Jahon tarixi” kafedrasi “Jahon tarixi” fanidan Himoyaga tavsiya etilsin Fakultet dekani t f. d., dots. L. M. Babaxodjaeva


-1999-yillarda Rossiya Federatsiyasining ichki siyosati va iqtisodiy muammolari



Yüklə 177 Kb.
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü177 Kb.
#133854
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xo\'jaqulova Dilnoza Jahon tarixi

1.2. 1991-1999-yillarda Rossiya Federatsiyasining ichki siyosati va iqtisodiy muammolari
SSSRdan Rossiyaga og’ir meros qoldi. Bozor iqtisodi qonunlarini joriy etish juda murakkab yo’ldan bordi. Rossiya sobiq sovet respublikalari o’rtasida va xalqaro maydonda o’z mavqeyini yo’qotmasligi lozim edi. Bu oson ish emas edi. 1991-yil avgustida to’satdan bo’lgan inqilobning g’alabasi Yelsin va “Demokratik Rossiya”ning yelkasiga kutilmaganda yuk bo’lib tushdi. Rossiya Hukumati tub o’zgarishlar ishlab chiqilguncha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirishga majbur bo’ldi. “Demokratik Rossiya” harakatida bundan keying olib borilishi kerak bo’lgan ishlarning usul va yo’llarida qarama-qarshilik borligi ayon bo’lib qoldi. Shu bois Yelsin va uning tarafdorlari avgust va sentabrda radikal islohotlar uchun xalqning ko’tarinki ruhidan foydalana olmadilar. O’sha vaqtda SSSR parchalanganligi haqidagi yangilik xalq orasidagi ko’pchilikni umidlarini uyg’otgan edi.
Biroq, bu vaqtlarda sustkashlik qilishga, mas’uliyatdan qochishga imkon yo’q edi. 1991-1992 yil qishida Rossiyada na oziq-ovqat, na ularni sotib olishga mablag’ va na mamlakatning boshqarish tizimi bor edi20. Ahvol juda og’ir edi. Mamlakatdagi tuzumning puchligi, uni qayta tiklashning iloji yo’qligi, aksincha, uning o’rniga shoshilinch ravishda yangi hukumat tuzish kerakligi hammaga ma’lum edi. Liberal-demokratik tub o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlarini oktabrning oxirida Yelsin syezdga taklif etdi va buni Rossiya deputatlari syezd iesa ma’qulladi. Liberal islohotchilik ishini amalga oshirishda eng tajribali kadrlar bosh tortgan bo’lsa-da, lekin bu ishni tashlab qo’yib bo’lmas edi. Hukumat o’z ishini mehnat haqini va ijtimoiy ta’minotni bir muncha yaxshilash hamda ma’muriy va moliyaviy tashkilotlarni yangi vazifalarga moslashtirish choralaridan boshladi. So’ngra hukumat ba’zi sohalarni davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiy mulkchilikni tiklash, bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan islohotlar rejalarini ishlab chiqdi va amalga oshirishga intildi. Liberallashtirishga qarshi turgan raqiblarning hamda uni boshqacha usul bilan amalga oshirish tarafdori bo’lganlarning shafqatsiz qarshiligi , shuningdek ma’muriy organlarning past darajada ijrochiligi, islohotlarni amalga oshirishni qiyinlashtirdi. Islohotlarni amalga oshirishda sabotaj (ishdan bo’yin tovlash) va har xil hokimiyat organlarining bir-biriga qarama-qarshi buyruqlari mamlakat rivoji yo’lidagi islohotlarni amalga oshirishga halaqit berar edi.Ammo, Oliy Sovetning bir qator qonunlari va Prezidentning ko’plab buyruqlari asosida 2-3 yil ichida xususiy mulkchilikka o’n yilliklar mobaynida nafrat uyg’otilgan bo’lsa-da, Rossiyada nafaqat bozor munosabatlari qayta tiklandi, balki u ustunlik ham qila boshladi. 1992-yilning o’zida barcha mahsulotlarga narxlar erkinlashtirila boshlandi21. Ehtiyoj va talabdan kelib chiqqan holda ular bozor munosabatlari asosida shakllana boshladi. Yilning oxiriga kelib, davlat nazorati ostida faqat davlat byudjetidagi ishchi va xizmatchilarning ish haqi va narxlarini belgilash qoldi. Narxlarning bunday liberallashtirilishi rublning yagona to’lov vositasi va xo’jalikni boshqarish quroli bo’lishiga yetarli asos bo’ldi. Hukumat Xalqaro Valyuta Fondining milliardlab dollar kreditlari yordamida rublni mustahkamlashga, byudjet taqchilligining oldini olishga hamda mamlakat moliya tizimini mustahkamlashga intildi. Biroq mablag’ning yetishmasligi davlat buyurtmalarining qisqarishiga olib keldi. O’z navbatida eng asosiy sanoat korxonalaridan tashqari barcha korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish ishining boshlanib ketishiga sabab bo’ldi. Shunday qilib mamlakatda 24 ming korxona va 15% ko’ngilli firmalar tashlandiq yerlarga ega bo’ldilar. Turli xil xususiy sanoat va savdo korxonalari hamda banklar qonuniy yo’l bilan ishga tushdi va ularni tashkil etish tezlashdi. Mulkchilikni va bozor munosabatlarining qonun tomonidan ximoyalanishining yo’qligi, huquqni himoya qilish organlari yangilanishining kechiktirilishi suiste’mol va jinoyatning o’sishiga imkon berdi.
Mamlakatdagi qarama qarshiliklar “Demokratik Rossiya” blokining parchalanishiga olib keldi. 1993- yildagi qarama qarshiliklar natijasida oliy sovet Oq uyda Xalq deputatlari syezdini chaqirdi va Yelsinning ishdan olinganligini e’lon qildi. Vitse-Prezident Rutskoyni vaqtinchalik Prezident etib saylashganlarini bildirdilar. Oq uy oppozitsiyaning tayanch qarorgohiga aylandi va bu yerga ularning tarafdorlari oqib kela boshladilar va ekstremistlar esa xohlovchilarga qurol tarqata boshladilar va otryad tuzdilar. Qurollangan ekstremistlar 3-oktabrda Moskva meri binosini qo’lga oldilar va telemarkazga hujum uyushtirdilar, Hasbulatov esa kechasi Kremlni qo’lga olishga chaqirdi. Oppozitsiyaning bir qismi qurolli harakatlarga o’tgani sababli ularga Yelsin qurolli kuch bilan javob berdi, bu kuch esa Yelsinda ko’proq edi. 4-oktabrda Oq uy o’qqa tutildi va oppozitsiya taslim bo’ldi. Ikki tomondan jami bo’lib 150 kishi halok bo’ldi22. 21-sentabrda boshlanib 4-oktabrda tugagan to’ntarish mamlakatning davlat tuzumini yangilagan Konstitutsiya haqidagi referendumga yo’l ochdi. Referendum yo’lini tozalash uchun oktabr oyida Prezident o’zining buyrug’i bilan hamma qatlamdagi sovetlarni tarqatib yubordi. 1917-yilda barpo bo’lgan sovet tuzumi tugatildi. 1993-yil 12-dekabrdagi umumxalq referendumida saylovchilarning 54 foizidan ko’prog’i qatnashdi va saylovchilarning 58 foizidan ko’prog’i taklif etilayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berdilar23. Saylov natijalari xalq hokimiyatini, inson erkinliklari va huquqlarini ustun deb tasdiqlaydigan yangi Konstitutsiya qonuniyligining asosi bo’ldi. Yangi konstitutiya oldingi sovet davri konstitutsiyalaridan keskin farq qilar edi. Rossiya demokratik federative respublika bo’ldi, unda hokimiyat manbayi sifatida ko’p millatli xalq ommasi tan olindi, insonparvarlik g’oyalari inson manfaatlari huquqlari va erkinliklari daxlsiz deb e’lon qilindi. Rossiya Fedeartsiyasi hududlarining butunligi va buzulmasligini e’lon qildi.
Hukumatda va Prezident ma’muriyatida shuningdek davlat Dumasida hali liberal reformatorlar mavjud edi, ularning tashabbusi va Prezident qo’llab quvvatlashi bilan tub o’zgarishlar oz bo’lsada davom etar edi. Mamlakat ishlab chiqarishining 70 foizga yaqini hissadorlar va xususiy kompaniyalar qo’liga o’tdi. Davlat dumasi tomonidan konstitutsiyaga mos keladigan fuqarolar kodeksi qabul qilindi, unda xususiy mulkchilik munosabatlari mustahkamlandi. Yagona sud sistemasi haqidagi Qonun chuqur sud islohotlarini boshlab berdi. Asta sekin konstitutsiyaga mos keladigan mahalliy o’zini o’zi boshqarish sistemasi shakllana boshladi. SSSR dan meros qolgan Qurolli Kuchlar asta sekinlik bilan 3 barobarga qisqartirildi. Ammo har qancha islohotlar va qonunlarga qaramay, markazdan qochma intilishlar kuchaydi, respublikalar, o’lkalar, oblastlar va okruglar tomonidan Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi moddalarining va Federal Qonunlarning ko’plab buzilishi odatiy hol bo’lib qoldi. Federal mamlakatda yaxshilikning “emaklab parchalanish” davri boshlandi.
Federal qo’shinlarning o’zini mustaqil deb e’lon qilgan Chechen Respublikasiga “konstitutsion tartibni” o’rnatish uchun yuborilishi oqibatida 1994-1996 yillarda 100 mingga yaqin kishi halok bo’ldi. Vayrongarchilik keltiruvchi urushga sabab bo’ldi. Bu urush mamlakat xomashyosiga putur yetkazdi. Aholining Prezidentga va hukumatga bo’lgan ishonchiga putur yetgan edi. Ammo, A.Chubays va boshqa islohotchilarning sa’y-harakatlari bilan Yelsinning shuhratini oshirishga erishildi va 1996-yilning yozida saylovlarning ikkinchi turida kommunist raqiblarning deyarli hammasi Yelsinga ovoz berdilar. 1998-yilning bahorida Davlat Dumasi tomonidan ma’qullangan davlat byudjetini amalda hayotga tatbiq etishning iloji bo’lmadi va Yelsin Chernomirdinni S.Kiriyenko bilan almashtirdi. U falaj bo’lgan mamlakat xo’jaligiga kerak bo’lgan mablag’ni topish imkonini beradigan bir nechta qonunlar paktini ishlab chiqdi. Ahvol jahon moliya-valyuta inqirozi tufayli yanada murakkablashdi. Xalqaro Valyuta Fondidan kredit oliishiga qaramay, ko’plab bank va korxonalarning ahvoli og’irlashdi. Ishchi va xizmatchilarga maosh to’lamaganligi sababli mamlakat g’alayon va qo’zg’olonlar olovida qolgan edi. 1998-yil 17-avgustda S.Kiriyenko davlat o’z majburiyatlari bo’uicha to’lovlarni amalga oshirishga qodir emas, deb e’lon qilishga majbur bo’ldi24. Rossiya hukumatiga nisbatan ishonchga zil ketdi, rubl 3barobarga qadrsizland, ko’plab banklar sindi, narx-navo nihoyatda ko’tarilib ketdi. Davlat Dumasi hukumatni va hatto Prezidentni ham iste’foga chiqishini talab qildi. Bu chuqur siyosiy inqiroz edi. 1998-yil sentabrda Yelsin ijro hokimiyatiga boshliq qilib kommunistlarga yoqadigan E.Primakovni qo’yishga qaror qildi. Primakovning hukumatiga anchagina kommunistlar ham jalb qilingan edi. Ammo ularga liberal islohotlar ruhi qat’iylik bilan qarshi turdi. Natijada bunday ahvol iqtisodiy siyosatni parokanda qildi. Inflatsiya importning qisqarishiga olib keldi. Bu hol, importning ko’payib ketishi sababli to’xtab qolgan ba’zi sohalarda 1999-yildan ishlab chiqarishning jonlanishiga olib keldi. Biroq Prezident Yelsin unga nisbatan qilinayotgan hujumlarga va kommunitlar alyansi bilan “gulobi” hukumat o’rtasidagi ittifoqning yanada mustahkam bo’lishining oldini olish maqsadida Primakovni ishdan oldi. Botqoqqa botgan islohotlar yo’lini asrash maqsadida Yelsin B.Stepashinni hukumat boshlig’i etib tayinladi. Lekin Moskva shahar meri Yu.Lujkov va Primakov boshchiligida “Vatan-butun Rossiya” blokini tuzdilar. Ammo ular ham liberal-demokratik tub o’zgarishlar yo’liga jiddiy g’ov bo’lib qoldilar.
Buning ustiga Chechenistondagi harakat Rossiya uchun juda qimmatga tushdi. 1996-yilning kuzidan boshlab Ichkeriya haqiqiy mustaqillika erishgan bo’lsa-da, ammo aholining partikulyarizmligi va dala komandirlarining beboshligi Ichkeriyada yagona jamiyatning shakllanishiga, davlatchilik va qonunchilikning mustahkamlanishiga halaqit berdi. Vahobiylik, terrorchilik, vayrongarchilik avj oldi. Ko’plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar Chechenistondagi va ularni qo’llab-quvvatlagan chet el terrorlarini qoraladilar, Chechenistonga gumanitar yordam yubordilar. 1999-yil kuzida ma’muriyat “Yedinstvo” harakatini tashkil etdi25. Bu harakat o’zining terrorizm va korrupsiyaga qarshi talablari bilan o’zining safiga aholining ancha qismini jalb etdi. Bu tashkilot ham saylov kompaniyasiga qo’shildi va yangi nomzodlarni ilgari surdi.
Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosatda ham yurishlar qilishga harakat qildi. Tashqi siyosatni yaxshilash orqali o’zining o’rniga ega bo’lishga harakat qildi. 1992 yil oxirida e'lon qilingan va 1993 yil aprel oyida Prezident B. Yelsinning farmoni bilan tasdiqlangan Rossiya Federatsiyasining birinchi tashqi siyosat kontseptsiyasida shakllantirilgan "yangicha siyosiy fikrlash" g'oyasi ta'kidlangan edi. Shunday qilib, so'zsiz g'arbparast siyosatdan voz kechish va mamlakatning milliy manfaatlariga asoslangan tashqi siyosatga o'tish e'lon qilindi. Biroq mazkur milliy manfaatlarning mazmuni hujjatda aniq ko‘rsatilmagan edi. Tashqi siyosat konsepsiyasi tashqi siyosatning 15 ta asosiy yo‘nalishini belgilab berdi, ularning asosiylari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini rivojlantirish, AQSh va Yevropa davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Janubiy va G‘arbiy Osiyo davlatlari, Yaqin Sharq, qurol nazorati va yetakchi xalqaro tashkilotlarda, ayniqsa BMTda ishtirok etish va shu kabi ko’plab masalalardan iborat edi.
MDH makonida Rossiya boshqa davlatlar bilan munosabatlar o'rnatishi kerak edi. Qolaversa, boshidanoq sovet davrida shakllangan iqtisodiy va madaniy aloqalarni saqlab qolish, xalqaro maydondagi harakatlarni muvofiqlashtirish vazifasi qo‘yildi. 1991-yil dekabr oyida 11 sobiq ittifoq respublikalari rahbarlari tomonidan imzolangan Olmaota deklaratsiyasida (uchrashuvda Boltiqboʻyi davlatlari va Gruziya vakillari ishtirok etmadi) Hamdoʻstlik doirasidagi munosabatlar shu asosda qurilishi taʼkidlangan edi. tenglik va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish asoslari. Shu bilan birga, umumiy harbiy-strategik qo'mondonlik va yadro quroli ustidan yagona nazoratni saqlab qolish, shuningdek, umumiy iqtisodiy makonni saqlash zarurligi e'lon qilindi. 1993 yil yanvar oyida Minskda MDH Nizomi imzolandi (Turkmaniston va Ukraina imzolashdan bosh tortgan). Keyinchalik Turkmaniston (2005 yil) va Gruziya (2009 yil) MDH aʼzolaridan chiqdi, Ukraina esa Hamdoʻstlik ishida Nizomni imzolamay qatnashishda davom etmoqda va shuning uchun tashkilotning toʻlaqonli aʼzosi maqomiga ega emas. 1990-yillarda MDH davlatlarining tashqi siyosiy hamkorligining asosiy natijasi SSSR parchalanishi natijasida yuzaga kelgan koʻpgina masalalarni hal etish boʻldi. Shunday qilib, qurolli kuchlar va yadroviy qurollarni taqsimlash bilan bog'liq muammolar hal qilindi (Belarus, Qozog'iston va Ukraina hududidagi Sovet arsenallari qisman tugatildi va qisman Rossiyaga o'tkazildi). 1990-yillar davomida vizasiz rejimni saqlab qolish mumkin edi, bu ko'plab oilalar davlat chegaralari bilan ajratilgan sharoitda juda muhim edi. Shu bilan birga, SSSRning parchalanishi natijasida ichki va xalqaro miqyosda ko'plab qurolli to'qnashuvlar yuzaga keldi. Rossiyaning Abxaziya, Janubiy Osetiya, Dnestryanı va Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolarga aralashuvi Gruziya, Moldova va Ozarbayjon bilan munosabatlarni jiddiy murakkablashtirdi. Bu Rossiyaning Qrimdagi vaziyatga aralashuvidan cho‘chigan Ukraina bilan munosabatlarda ham qiyinchiliklar tug‘dirdi. MDH (Bojxona ittifoqi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi, Belorussiya va Rossiya ittifoqi davlati) negizida tashkil etilgan xalqaro institutlar 1990-yillarda asosan qogʻozda qoldi. 21-asrning birinchi oʻn yilligining oxiriga kelibgina Moskva oʻzining siyosiy vaʼdalarini iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlay olganida, ularni real mazmun bilan toʻldirishga muvaffaq boʻldi.
Rossiya Hindiston, Xitoy va Yaponiyani eng muhim potentsial hamkorlar deb hisoblay boshladi. Yaponiya bilan munosabatlar qarama-qarshilikdan ish munosabatlariga o'tishga muvaffaq bo'ldi. Bunga Prezident B.Yeltsinning 1993-yil oktabr oyida Rossiya-Yaponiya munosabatlari to‘g‘risidagi Tokio deklaratsiyasining imzolanishi bilan yakunlangan Yaponiyaga tashrifi yordam berdi. Tashqi siyosatda Rossiya Federatsiyasi mamlakatni jahon hamjamiyatiga integratsiyalash, qo'shni davlatlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, o'nlab yillar davomida mavjud bo'lgan nizolarni hal qilishga e'tibor qaratdi. Shu bilan birga, asosiy e’tibor milliy manfaatlarni hisobga olish va yangi dunyo tartibining ko‘p qutbliligini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. 1990-yillarda Rossiya Yevropa Kengashiga qoʻshildi, shuningdek, dunyoning yetakchi davlatlaridan iborat G7ni G8ga aylantirib, uning toʻliq aʼzosi boʻldi.
1999-yilga kelib, Rossiyaning tashqi qarzi 130 mlrd dollardan oshib ketdi. 90-yillarda Rossiya ichki va tashqi siyosatda yo’qotishlarga qaramay, qator ijobiy natijalarga ham erishdi. Dunyoning ko’plab davlatlari bilan turli shartnomalar tuzishga, diplomatik aloqalar o’rnatishga erishdi.

Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə