Международный
научный
журнал
№
9
(100),
часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апрель
, 2023
г
701
DAVLAT BUDJETINING DAROMADLARI SHAKLLANISHIDA RESURS SOLIQLARINING
AHAMIYATI VA ULARNING BUGUNGI HOLATI TAHLILI
Bauyetdinov M.J
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Moliya” kafedrasi dotsenti, i.f.b.f.d. (Phd)
Tuxsanov Eldor Dilmurod o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Magistratura 2-bosqich MGF-01 guruh
talabasi
Annontatsiya:
Ushbu maqolada davlat budjetining daromadlari shakllanishida resurs
soliqlarining ahamiyati, hamda ularning tasirchanlagini oshirish evaziga tabiiy resusrlardan
samarali foydalanish istiqbollari haqida so’z borgan.
Kalit so’zlar
:
davlat budjeti, soliqlar, resurs soliqlari, tabiiy resurslar, soliq stavkalari,
soliq tushumlari, indeksatsiya, yer solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik solig’i.
KIRISH
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi
va islohotlarning
chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo
qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo’nalishi sifatida iqtisodiyotni
tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash jarayonida
har qachongidan ham
muhimroq bo’lib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor
yo’nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas.
Soliq siyosatiga qat’iy
amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish, ish
haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya
loyihalari va mamlakat
mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish – ushbu eng muhim vazifalarni
amalga oshirish, avvalo, faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi.33
Bugungi kunda innovatsion tarqaqqiyotga erishish, iqtisodiyotni
modernizatsiya
qilish,cheklangan resurslardan oqilona foydalanish nafaqat milliy iqtisodiyotimiz, balki
butun dunyo hamjamiyati oldida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan
muhim asosiy
vazifalardan biri bo’lib sanaladi. Shu boisdan soliqlarning tasirchanligi orqali resurslardan
oqilona foydalanish sanarali yechimlardan biri bo’lib hisoblanadi. Tabiiy resurslardan
foydalanganlik uchun to’lovlarning muhim ko’rinishi, ulardan foydalanish bilan bog’liq, joriy
etilgan soliqlardir. Bunday soliqlar mohiyatiga ko’ra tabiiy resurs soliqlari sifatida e’tirof
etilib, mamlakatimiz soliq tizimini shakllantirish va takomillashtirishda ularga katta e’tibor
qaratilmoqda.