Jahon tarixi” kafedrasi “Jahon tarixi” fanidan Himoyaga tavsiya etilsin Fakultet dekani t f. d., dots. L. M. Babaxodjaeva



Yüklə 177 Kb.
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü177 Kb.
#133854
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xo\'jaqulova Dilnoza Jahon tarixi

Kurs ishining ob`ekti: Rossiya federatsiyasi tashkil topishi,Vladimir Putin Prezidentligi, RF hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o'zgarishlar va uning iqtisodiy islohotiga hamroh bo'lgan ijtimoiy-siyosiy masalalar belgilab olindi.
Kurs ishining predmetini: jahon tarixining eng yangi davriga, xususan, Rossiya Federatsiyasining XX asr oxiri va XXI asr 20-yillari boshlaridagi iqtisodiy,siyosiy taraqqiyotida amalga oshirilgan ishlar, chora-tadbirlar, xususan, V.Putin faoliyati tashkil etadi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: Rossiya Federatsiyasi Putin davridagi –iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ijtimoiy jihatlarini har tomonlama iqtisodiy va sotsiologik o‘rganish tashkil etadi.
Kurs ishining amaliyotga tadbiqi: mazkur kurs ishi o'rta ta'lim tizimida tarix va tarbiya darslarini samarali tashkil etishda, yosh avlodning ongida haqqoniy tariximiz haqida tasavvur uyg'otishda, tarix fani to'garaklari faoliyatida shuningdek Oliy ta'lim tizimida tarix fanini o'qitish metodikasi, ilg'or metodlarni qo'llash kabi mashg'ulotlarda foydalanish mumkin. Ushbu kurs ishidan ma’ruza matnlari tayyorlashda, shuningdek, seminarlarda, shu jumladan, tarixga qiziquvchi keng omma foydalanishi mumkin.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 bob, 4 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I.BOB.Rossiya Federatsiyasining tashkil topishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
1.1. Rossiya Federatsiyasining vujudga kelish shart-sharoitlari va ijtimoiy hayoti

Bundan 32 yil avval, 26-dekabr kuni dunyoning eng yirik geografik hududini egallab turgan SSSR davlat sifatida mavjud bo’lishdan to’xtadi va uning o’rniga yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. 1991-yil oxirida dunyodagi ikki yirik davlatdan biri bo’lgan Sovet Ittifoqi o’z faoliyatini to’xtatdi. SSSRning parchalanishiga nima sabab bo’ldi va bu voqea qanday oqibatlarga olib keldi?


Albatta, bunday yirik davlat shunchaki, hech bir sabablarsiz parchalanib ketishi mumkin emas edi. Aynan o’sha vaqtlarga kelib SSSRning parchalanishi va boshqa bir tuzum hokimiyati shakllanishi uchun shart-sharoitlar yetarlicha yaratilgan edi. Har bir davrda, har bir jamiyatda yetilgan vaziyat mavjud tuzumning ustidan boshqa bir tuzum o'rnatilishini taqozo etadi. Ushbu yillardagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vaziyat yangi bir tuzumni yaratilishini talab qilardi. SSSR parchalanishining sabablari ko’p edi. SSSRning qulashi SSSR hayotining barcha sohalaridagi parchalanish jarayoni bo’ldi. Albatta, SSSRning qulashi XX asr oxirining muhim voqealaridan biri bo’lib, bu mustaqil suveren davlatlar natijasi bo’lgan. SSSR kuchli imperiya va uning parchalanish jarayoni Yevropada ham, dunyoda ham geosiyosiy jarayonlarga ta’sir ko’rsatmay qolmadi.
SSSR parchalanishing sabablari ko’p edi. Milliy mojarolar, partiyaning yagona to'g'ri mafkurasi, qattiq senzura, siyosiy muxolifatning yo'qligi, ishlab chiqarish tizimi nuqtayi nazaridan iqtisodiy etishmovchiliklar, xalqaro neft narxlarining pasayishi,Sovet tuzumi islohoti bilan bog'liq ko'plab muvaffaqiyatsizliklar, davlat apparatini global markazlashtirish va boshqa shu kabi jiddiy muammolar jamiyatni qamrab olgan edi.
SSSRning qulashi asta-sekin jamiyatning barcha sohalarida ro’y berdi. Ularning eng asosiysi aholining katta qismining mavjud tuzumdan keskin noroziligi edi. Bu norozilik ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega edi. Ijtimoiy so’z bilan aytganda, odamlar erkinlikni xohlardilar: dastlab o‘zgarishlar umidini uyg‘otgan Gorbachyovning qayta qurishi xalq umidini oqlamadi.
SSSR qulashini faqatgina bir davlatning qulashi sifatida emas, balki kommunistik blokning qulashi sifatida ham qarash kerak. Chunki Berlin devorining qulashi kommunistik blok uchun katta zarba bo‘ldi va shu davrdan boshlab sharqiy Yevropadagi kommunistik rejimlar qulay boshladi. SSSRning qulashi ham aynan ana shu fonda kechdi. SSSRning parchalanishi 1945 yildan buyon davom etgan bir davrning ham yakuni bo‘ldi. Bu sovuq urush davri edi.
SSSR parchalanishining asosiy sabablari nima degan savolni muhokama qilishda ko'pincha u boshidan kechirgan o'tkir iqtisodiy muammolar sanab o'tiladi. SSSRda qurilgan rejali iqtisodiyot aholini kundalik hayot uchun zarur bo'lgan tovarlar bilan ta'minlash muammosini to'liq hal qila olmadi. Insonga har kuni zarur bo‘lgan mahsulotlarning, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarining doimiy tanqisligi, ularning sifatsizligi, eng zarur bo‘lgan narsalar uchun navbatda turishi, bir tomondan, yashirin iqtisodiyot va qora bozorning paydo bo‘lishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan xalqni hokimiyatga bo'lgan ishonchini yo'qotdi. Yevropa davlatlaridan hayot darajasi va sifatining orqada qolishi, o‘zini tashqi dunyodan izolyatsiya qilish aholining ko‘pchiligining haqli noroziligiga sabab bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda SSSR parchalanishining ijtimoiy-iqtisodiy sabablari sifatida qaralayotgan bu muammolarning barchasini hal qilish mumkin edi. 8Biroq, M.S. Gorbachyov tomonidan boshlangan qayta qurish 1985-yilda milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va mamlakat aholisi hayotini yaxshilashning yetarli usullarini o'z ichiga olmadi9. Yig’ilgan milliy muammolar va qarama-qarshiliklar, qayta qurish muddatini iqtisodiy isloh qilishning muvaffaqqiyatsizligi, kommunistik mafkuraning inqirozi va KPSS rolining zaiflashishi, milliy elitalarning istaklarini o’zlari belgilash uchun harakatlar, SSSR tarkibidagi xalqlarning, hukumatlarning noroziliklari va suverenitetga intilishlari va boshqa shu kabi ko’plab sabablar SSSR parchalanishi va butun dunyoda geosiyosiy jarayon o’zgarishiga olib keldi.
SSSRning xotimasi 1980-yillarning o‘rtalaridan boshlandi. Ko’pchilik taxlilchilar , Gorbachyov siyosati va islohotlarini SSSR parchalanishi va qulashi uchun asosiy sabab va turtki deb hisoblaydilar.
Xo’sh, SSSR so’nggi yillarida mamlakatdagi vaziyat, siyosiy ahvol qanday edi? Ma’lumki, Brejnev hokimiyat tepasida turga vaqtlarda u yuritgan siyosatlar (“rivojlangan sotsializm”) ham o’zini oqlamadi. Vaqt bu nazariyaning ham soxta ekanligini tasdiqladi. SSSrning iqtisodiy taraqqiyoti brogan sari pasaya boshladi va unda turg’unlik holati vujudga keldi. Buning asosiy sababi ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotning ilmiy-texnika inqilobi natijalarini qabul qila olmaganligi bo’ldi. Natijada bu iqtisodiyot katta xarajat talab etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi. 1982-yil Brejnev vafot etgach, qisqa vaqt ichida yana ikki rahbar almashdi. Aynan, hokimiyat almashinuvlarining beqarorligi ham SSSR parchalanishidagi muhim omillardan biridir. Nihoyat, 1985-yil martda M.S.Gorbachyov KPSSning Bosh kotibi lavozimini egalladi10. U qayta qurish va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini jadallashtirish dasturini ilgari surdi. Ya’ni, 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajaga teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi11. Bu dastur korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni o’zini o’zi mablag’ bilan ta’minlashga o’tkazish, samaradorlikka qarab haq to’lash, oshkoralik, ya’ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashtirish kabi omillarga tayangan edi. Aslida jadallashtirish dasturi ham KPSS va Sovet davlati rahbariyatining yana bir xomxayol orzusi bo’lib chiqdi. Chunki iqtisodiyotda bozor munosabatlarisiz bu vazifalarni amalga oshirib bo’lmas edi. Buning ustiga SSSR aholisi ongi yangi bozor iqtisodiyotini qabul qilishga tayyor emas edi. Lekin shunday bo’lishiga qaramasdan, qator islohotlar amalga oshirishga urindilar. Ishchilarning o’z-o’zini moliyalash, pudrat va ijara asosida ishni tashkil qilish joriy etildi. Kooperativ, mohiyatan ishbilarmonlikka asoslangan, individual mehnat faoliyatiga ruxsat etildi va qonunlashtirildi12. Ammo boshlangan iqtisodiy tashabbuskorlik sovet sanoatining asosi - harbiy-strategik sanoati uyoqda tursin, hattoki iste’mol mollari ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni ham qamrab olmagan edi. 1985-1989 yillarda byudjet tanqisligi 5 barobar oshdi, uni bartaraf etish uchun qilingan ishlar ham SSSR iqtisodini zararga kiritayotgan edi. Ammo iqtisodiyotni qayta qurish davom etardi. Gorbachyovning “yangilanish mafkurasi” bilan chiqishi konservatorlar, mo’tadil yangilanganlar, radikallar o’rtasidagi qizg’in bahs munozaralarga sabab bo’ldi. Mamlakatda senzura olib tashlandi, ko’ppartiyaviylik reallikka aylandi, 1988-yil oxiriga kelib liberalizm paydo bo’ldi. KPSSning o’zida 3oqimga bo’linish yuz berdi. Shu tariqa, jamiyat hayotining hamma jabhalarida inqiroz kuchaya boshladi. SSSRning yagona totalitar davlat sifatida saqlanib turishida KPSSning roli katta bo’lganligiga SSSRning 70 yillik tarixi guvoh. Biroq qayta qurish yillarida KPSS obro’si brogan sari yo’qolib bordi, uning rahbarlik roli haqidagi qoidalar chiqarib tashlandi(1990-yil) va sovet davlatining parchalanishi boshlandi. 1988-yildan boshlab qishloq xo’jaligi, 1990-yildan boshlab sanoat ishlab chiqarishi pasaya boshladi13. Markaz milliy nizolar keltirib chiqarish yo’li bilan SSSRni saqlab qolishga urindi. 1988-yildan boshlab Armaniston va Ozarbayjon o’rtasida Tog’li Qorabog’ masalasi keskinlashdi. 1989-yilda Farg’ona, 1990-yilda O’sh, 1991-yilda Gruziya-Abxaziya, Gruziya-Janubiy Osetiya qonli voqealari keltirib chiqarildi14. 1989-yildagi o’zgarishlar natijasida totalitar tuzum tugatildi.
Totalitar tuzumning qulashi, jamiyatning parchalanishi, hokimiyat samaradorligining pasayishi va mafkura ustuvorligining susayishi bilan, oldingi mazmunini yo’qotgan davlatchilikning parchalanishi boshlandi. Butunittifoq manfaatlari ustuvorliginig buzilishi va xo’jalikning markazlashgan boshqaruvining yo’qolishi bilan, elatlar, millatlar va mahalliy mintaqalar manfaatlari oldingi sahnaga chiqdi. 1990-yilga kelib SSSR aholisining atigi 10%i o’zini “sovet xalqi”ga mansub deb bilardi, qolganlari o’zlarini o’z xalqi, millatiga tegishli deb hisoblardi15. Qayta qurishning birinchi yillaridayoq SSSRda millatlararo munosabatlar murakkablashgan edi. Ko’pchilik respublikalarning Mustaqillik Deklaratsiyalarida ularning SSSR tarkibidan chiqishlari qayd etilmagan bo’lsa-da, mustaqillikning amalga oshirilishi, respublika rahbarlari so’zlari va xohishlaridan qat’iy nazar, Ittifoq markaziga bo’ysunishni puchga chiqarar, Ittifoq davlatchiligini barbod qilardi. SSSR tarkibidan chiqishni respublikalar o’z Mustaqillik Deklaratsiyalarida bayon qilishdi. Endilikda Markaz respublikalar ustidan hukmronligidan mahrum bo’ldi va SSSR parchalana boshladi. Gorbachyov 1988-yildan boshlangan respublikalarning ketma-ket mustaqilliklarini e’lon qilishlarini kinoya bilan “suverenitetlar marshi” deb atagan edi16.
1988-yil yil noyabrda Estoniya Oliy Soveti Mustaqillik Deklaratsiyasini ma’qulladi. Kelasi yil mayda SSSRdan chiqish to’g’risida qaror qabul qilindi. 1991-yil aprel oyidagi referendumdan so’ng Gruziya mustaqil deb e’lon qilindi. Moldaviya Respublikasi 1989-yilda o’zining suverenitetini, 1990-yil mustaqilligini e’lon qildi. 1990 yil bahorida Litva va Latviya o’z mustaqillik va suverenitetlarini tiklashdi. 1990-yil yozida Rossiya, Ukraina, Belorus, O’zbekiston va Turkmanistonning, 1990-yil oktabrida Qozog’iston, dekabrda esa Qirg’iziston o’z suverenitetlarini e’lon qildilar17. Respublikalarning suverenitetiga intilayotgan rahbarlarni xudbinlik va mansabparastlikda ayblashardi. Ittifoq hukumati suverenitetga erishishga qaratilgan respublikalar qonunlarini bekor qiluvchi qonunlar qabul qilar, respublikalar hukumati esa o’z qonunlari ustunligida ustuvor edilar. Rossiya va bir qator boshqa Ittifoqdosh respublikalarning mustaqillika erishishi va liberal yo’nalishni tanlashga intilishlari SSSRni parchaladi. Gorbachyov SSSRni saqlab qolishga qancha urinmasin, uning qilgan urinishlari zoye ketdi, muvaffaqiyatsizlikka uchragani sari uning obro’si yo’qolayotgani yaqqol ko’rinib qolgan edi. 1991-yil iyun oyida 57% ovoz bilan Yelsin g’alaba qozondi. U Rossiyaning Prezidenti bo’ldi (1990-yilda SSSR Prezidenti lavozimi joriy etilgan edi, 1990-yil mart oyida Gorbachyov Prezident etib saylangan edi) . Siyosiy jarayonlar, talashlar to’xtamadi. 18-avgust kuni sotsialistik tuzumni saqlab qolish uchun Favqulodda Holat Davlat Qo’mitasi tuzildi. B.Yelsin GKCHP ishlarini qoraladi, SSSR Prezidentini himoya qildi. 19-23 avgustda SSSRda ixtiyorsiz inqilob ro’y berdi va yagona davlat endi mavjud bo’lmay qoldi.
SSSR xalq deputatlarining 2-sentabrdagi navbatdan tashqari syezdida e’lon qilingan 10 Ittifoqdosh respublika rahbarlarining yangi davlat – Respublikalar Konfederatsiyasini tashkil etish to’g’risidagi taklifi oldingi davlat, ya’ni SSSR parchalanganini e’tirof etilgani edi18.
1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari Viskuli (Belovej) da SSSRning tugatilganligi to’g’risidagi Hujjatni imzolashdi. Bu qaror Viskulida Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)ni yaratish to’g’risidagi Kelishuvga imzo chekishga imkon berdi. Bu bitim tarixga “Beloej bitimi” nomi b bilan kirdi. 21-dekabr kuni yana 8 respublika (Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Moldova va O’zbekiston) kirdi19. 25-dekabr kuni Gorbachyov SSSR Prezidenti lavozimidan iste’fo berdi. Bu hujjatlar o’sha paytda yangi mustaqil davlatlar o’rtasida erishilgan kelishuvning eng yuqori natijasi edi. 1988 – 1991 yillardagi “Real sotsializm” tanazzuli va SSSRning parchalanishi natijasida Yevrosiyoning shimoli-sharqidagi ulkan hududda 15ta mustaqil davlat paydo bo’ldi.
Zamonaviy “ajralish” – mustaqil davlatlar tomonidan SSSR merosinni tinchlik yo’li bilan taqsimlashga 1991-yil dekabrida MDHning tuzilishi va uning faoliyati yordam berdi. Unga asta-sekin 12 respublika a’zo bo’lib kirdi (Boltiqbo’yi respublikalari mustasno).
Rossiya Federatsiyasi (1922-yildan keyin) xalqaro munosabatlar subyekti sifatida tiklandi va SSSRning asosiy merosxo’r vorisiga aylandi. BMTdagi SSSR o’rniga ega bo’ldi.
Rossiya Federatsiyasining vujudga kelishida ijobiy jihatlar bilan salbiy jihatlar ham ko’zga tashlanadi. Bular parchalangan jamiyat, iqtisodiy inqiroz, kam ta’minlangan aholi, bozor munosabatlariga ega bo’lmagan korxonalar, kuchsiz harbiy soha, milliy madaniyatning sustligi, millatlararo nizolar kabilardir. Bu muammolarni bartaraf etish ancha ko’p kuch va vaqt talab qildi.
Rossiya Federatsiyasi ana shunday shart-sharoitda vujudga keldi va o’z tarixini “Rossiya Federatsiyasi” nomi bilan qaytadan yozishga erishdi.
Rossiya Federatsiyasi - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz bilan o’ralgan.Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika , 6 oʻlka ,49 viloyat, 2 federal shahar, 1 muxtor viloyat, 10 muxtor okrugdan iborat.
Rossiya – boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993-yil 12-dekabrda qabul kilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000-yildan Vladimir Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament).

Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə