Jamiyat, davlat, huquq: zamonaviy rivojlanishning tendentsiyalari va istiqbollari



Yüklə 83 Kb.
səhifə4/9
tarix26.10.2023
ölçüsü83 Kb.
#130946
1   2   3   4   5   6   7   8   9
davlat va huquq nazariyasi

Fuqarolik huquqi -mulkiy va u bilan bog`liq shaxsiy munosabatlar (ismga ega bo`lish huquqi, mualliflik huquqi va x.k.)ni tartibga soluvchi huquq sohasidir.
Jinoyat huquqi - yordamida davlat qanday ijtimoiy xavfli qilmishlarning jinoiy ekanligini va ularning sodir etilganligi uchun qanday jazolar tayinlashi mumkinligini belgilab beruvchi normalarni o`z ichiga oladi.
År huquqi - erga egalik qilish, undan foydalanishi va uni tasarruf etish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Agrar huquq -qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi tarmoqdir.
Mehnat huquqi -mehnat munosabatlarini kelib chiqishi, o`zgarishi va to`xtalishi shartlarini belgilovchi, ish kuni va dam olishning davomiyligini, mehnat intizomi, o`smirlar va ayollarni muhofaza qilish kabilarni belgilovchi huquqiy normalarning yig`indisi.
Fuqarolik-prosessual huquq normalari sudlarning fuqarorilik, oilaviy, mehnat, er, moliyaviy munosabatlar va boshqa bir qator masalalar sohasidagi faoliyatini tartibga soladiyu Fuqarolik- prosessual huquqga ishlarning cho`jalik sudlari tomonidan qo`rib chiqilishi tartibini boshqaradigan xo`jalik -prosessual huquqi yaqin turadi.
Jinoyat-prosessual huquqi sudlov, tergov, prokuratura organlarining jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko`rib chiqish faoliyatini tartibga soladi.


O`zbekistonda huquq manbaalari:
1. Xalqaro huquqning umum e`tirof etgan prinsiplari va normalari O`zbeksiton Respublikasining xalqaro shartnomalari.
2. Qonunlar.
3. Qonun osti xujjatlar.

Xalqaro huquqning umum e`tirof etgan prinsiplari va normalari-xalqaro huquqning asosiy qoidalari bo`lib, xalqaro huquqning barcha sub`ektlari tomonidan tan olingan va ularni bajarmaslikka yo`l qo`ymaydi. Ular ichida suverenitet xurmat qilish, zudlik ishlatish bilan tahdid qilmaslik, davlatning hududiy yaxlitliligi, chegaralarning buzulmasligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal qilish, ichki ishlarga aralashmaslik, xalqlarning tenghuquqliligi va o`zining taqdirining o`zi belgilash huquqi, insonning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlar o`rtasidagi hamkorlik, xalqaro huquq bo`yicha majburiyatlarni ivjdonan bajarish kabilar bo`lishi mumkin.



Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə