roʻyobga chiqarish, shuningdek, sarmoyalarni jalb etishdan iborat.

  1. Kelajakdagi yangi ijtimoiy muammolarni bashorat qilish.

  2. Raqamli ishlab chiqarish va prognozlash usullari orqali sanoatning raqobatbardoshligini oshirish va odamlar hayotini yaxshilash.

  3. Ham davlat va xususiy sektor, ham xususiy kompaniyalar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni taʼminlash.

  4. Mamlakat va jamiyatning ijtimoiy tuzilishini yaxshilash uchun kompaniyalar va davlat sektorining tadqiqotlari va ishlanmalari qoliplaridan tashqariga chiqish.

  5. Jamiyat 5.0ning rivojlanish yoʻnalishi va infratuzilmasi uchun asos yaratish.

  6. Mamlakat va jamiyat uchun muhim boʻlgan quyidagi toifalarni diqqat markazida boʻlgan sohalar sifatida tanlash: shahar va qishloq joylari, tovarlar va xizmatlar, infratuzilma va kibermakon.

Axborot jamiyati ilgari tarmoq orqali maʼlumot toʻplashni va shaxs tomonidan toʻplangan maʼlumotlarni keyingi tahlil qilish jarayonini ama;ga oshirishni oʻz zimmasiga olgan. Biroq Society 5.0 da odamlar, narsalar va tizimlar kiberfazoda oʻzaro bogʻlangan va sunʼiy intellekt yordamida olingan natijalar insonning imkoniyatlaridan oshib, jismoniy makonga „qaytadi“. Jamiyat 5.0 mintaqaviy, yosh, jins va til to‘siqlarini bartaraf etishga qaratilgan. Eng muhim maqsadlardan biri ijtimoiy muammolarni hal qilish bilan parallell ravishda yuzaga keladigan iqtisodiy rivojlanishdir[. Ayni paytda rivojlanish strategiyasi 2030-yilgacha moʻljallangan.

Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə