Jamiyat Xulosa Foydalanilgan adabiyot



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə4/8
tarix21.09.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#122761
1   2   3   4   5   6   7   8
Jamiyat 5.0 konsepsiyasi

Avtonom transport


Avtomatlashtirilgan boshqaruv g‘oyasi shundan iboratki, raqamli texnologiya tufayli avtomobil o‘zini o‘zi boshqaradi. Uchuvchisiz transport vositalarini yaratish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. 2015-yilda Britaniyaning Delphi Automotive kompaniyasiga tegishli uchuvchisiz avtomobili San-Fransiskodan Nyu-Yorkgacha boʻlgan masofani 9 kunda muvaffaqiyatli bosib oʻtdi.
2016-yilda Moskvadagi Koltsevaya metro liniyasida avtopilotdagi birinchi poyezd harakatlana boshladi[20]. 2017-yilning kuzida 45-Tokio avtosalonida Mitsubishi Electric avtomobilning oʻz sensorlari va tarmoq maʼlumotlaridan olingan axborotlarga asoslangan avtonom haydash texnologiyasidagi kompaniya yutuqlarini namoyish etgan xAUTO avtomobilini taqdim etdi.
Avtomatlashtirlgan poyezdlar Parij, Kopengagen, Dubay, Madrid, Atlanta, Karakas metrolarida ham ishlaydi. 2017-yilda Apple avtonom haydash texnologiyalari ishlanmalari, jumladan, obyektni identifikatsiyalash uchun kameralar, bir vaqtning oʻzida mahalliylashtirish va xaritalash uchun qurilmalar, sensorlar yordamida batafsil 3D xaritalar yaratish va favqulodda vaziyatlarda qaror qabul qilish mexanizmini taqdim qildi. Uber Pitsburgdagi yoʻllarda oʻzi boshqaradigan taksilarni ishga tushirdi.
Xususiy sensorga asoslangan boshqaruv texnologiyasining mohiyati tashqi muhitni keng burchakli old millimetrli toʻlqinli radar, old kuzatuv kamerasi va orqa yon radar yordamida kuzatishdan iborat.
Shuningdek, u Kvazi-Zenit sunʼiy yoʻldosh tizimi (QZSS) tomonidan uzatiladigan yuqori aniqlikka ega 3D xaritalar va CLAS (santimetrli darajadagi differentsial tuzatish tizimi) signallaridan foydalanadi. Shunday qilib, bu sensorlardan olingan maʼlumotlar tarmoq maʼlumotlari bilan birgalikda qayta ishlanadi, bu esa avtonom boshqaruvni xavfsizroq va qulayroq qiladi.

"Aqlli ishlab chiqarish"


"Aqlli ishlab chiqarish" — ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tarmoqli axborot texnologiyalari va kiber-fizik tizimlardan kompleks intensiv foydalanish[. Bunday ishlab chiqarish yaxshi mehnat sharoitlariga erishish, unumdorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va natijada mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish imkonini yaratadi.
Shu turdagi texnologiyalardan foydalanishga misol qilib ultratovush yordamida tortlarni aniq kesishga qodir boʻlgan Newtech kompaniyasining RF13 robotini keltirish mumkin.
Ilgʻor texnologiyalardan foydalanishga tizimli yondashishning yana bir misoli 2003-yilda Mitsubishi Electric tomonidan ishlab chiqilgan e-F@ctory platformasidir. Rossiyada bu loyiha 2007-yilda taqdim etilgan. Platforma sensorlar yordamida ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida axborot oqimlarini to‘plash imkonini beradi. Yigʻilgan maʼlumotlar miqdori Edge Computing[en] texnologiyasi yordamida tahlil qilinadi. Butun tahlil ichidan faqat keyingi boshqaruv qarorini qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar ERP tizimiga uzatiladi.

Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə