Iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab Tez sarflanadigan iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab Talabni turlari


Iste’mol sektoridagi xizmatlarga bo‘lgan talab



Yüklə 405,82 Kb.
səhifə3/4
tarix20.10.2023
ölçüsü405,82 Kb.
#128463
1   2   3   4
6-mavzu Stra amaliyot

Iste’mol sektoridagi xizmatlarga bo‘lgan talab xuddi iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabni aniqlagandagidek yo‘l bilan aniqlanadi. Bunda potensial iste’mol birliklarining xizmatdan foydalanish darajasi yoki tezligiga to‘g‘ri keladigan miqdori asos qilib olinadi. SHu bilan birga xizmatlar talabni tahlil qilishda e’tiborga olish lozim bo‘lgan ba’zi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar xizmatlarning moddiy emasligi va saqlanmasligidan kelib chiqadi. Xizmatdan foydalanish uchun shu xizmatni ko‘rsatuvchi shaxs yoki servis tashkiloti bilan bevosita muloqot o‘rnatish zarur.

Sanoat tovarlariga bo‘lgan talab. YUqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, sanoat sektoridagi talab - ishlab chiqarish talabidir. Bunday talab sotib olingan tovarlardan boshqa tashkilotlar yoki pirovard iste’molchilarning talabini qondirish maqsadida o‘z ishlab chiqarish tizimida foydalanadigan tashkilotlarda paydo bo‘ladi. Demak, sanoat tovarlari va yoki xizmatlariga bo‘lgan talab kelgusida qondirilishi kerak bo‘lgan bir yoki bir necha manbalarga bog‘liq bo‘ladi.

SHuning uchun operasion marketing uchun mas’ul bo‘lgan xodim o‘zining bevosita mijozlarining talabinigina emas, balki bevosita mijozlar xizmat ko‘rsatadigan mijozlarning talablarini ham bilishi va oldindan ko‘ra olishi lozim. Aks holda u g‘oyatda reaktiv faoliyat bilangina cheklanishga majbur bo‘ladi.

Sanoat tovarlariga bo‘lgan talab ularning sarflanadigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar yoki pirovard mahsulot ekanligiga qarab turlicha tarkiblanadi. Bazi tavofutlarni hisobga olmagan holda, talabni baholash uchun zarur bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar iste’mol tovarlari uchun talab qilinadigan ma’lumotlardan farq qilmaydi.
Sarflanadigan materiallarga bo‘lgan talab. Iste’mol tovarlariga eng yaqin toifa firma o‘z ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan va pirovard mahsulotlarga o‘tmaydigan sarflanadigan materiallardir. Bu holda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim: potensial foydalanuvchi tashkilotlar soni (o‘lchamiga qarab); o‘lchamiga qarab saralangan real foydalanuvchilar soni; bir real foydalanuvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan faollik darajasi; faollik birligiga to‘g‘ri keladigan birlik iste’mol darajasi (texnik koeffitsient).
Iste’mol darajalari - tovarning oson tanib olinadigan texnik tavsifnomalaridir. Korxonalarning o‘lchami va faollik darajasiga ko‘ra taqsimotini turli sanoat ma’lumotnomalaridan osonlik bilan topish mumkin.
Sanoat tovarlarining ikkinchi toifasiga sanoat mijozi tayyorlaydigan mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan yoki uning tarkibiga kiritiladigan oraliq mahsulotlar kiradi. Bu holda talab mijozning ishlab chiqarish hajmiga bevosita bog‘liq bo‘lib, quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘ladi:

-potensial iste’molchi korxonalar soni (o‘lchamiga qarab);


-real iste’molchi korxonalarning ulushi (o‘lchamiga qarab);
-bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi;

-pirovard mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan birlik foydalanish darajasi (texnik koeffitsient).

Bu toifaga ko‘psonli avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi ko‘psonli korxonalar kiritiladi. Avtomobillarga bo‘lgan iste’mol talabining o‘zgarishi ertami-kechmi detallarni ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan talabning o‘zgarishiga aylanadi. Demak, pirovard talab evolyusiyasini sinchiklab kuzatish o‘z mahsulotiga bo‘lgan talabni avvaldan ko‘ra bilishni istagan korxonalar uchun muhimdir.


Yüklə 405,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə