Жахон бозори


Xalqaro iqtisodiy munosabatlar



Yüklə 112 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü112 Kb.
#156435
1   2   3   4   5
Jahon bozori, Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Xalqaro aloqalar avvalo Xalqaro savdo tarikasida boshlanib Jahon bozorining shakllanishiga olib keldi. Jahon bozori esa uz navbatida umumJahon xujaligining tarkib topishiga olib keldi.
Xalqaro savdo mamlakatlar urtasida yuz beradigan savdo-sotik munosabatlari bulib, ular tovarlarni chetga chikarish (eksport) va chetdan olib kelish (import) bilan ifodalanadi. Xalqaro savdo asosini Xalqaro mexnat taksimoti va uning chukurlashuvi, mamlakatlarning u yoki bu tovarni ishlab chikarishda tutgan kiyosiy ustunligi belgilaydi.
Jahon bozori davlatlarning tashki iqtisodiy siyosatiga xam katta ta’sir kursatadi. Unda fakat umumiygina emas milliy manfaatlar xam uz ifodasini topadi.
SHuning uchun xam borgan sari Xalqaro savdosotik rivojlanib bormokda. Keyingi 15 yil mobaynida Jahon mamlakatlari urtasidagi savdosotik 3 marta kupaydi.
Jahon bozorida savdo kilinadigan tovarlar assortimenti milliy bozorlarga karaganda cheklangan. Sababi xar bir mamlakat uzi ishlab chikarish imkoniyatiga ega bulmagan yoki ishlab chikarish nisbatan kup xarajatlarni talab etadigan tovarlarnigina sotib oladi.
Mamlakatda ishlab chikarilgan barcha tovarlar emas, balki ayirboshlash mumkin eki zarur bulgan tovarlargina sotiladi. Ular asosan asbobuskuna, kumir, neft, gaz, metall, paxta, choy, don, kofe, yogoch, jun, tabiiy kauchuk, sut va sut maxsulotlari, sariyog, tamaki kabilardan iborat.
Undan tashkari, bu tovarlar milliy bozorlarga karaganda katta partiya (tuda, tup)larda chikariladi.
Jahon bozori milliy iqtisodiyot rivojiga katta ta’sir kiladi. Bu uz navbatida Jahon bozorida uzgarishlar yuz berishiga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va uning tarkibi
Xalqaro miqyosda xizmatlar savdosi tovar savdosidan fark kilib, uziga xos jixatlari bilan ajralib turadi.
A) Xizmatlar tovarlardan fark kilib, asosan ishlab chikarish va iste’mol bir vaktda yuz beradi, tovarga uxshab saklab bulmaydi. SHuning uchun xizmat kursatuvchi bilan iste’molchi tugridantugri mulokotda buladilar. Tovarlar savdosi esa kupincha vositachilar orkali amalga oshadi.
B) Xalqaro xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan boglangan, uni usib borishiga olib keladi. CHetga tovar chikarish bozor xolatining kon’yunkturasini urganishdan boshlab, uni tashib olib borish bilantugaydi. Fan sigimi yukori tovarlar, murakkab texnologiya juda katta xajmdagi texnik xizmat kursatishni, axborot va maslaxat berishni talab kiladi. Jahon bozorida tovarlarning muvaffakiyatli savdosi ana shu xizmatlarga boglik.
V) Xizmat sferasi davlat tomonidan kuprok ximoya kilinadi. Transport, aloka, moliya, sugurta xizmatlari, fan, maorif, soglikni saklash an’anaviy tarzda juda kup mamlakatlarda kisman davlat tasarrufida yoki davlat tomonidan kattik nazorat kilinadi.
G) Xamma xizmatlarni xam tovarga uxshab Xalqaro xujalik oborotiga keng jalb etib bulmaydi. Masalan, shaxsiy iste’molni kondiradigan kommunal, maishiy xshmatlarni kursatish mumkin.
D) Borgan sari komshteks xizmat kursatishni talab etadigan turizm rivojlanib boradi. Xalqaro miqyosda madaniy aloqalarning rivojlanishi xam xizmat kursatishning rivojlanishiga olib keladi. Natijada borgan sari xizmat kursatish soxasida band bulganlarning soni ortib bormokda.
E) Xizmatlar bozorida xozirgi paytda injiniring xizmatlari kursatish aloxida urin tutadi.
Injiniring xizmatiga sanoat, infrastruktura va boshka ob’ektlarni yaratishda tijorat asosida turli injenerlik maslaxat xizmatlari kursatish kiradi. Loyixalashdan avval tadkikot utkazish, ilgari surilgan goyani texnikiqtisodiy asoslash xizmatlari, sungra loyixalash (loyixa, sxema, bosh reja, ishchi chizmalar tayyorlash), xamda loyixalashdan sunggi xizmatlar (kontraktshartnoma materiallarini tayyorlash va boshkalar) kiradi.
Keyingi laytlarda injyaniring xizmati loyixalash bilan boglik bulgan xizmatlarnigina emas, bira tulasi ob’ekt kurilishini xam kamrab olmokda.
Odatda katta axamiyatga ega ob’ektlarni Xalqaro miqyosda tender konkurs utkazish yuli bilan bunyod kilinadi.
Xalqaro ikgisodiy aloqalarni amalga oshirishda transport xizmati kursatishning axamiyati bekiyos.
Transport xizmati kursatish - bu yangi yullar, transport, kompleks servis xizmati kursatishni rivojlanishigina emas, balki Xalqaro integratsiya zanjirining muxim xalkasidir. SHuning uchun Xalqaro miqyosda bu soxaga axamiyat kuchaymokda. Respublikamizda xam chet el davlatlari bilan xavo, temir yul, avtomobil yullari orkali aloqalarni kuchaytirishni kuzda tutgan xolda, yangiyangi yul kurilishlariga aloxdda e’tibor karatilmokda.
Uzbekiston BMT ning "Tranzit yuk tashishda xamkorlikni rivojlantirish orkali savdoni kengaytirish" dasturini ruyobga chikarishda ishtirok kilmokda.
Uzbekiston Pekinni Istanbul bilan boglaydigan Transosiyo magistralining tarkibiy kismi bulgan Tajan-Saraxs-Mashxad temir yulini kurishda faol katnashdi. Xozirgi paytda "Traseka" loyixasini amalga oshirishda faol katnashayapti.
Turli soxalarda axborot xizmatlari: fantexnika soxaskda ilmiy axborotlar, Xalqaro kompyuter "ma’lumotlar banki" orkali xizmat kursatish kengayib boradi. Soglikni saklash, maorif soxasida kullaniladigan yangi ilgor usullar bilan ayirboshlash jadallashadi.
Xalqaro ilmiytexnik aloqalar kisman tijorat asosida, kisman bepul amalga oshiriladi.
Odatda, mamlakat chetdan ixtirolarni ishga solish, kullanilishi uchun uning patentlari, litsenziyalarini sotib oladi. SHu bilan birga, kator mamlakatlar chet el firmalari uz ilmiytexnik maxsulotlarini xayriya sifatida tuxfa kilishi yoki kisman xak tulash yuli bilan berishi mumkin. Buning uchun maxsus xayriya fondlari mavjud. Ular ta’lim, fan yutuklarini butun Jahon miqyosida tarkatishga ta’sir kiladi.
Ilmiytexnik, texnologik yangiliklar (nouxau), injiniring xizmatlari kursatish infrastruktura ob’ektlarining loyixalarini ishlab chikish, kurish, yaratishni urganish uchun uz mutaxassislarini bu soxadagi etakchi mamlakatlarga yuborish keng yoyilmokda.
XX asrning 70-yillaridan boshlab, ishchi kuchi migratsiyasi keng yoyildi, ya’ni mexnat resurslarini bir mamlakatdan boshka mamlakatga kuchib utishi kuchaydi.
Buning sabablari turlituman. Ulardan eng asosiylari ikgisodiy sabablar bulib:
Ishsizlik darajasidagi fark.
Ish xakidagi fark.
Turmush darajasidagi fark.
SHaroitdagi fark va boshkalar.
Odatda ish kuchi kambagal mamlakatlardan boy mamlakatlar tomon okadi. CHetdan kelgan ishchilarni ishlatishdan manfaat kurilmaganda ish kuchi migratsiyasi bu darajaga kelmas edi.
Eng avvalo, chetdan kelgan ish kuchi arzon. Undan tashkari, ayrim ish turlari borki, rivojlangan mamlakatlardagi ishchilar ularni bajarishni kup xam xoxlashmaydi. kolaversa, bu mamlakatlar osongina yukori malakali mutaxassislarga ega bulishadi. Bunday mutaxassislar tayyorlash uchun zarur bulgan mablag tejab kolinadi.
YUkori malakali mutaxassislarni rivojlangan mamlakatlar tomon emigratsiyasi iqtisodiy adabiyotlarda akllarni okib utishi (drain of brain) deb ataladi.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə