Issn: 2181-3833 ResearchBip (14)



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#101475
xiva-xonligida-xix-xx-asrning-birinchi-choragiga-qadar-davrida-arxiv-ishi-va-uning-o-rganilishi



RESEARCH FOCUS | VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 
ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) 
|
UIF (8.3)
Research Focus, Uzbekistan 94 www.ReFocus.uz
XIVA XONLIGIDA XIX-XX ASRNING BIRINCHI CHORAGIGA QADAR DAVRIDA 
ARXIV ISHI VA UNING O‘RGANILISHI 
Xusanov Saidrasul Xusanovich, 
O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi, 
Farg‘ona davlat universiteti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7430878
Annotatsiya
: Ushbu risolada Xiva xonligining amalda bo‘lgan ish yuritish tizimi va arxiv 
ishi holati boshqaruv hujjatchiligi jarayonlariga bevosita ta’sir etuvchi XIX – ХХ аsr boshlarida 
Xiva xonlida ish yuritish va arxiv ishi tizimi tadqiq etiladi. 
Kalit so‘zlar:
Xiva xonligi, arxiv, ish yuritish tizimi, hujjat, amal va mansablar. 
АРХИВНОЕ ДЕЛО И ЕГО ИЗУЧЕНИЕ В XIV ХАНТАХ В ПЕРВОЙ ЧЕТВЕРТИ 
XIX-XX ВЕКАХ 
Аннотация
: В данной статье проводится анализ внедрения делопроизводства 
управлении государственные службы и архивные дело Хивы в XIX – начале ХХ веках 
Стратегии действий, реформирование процессов управления в ханстве 
Ключевые слова: 
Хивинская ханства,
Стратегия действий, делопроизводства, 
архив.
ARCHIVE WORK AND ITS STUDY IN THE XIV KHANTY DURING THE FIRST 
QUARTER OF THE XIX-XX CENTURY 
Abstract: 
This article examines the system of office management of the Khiva Khanate in 
the XIX-early XXcenturies. The questions of historiography and the problems of archival affairs 
are also explained. 
Keywords: 
Khiva Khanate, Archive, Archival Business, Record Keeping System.
KIRISH
Xiva xonligi arxivi va uning o‘rganilishi. Xiva xonligi o‘zbek davlatchigi tarixida muhim 
o‘rin egellagan davlatlardan biri hisoblanadi. Xiva xonligining siyosiy hayoti, uning ma’muriy 
boshqaruv tartibi, amalda bo‘lgan ish yuritish tizimi va arxivlarning vazifalari muhim ilmiy 
tadqiqot ob’ekti bo‘la oladi. Маzkur muammolar turli davrlarda olim va tadqiqotchilar tomonidan 
o‘rganilgan (bular qatoridа Н.Муравёв, М. Иванин, Л.Соболев, Л.Костенко, А.Кун, 
Н.Веселовский, Г.Данилевский, Д.Гладышев, Х. Вамбери, В. Вельяминов-Зернов, А. 
Каульборс, А.Шиле, Е.Желябужский, А.Самойлович, Гришфельд kabi olim va sayyohlarning 
esdalik, asarlarini tilga olish mumkin) [1: 2]. Biroq yo‘nalishda jumboqlar va muammolar ko‘p [1: 
3]. 
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYA 
O‘rta Osiyo mintaqasida mavjud bo‘lgan Qo‘qon va Xiva xonliklari va Buxoro amirligida 
o‘ziga xos tarzda ish yuritish, hujjatchilik shu bilan birgalikda arxiv tizimi xususida XX asrning 
birinchi choragiga qadar aniq ma’lumotlar yo‘q edi. XX asrning 30-yillarida O‘rta Osiyo 
xonliklarida arxivlar bo‘lganligi o‘z tasdig‘ini topdi. Bular Qo‘qon va Xiva xonlari, Buxoro 
amirligi Qo‘shbegi arxivlari bo‘lib, ularda XVIII-XIX asrga oid hujjatlarning ma’lum qismi 
saqlanib qolgan. 
Ma’lumki, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi Xiva 
xonligiga yo‘naltirilgan edi. Dungan qo‘zg‘oloni Xinjanggacha cho‘zilgan bir paytda Rossiya 
1871 yili o‘z e’tiborini Kuljaga qaratishdan to‘xtatib, balki Markaziy Osiyoning boshqa bir 
tomonida buysunmas geografik joy hisoblangan Xiva xonligiga qaratdi. Yozma kelishuv rasman 


RESEARCH FOCUS | VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 
ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) 
|
UIF (8.3)
Research Focus, Uzbekistan 95 www.ReFocus.uz
tan olingan bo‘lishiga qaramasdan Britaniya Afg‘onistonga o‘z ta’sirini o‘tkazish (Badaxshon) va 
Xuroson (Xorazm) ga tasir o‘tkazmaslikka kelishildi. Rossiya 1873 yili General fon Kaufman 
boshchiligida Xiva xonligiga qarshi hujumini boshladi. 
1873-yil 29-mayda ruslar Xiva xonligining poytaxti Xiva shahrini bosib olgandan so‘ng, 
xon saroyini talan-taroj qildilar. Moddiy boyliklar bilan bir qatorda qo‘lyozma asarlar va arxiv 
hujjatlari Turkiston general – gubernatori K.P. Kaufmanning topshirig‘iga asosan sharqshunos 
olim Aleksandr Kun tomonidan Toshkentga olib kelindi. Arxiv va qo‘lyozmalarning tarkibi va 
mazmunini o‘rganib chiqqan Xiva ekspeditsiyasida bevosita qatnashgan A.L. Kun general-
gubernatorga hisobot taqdim etadi. Unda olim mazkur hujjatlarni ikki guruhga bo‘lgan edi [2: 41]. 
Birinchi guruhga xonlikning daromadlari va xarajatlariga doir daftarlari hamda bir qancha 
vaqf mulki hujjatlarini, ikkinchisiga xatlar, arizalar, shuningdek, diplomatic yozishmalarni 
kiritgan. Umuman olganda, Xiva xoni saroyidan Sharq qo‘lyozmalaridan iborat 300 ga yaqin 
kitob, 129 nomda 140 jild tarixiy asarlar, 20 nafar shoirlarning 30 jildli asarlari, 50 jildli 40 ta 
huquqiy-diniy asar, bundan tashqari 18 ta Qur’on va 50 ta darslik kitoblari to‘planganini ma’lum 
qiladi. A.Kun Xiva xonligi hujjatlari asosidagi dalolatnomasida quyidagicha fikr bildirgan. “Xon 
saroyi musodara qilinganida, qo’lyozmalar bilan birgalikda hujjatlar ham to’plandi [2:63]. Bu 
hujjatlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: birinchi guruhga xonlikning daromadlari va xarajatlariga 
doir daftarlar hamda bir qancha vaqf va mulk hujjatlarini, ikkinchi guruhga xatlar va diplomatik 
yozishmalarni kiritish mumkin. Daftarlar orasida pul soliqlariga doir yozuvlar (solg’ut), zakot 
daftarlari va Matmurod devonbegining xon xarajatlari to’g’risidagi hisobotlari bor. So’ngra shu 
hujjatlar orasida Buxoroda, G’azalida, Istanbulda va boshqa joylarda savdo-sotiq ishlari bilan 
yashab turgan Xivaliklarning Xonga yuborgan iltimosnomalari, nizolarini hal qilib berish 
to’g’risida yozilgan imkoniyatnomalar, biror mansab berish to’g’risidagi iltimosnomalar va shu 
kabilar bor. Diplomatik hujjatlar orasida Ost- Indiya general gubernatorlari Narsbrukning xati, 
Turkiya sultonining xatlari va farmonlari, rus elchisi podpolkovnik Danilevskiy bilan Xiva xoni 
o’rtasida tuzilgan ahdnoma hamda Turkiston general gubernatori tomonidan xonga yuborilgan bir 
nechta maktub mavjud” [Йўлдошев М. Хива хонлигида феодалер эгалиги ва давлат 
тузилиши. –Тошент:Ўздавнашр,1959.-Б.18.]. 
Ushbu noyob hujjatlarning bir qismi fon Kaufman tomonidan 1874-yil 28- martda 
Peterburg Fanlar Akademiyasi Osiyo muzeyi (hozirgi Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar 
Akademiyasi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi)ga, qolgani esa Peterburgdagi Imperator xalq 
kutubxonasi (Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy kutubxonasi)ga yuborilgan. Uzoq muddat 
hujjatlar ilmiy muomalaga kiritilmasdan, tadqiqotchilar uchun noma’lum bo‘lib qolgan. Xiva 
xonlari arxivini birinchi bo‘lib, 1936-yili sharqshunos olim P.P.Ivanov tomonidan tasodifan topib 
olinishi va o‘rganib chiqilishi tarix fani sohasida katta yutuq bo‘ldi. Mudomki, ushbu davrga qadar 
o‘zbek xonliklari tarixi mahalliy tarixnavislar asarlari yoki evropalik sayyohlar esdaliklari asosida 
yoritilar edi. Xiva xonligi arxivi hujjatlari mazmunining sharqshunos P.Ivanov tomonidan tadqiq 
etilishi Xiva xonligi tarixini ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qildi. P.Ivanov Saltikov-
Shchedrin nomli xalq kutubxonasidan hujjatlar topib, Xiva tarixiga oid tadqiqotlarini doirasini 
kengaytishga muvaffaq bo‘ladi. Xiva xonlari arxivi hujjatlarini tizimli o‘rganish natijasida P.P. 
Ivanov “XIX asrdagi Xiva xonlari arxivi” asarini nashr etgan. Biroq, olim arxivning 
Sharqshunoslik institutida saqlanib qolgan ikkinchi qismidan bexabar edi. Keyinchalik, mazkur 
hujjatlar 1951-1956 yillar Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan, 1953 
yil “Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini 
himoya qilgan M. Yo‘ldoshev tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. M. Yo‘ldoshev mazkur 


RESEARCH FOCUS | VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 
ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) 
|
UIF (8.3)
Research Focus, Uzbekistan 96 www.ReFocus.uz
arxiv hujjatlari asosida Xiva xonligidagi yer egaligining qanday tarkib topganligi va yerdan kimlar 
foydalanganligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan hamda butun mamlakatdagi yerlarning 9/10 katta 
yer egalari qo‘lida bo‘lganligini isbotlagan. Olim haqiqiy hujjatlarga tayanib, tarix fanida birinchi 
marta XIX asrda Xivadagi er-suv munosabatlarni, keng xalq ommasining hayotini, Xiva 
qishloqlaridagi murakkab ijtimoiy vaziyat va dehqonlar tabaqasi haqida to‘liq malumot beradi. M. 
Yo‘ldoshev O‘rta Osiyo xonliklari xo‘jaligida chorikorlik, yerni ijaraga olib ishlash shaklining 
keng tarqalmaganligi to‘g‘risidagi masalani yoritgan. Xiva xonligida soliq va majburiy ishlar 
haqida, soliq mahkamalarining tuzilishi, soliq to‘lovchilar toifalari va ularning miqdori hamda 
yig‘ilgan soliqlarning hajmi to‘g‘risida aniq malumotlar keltirib o‘tilgan. Tadqiqotchi tomonidan 
o‘rganilgan hujjatlar Xiva xonlari ma‘muriy tuzilishiga doir boy materiallarni ham o‘z ichiga 
oladi. Shuningdek, saroy ayonlari, ma’mury, harbiy, sud va diniy mansablar to’g’risida mukammal 
ro’yxat keltiriladi hamda ularning mansab darajalari va vazifalari aniq ko’rsatiladi. 
TADQIQOT NATIJALARI 
Xiva xonligiga oid arxiv daftarlarining o’qib chiqishning qiyinchiligi va bu sohada 
tadqiqotchining qilgan katta ishini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Arxiv ilk marta topilgan davlat 
hujjatlari to’plami shaklida emas, balki tarqoq holda yotgan tasodifiy qog’ozlar yig‘ma jildidan 
iborat edi. 1962-yil O‘zbekiston arxivshunoslari tashabbusi bilan Respublika hukumatining talabi 
asosida hozirgi Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy kutubxonasi (Leningraddagi) Saltikov-
Shchedrin nomidagi Davlat xalq kutubxonasidan 10 158 varaqda Xiva xonlari hujjatlari 
yurtimizga keltirildi. Hozirda ushbu noyob arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat 
arxivida saqlanmoqda. 
Xiva xonlari arxivlarini chuqur o‘rgangan olim M.Yo‘ldoshev arxiv daftarlari orasida 
saroy harajatlarini ko‘rsatuvchi juda ko‘p hujjatlar borligini aniqladi. Hujjatlar xon xazinasi 
qanday sarflanganligini aniq qilib ko‘rsatadi. Bu hol hujjatlarning ilmiy qimmatini oshirish bilan 
birga, ularni muhim tarixiy manbaga aylantiradi. Mazkur arxiv hujjatlarining o‘rganilayotgan 
davrda tartib bilan yozib borilishi, to‘planishi va saqlanishi ham O‘rta Osiyo xonliklaridagi yuksak 
madaniyat va taraqqiyotdan dalolat beruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Daftarlardan 
Xiva xonligida taqdirlanish, mukofot tariqasida (orden, yorliq va medallar yo‘qligi) pul, er-suv, 
chorva yoki qimmatbaho buyumlar berilganligini bilib olishimiz mumkin [4;59]. 
Taqdirlash, turli jun mato va choponlar bilan mukofotlash usuli ham keng tarqalganligini 
ko‘rishimiz mumkin. Ayrim hollarda mukofot tariqasida pichoqlar ham berilgan. Xivada harbiy 
yurishlar vaqtida askarlarda davlat tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmas edi. Yaralangan askarlar 
o‘z hisobidan davolanishi kerak bo‘lgan. 
XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Davlat Arxivi 125-raqam tarix fondi “Xiva xonlari 
devonxonasi” va “Xiva xonlari arxivi” deb atalgan birinchi va ikkinchi tavsiflari “Iqtisod” va 
“Qozi vasiqlari” bo‘limida, hamda 323-fond birinchi tavsifida saqlanayotgan vaqfnomalarda Xiva 
madrasalari va ularning iqtisodiy manbalari to‘g‘risida noyob hujjatlar mavjud. 
“Xiva xonlari arxivi” fondida “Yasovulboshining vaqf masalalari bo‘yicha xon saroyiga 
chaqirilishi” deb nomlangan hujjatlar jamg‘armasi saqlanadi. Mazkur hujjatlarni tadqiq etilishi 
ikki jihati bilan muhim bo‘lib, birinchidan, sud-huquq, fiqh tizimida yasovulboshi institutining 
tutgan o‘rni, uning funksiyalari haqida, ikkinchidan, vaqf ma’muriyati faoliyatiga oid qimmatli 
ma’lumotlarni beradi. Yasovulboshining davlat boshqaruvi va sud-huquq, mirshablik tizimida 
tutgan o‘rni masalasi atroflicha o‘rganilgan bo‘lib, mazkur tadqiqotda asosiy e’tibor Xiva 
xonligida vaqf ma’muriyatining amaliy faoliyatiga qaratiladi. 


RESEARCH FOCUS | VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 
ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) 
|
UIF (8.3)
Research Focus, Uzbekistan 97 www.ReFocus.uz
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Historiography of the problem of record keeping and archival affairs of the Khiva 
khanate in the XIX-early XX centuries. S.Xusanov. 
2.
Муравьѐв Н.Н. Путешествие В Туркмению И Хиву В 1818-1820 Гг. Гвардейского 
Генерального Штаба Капитана Н. Муравьева Посланного В Сию Страну Для Переговоров. 
.1-2-. – Москва, 1822; Иванин М.И. Описание Зимнего Похода В Хиву В 1839-1840 Гг. – 
Спб. 1874; Соболев Л. Обзор Доступов В Хивинское Ханство И Короткие Сведения О Нем. 
// Вс., 1873; Костенко Л.Ф. Хива В 1873 Г. – Спб. 1874; Кун А.Л. Доходы Хивинского 
Ханства // Тв. 1873; Веселовский Н.И. Очерк ИсторикоГеографических Сведений О 
Хивинском Ханств От Древнейшего Времени До Настоящего. – Спб. 1875; Данилевский Г. 
Описание Хивинского Ханства // Зрго, 1851; Гладышев Д. Муравьин. Поездка Из Орска В 
Хиву И Обратно Совершенная В 1740- 1741 Гг. Поручиком Оренбург. Драгуном. Полна Д. 
Гладышевым И Геодезистом Муравьиным. – Спб,1851; Вамбери Х. Путешествие По 
Средней Азии. – Москва. А. И. Мамонтов, 1867; Вельяминов. Зернов В.В. Архивные 
Монеты Бухарские И Хивинские // Творао, 1889; Каульбарс А.В. Материалы Для 
Разрешение Вопроса О Повороте Аму Дарьи В Каспийское Море. – Тифлис, 1887; Шим А. 
Хива И Хивинцы И Покорение Хивы. Очерк. – Москва, 1914; Желябужский Е. Очерки 
Завоевание Хивы. – Москва, 1875; Самойлович А.Н. К Изучению Хивы И Хивинского 
Ханства, Сост. Капитаном Ген Штаба Гримфельдом, Перераб. Генерал Майором Галкиным. 
Ч. 1-2-.-Ташкент, 1902- 1908; 
3. Йулдашев М.Й. XIX аср Хива давлат ҳужжатлари, ЎзССР ФА Т.1960. Болтаев А. 
Хоразм Тарихига Оид Ҳужжатлар // Қўлѐзма. Ўзрфаши. - №9320; Хива Ҳақида Эсдаликлар 
// Қўлѐзма Ўзрфаши. - №11645;
4.
Вохидов Ш. Холиқова Р. Марказий Осиѐ Давлатлари Бошқарув Тарихидан. – 
Тошкент. Янги Аср Авлоди, 2006; Яна Қаранг. Вохидов Ш. Сабурова Чс. Хива Хонлигида 
Унвон, Мансаблар ва Улар Эгаларининг Вазифадари
5. JURAYEV, X. (2018). About history of resettlement policy of the Russian Empire on 
migration of the Russian people to the Ferghana valley (based on the sources of the “Turkestanskiy 
sbornik”). 
Scientific journal of the Fergana State University

1
(3), 53-55. 
6. Juraev, K. The Problems Of Agronomic Assistance To The Population Interrogated To 
Turkestan By The Tsarist Russian Federation. 
THE AMERICAN JOURNAL OF APPLIED 
SCINCES

147

7. Жўраев, Х. П., Бекмирзаев, Р. Б., & Юсупов, Ж. (2022). ЧОР РОССИЯСИНИНГ 
ТУРКИСТОНГА АҲОЛИНИ КЎЧИРИШ СИЁСАТИДА ЕР БИЛАН БОҒЛИҚ 
МУАММОЛАРНИНГ ҲАЛ ЭТИЛИШИ. 
IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN 
ILMIY JURNALI

2
(11), 54-59. 
8. Жураев, Х. (2022). РОССИЯ ИМПЕРИЯСИНИНГ РУС АҲОЛИСИНИ ФАРҒОНА 
ВОДИЙСИГА КЎЧИРИШ ЖАРАЁНИ ВА УНДАГИ МУАММОЛАР. 
Research Focus

1
(2), 
136-143. 
9. Bekmirzaev, R. B. (2021). Traces Of Archaic Religions In The Modern Way Of Life Of 
The Peoples Of The Ferghana Valley. 
The American Journal of Social Science and Education 
Innovations

3
(11), 41-46. 


RESEARCH FOCUS | VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022 
ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) 
|
UIF (8.3)
Research Focus, Uzbekistan 98 www.ReFocus.uz
10. Bekmirzaev, R. B. (2021). Factors affecting nation-building relationships in Fergana 
Valley. 
Asian Journal of Multidimensional Research

10
(11), 122-125. 
11. Khusanov, S. (2021). Qozikhona and religious rule in khiva khanate in the beginning 
of xix-xx centuries. 
Asian Journal of Multidimensional Research

10
(12), 758-763. 
12. Khusanov, S. (2022). Historiography of the problem of record keeping and archival 
affairs of the Khiva khanate in the XIX-early XX centuries. 
Asian Journal of Research in Social 
Sciences and Humanities

12
(6), 93-98. 
13. Khusanov, S. (2022). Khiva madrasahs. 
Asian Journal of Multidimensional 
Research

11
(6), 107-111. 
14. Alimova, N. O. (2021). Some Views On The History Of Daily Life Of Women In The 
Villages Of The Ferghana Valley (1946-1991). 
The American Journal of Social Science and 
Education Innovations

3
(07), 45-47. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə