Iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab Tez sarflanadigan iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab Talabni turlari


Tez sarflanadigan iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab



Yüklə 405,82 Kb.
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü405,82 Kb.
#128463
1   2   3   4
6-mavzu Stra amaliyot

Tez sarflanadigan iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga bog‘liq bo‘lmagan iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabni quyidagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin:
-potensial iste’mol qiluvchi birliklar soni;
-real foydalanuvchilarning potensial iste’mol qiluvchi birliklar ichidagi ulushi (qamrov darajasi);
-bitta real xaridorga to‘g‘ri keladigan birlik iste’mol darajasi (kirib borish darajasi).
“Qamrov darajasi” bilan “kirib borish darajasi” o‘rtasidagi farq bozorga ta’sir ko‘rsatishning ustuvor maqsadlarini aniqlab olish uchun muhimdir: maqsad yo foydalanuvchilar sonini oshirish yoki bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan iste’mol hajmini oshirishdir.
Bozorning mutlaq salohiyati qamrov darajasi 100 %ga teng, kirib borish darajasi esa har bir foydalanish holati uchun maqbul deb olingan holda aniqlanadi. Talabning joriy darajasi xarid paytidagi barqaror ko‘nikmalarni kuzatish orqali aniqlanishi mumkin. Zarur ma’lumotlarni ba’zan professional uyushmalardan yoki rasmiy statistika axborotlaridan ham olish mumkin. Biroq, ko‘pincha, iste’molchilar komissiyalaridan («panellaridan») olingan dastlabki ma’lumotlarni chetlab o‘tib bo‘lmaydi.

Agar iste’mol tovari uzoq muddat foydalaniladigan tovar bilan bog‘liq bo‘lsa


(masalan, kir yuvish kukuni va kir yuvish mashinasi), iste’molchilarning qamrov darajasi uzoq muddat foydalaniladigan shu tovarning qamrov darajasi bilan almashtiriladi. Bu erda qo‘shimcha ko‘rsatkichni tovarga qilinadigan murojaatlar orasidagi vaqtni ham kiritish zarurdir. Natijada biz quyidagi ko‘rsatkichlar to‘plamiga ega bo‘lamiz:


  1. sarflanayotgan tovar birligining potensial miqdori;

  2. uzoq muddat foydalaniladigan tovarning qamrov darajasi;

  3. uzoq muddat foydalaniladigan tovarga murojaatlar tezligi;

  4. sarflanayotgan tovarning uzoq muddat foydalaniladigan tovarga nisbatan birlik murojaatga to‘g‘ri keladigan iste’mol hajmi (texnik koeffitsient).

Sarflanayotgan tovarlarning potensial iste’moli ular bajarayotgan funksiyalardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qolgan zarur ma’lumotlar so‘rovlar yoki kuzatishlar orqali olinishi lozim, bunga bir murojaatdagi sarf hajmi kirmaydi, chunki u texnik sabablar bilan belgilanadi.




  1. uzoq muddat foydalaniladigan tovarga bo‘lgan talab.

Bu holda birlamchi talab bilan almashuvga bo‘lgan talab o‘rtasidagi muhim farqni ajratib olish zarur. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarga bo‘lgan birlamchi talab quyidagi ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi:

  1. aniq iste’mol qiluvchi birliklar soni va ularning uzoq muddat foydalaniladigan tovarlari bilan jihozlanganlik darajasining ortishi;

  2. yangi iste’mol qiluvchi birliklar soni va ularning uzoq muddat foydalaniladigan tovarlari bilan jihozlanganlik darajasining ortishi.

Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning maqsadli xaridorlar orasida diffuziyalanish tezligi ham muhim ko‘rsatkichdir. Uni aniqlash uchun o‘xshash tovarlarning avvalgi davrlarda bozorga kirib borish egri chiziqlari juda foydalidir.


Almashtirishga bo‘lgan talabni baholash birmuncha qiyinroqdir; buning uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:
-uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning mavjud miqdori; -ularning xizmat qilish muddati bo‘yicha taqsimlanishi;
-tovarning xizmat qilish muddati bo‘yicha taqsimlanishi (jismoniy, iqtisodiy yoki ma’naviy eskirish);
-tovarni almashtirish tezligi;
-almashtiriladigan yangi muqobil tovarlarning (yangi texnologiyalar) paydo bo‘lish samarasi;

-iste’mol qiluvchi birliklarning yo‘qolish samarasi.


Almashtirishga bo‘lgan talab uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning miqdori va xizmat qilish muddatiga bevosita bog‘liqdir. Almashtirish tezligi xizmat muddatining tugash tezligi bilan mos kelishi shart emas, bunda iste’moldan chiqib ketadigan uzoq muddat foydalaniluvchi tovarlarning ulushi tushuniladi. Har bir narsa eskirishi mumkin, chunki uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lib qoladi yoki foydalanuvchilarning fikricha, u modadan qolgan bo‘ladi.

Umuman olganda, xizmat muddatining tugash tezligi bu muddatning uzoqligiga teskari proporsionaldir. Masalan, o‘rtacha xizmat muddati 12 yilga teng bo‘lsa, bu muddatning o‘rtacha tugash tezligi 8,3 %ni tashkil qiladi.


Xizmat muddatining yana davom ettirilishi birlamchi talabga taalluqli bo‘lgan baholarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, Fransiyada avtomobillarning real xizmat muddati 10-11 yilni tashkil qiladi. Agar bu muddat 12,5 yilga etsa, xizmat muddatining tugash tezligi taxminan 8 %ga teng bo‘ladi, bu esa 1,7 mln.ga yaqin mashinani almashtirishga bo‘lgan talabga to‘g‘ri keladi. Agar, aksincha, o‘rtacha xizmat muddati 9 yildan oshmaydi, deb faraz qilsak, xizmat muddatining tugashi taxminan 11,1 %ni tashkil qiladi, bu esa 2,1 mln. mashinani almashtirishga bo‘lgan talab, demakdir.

Avtomobil bozorida texnologik xizmat muddati uzluksiz ortib boradi. Shvetsiyada o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ba’zi rusumdagi avtomobillarning xizmat muddati 1965 yildan buyon 65 %ga uzaygan.


Talabni baholash uchun zarur bo‘lgan ba’zi ma’lumotlar, masalan, mavjud tovarlar miqdori va ularning muddatlar bo‘yicha taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlarni o‘tgan yillardagi savdo faoliyatini tahlil qilish natijasida olish mumkin. Masalan, xizmat muddati bo‘yicha taqsimlanishning bahosi o‘zlaridagi buyumni almashtirish bilan band bo‘lgan tovar egalarini tanlab olish yo‘li bilan

aniqlanishi mumkin. Bunday yo‘l bilan aniqlangan almashtirish tezligi eskirishning tovarni almashtirishga sabab bo‘ladigan turli turlarini farqlashga imkon bermasligi tabiiydir. Texnik jihatdan yaroqli bo‘lgan tovar iqtisodiy (masalan, agar yangi tovarlarning ekspluatasiya xarajatlari keskin kamaygan bo‘lsa) yoki hissiy (masalan, agar foydalanuvchi yangi modellarning estetik xususiyatlariga katta ahamiyat bersa) sabablarga ko‘ra almashtirilishi mumkin. Undan tashqari, almashtirish paytida foydalanuvchi shu funksiyani bajaruvchi, biroq boshqa texnologiyaga asoslangan tovarga murojaat qilishi mumkinligini ham esdan chiqarmaslik kerak.


Tejamliroq “past haroratli” qozonlar ishlab chiqilishi natijasida markaziy isitish sohasida katta taraqqiyotga erishildi, bu esa iqtisodiy sabablarga ko‘ra almashtirish sur’atlarining tezlashishiga olib keldi. Ayni paytda boshqa texnologiyalar, masalan, issiqlik nasoslari ham rivojlandi va ular ko‘p hollarda ba’zi maxsus sohalarda mazutda ishlaydigan qurilmalarning o‘rnini egalladi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar sektoridagi savdo hajmlarining katta qismi almashtirishga bo‘lgan talabga to‘g‘ri keladi, bu ayniqsa, uy xo‘jaliklarining bunday tovarlar bilan jihozlanish darajasi juda yuqori bo‘lgan hamda aholi sonining o‘sish darajasi past bo‘lgan g‘arb mamlakatlarida kuzatiladi.


Yüklə 405,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə