Issiqxona xo`jaligining ahamiyati. Issiqxonalarda o`stiriladigan o`simliklar turlari va navlari. Issiqxonalarda o`stiriladigan o`simliklarda uchraydigan kasalliklar



Yüklə 35,27 Kb.
səhifə1/7
tarix28.04.2023
ölçüsü35,27 Kb.
#107571
  1   2   3   4   5   6   7
issiqxona xojaligining ahamiyati. iss


Issiqxona xo`jaligining ahamiyati. Issiqxonalarda o`stiriladigan o`simliklar turlari va navlari. Issiqxonalarda o`stiriladigan o`simliklarda uchraydigan kasalliklar .
Rеjа

  1. Issiqxonalar va ularning ahamiyati.

  2. Issiqxonalarda ekiladigan o`simliklar turlari.

  3. Issiqхоnаdаgi o`simliklаrni zаmburug` kаsаllik qo`zg`аtuvchilаri vа ulаrgа qаrshi kurаsh chоrаlаri.

  4. Issiq хоnа o`simliklаrining bаktеriаl vа virusli kаsаllik qo`zg`аtuvchilаri vа оldini оlish chоrаlаri

Issiqxonalar va ularning ahamiyati. Hozirgi kunda mamlakatimizda aholini sifatli dehqinchilik va oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksizligini ta’minlash maqsadida issiqxonalar va parniklarning qurilishiga katta e’tibor berilmoqda. Issiqxonalar va parniklarda kunning qisqa davrlarida ekin ekilib, ularda asosan arzon energiya manbaiga, qayta ishlash mumkin bo`lgan yer, mehnat resurslarini va aholi manzillariga yaqin joyda qurish ko`zda tutiladi.
Avvallari faqat shaxsiy xonadonlardagina issiqxonalar tashkil etilar edi. Hozirda esa bu sohada fermer xo`jaliklar tashkil etilmoqda. Bizning viloyatimizda ham bu sohada yirik ishlar amalga oshirilib, Koreya va Xitoy davlatlari bilan qo`shma korxona sifatida yangi texnologiyalar asosida issiqxonalar qurildi. Kelgusida 222 ga yerga issiqxonalar qurish rejalashtirilgan. Bu esa kelajakda issiqxona mahsulotlarini chet davlatlarga eksport qilish imkoniyatini beradi.
Bizga ma’lumki ochiq dalalarda ekin ekish bahorda boshlanib, kech qish va erta bahorda inson organizmi vitaminlarga muhtoj bo`lgan vaqtda sbzavotlar, mevalar hali pishib yetilmagan bo`ladi. Ana shu yetishmovchilikni bartaraf etish maqsadida issiqxonalarda turli zabzavotlar, mevalar, ko`katlar va poliz ekinlarini yetishtirishni yo`lga qo`yish zarurdir. Issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar aholini doimiy ravishda yangi sabzavotlar, mevalar bilam ta’minlashda muhim ahamiyat kazb etadi. Buning natijasida dasturxonlarimiz noz ne’matlarga to`la bo`ladi.
Bundan tashqari issiqxona va parniklarda sabzavotlarning hosildorligi ochiq dalada ekilganga nisbatan juda yuqori bo`ladi. Shuning uchun ham garchi issiqxonalarni qurishga katta miqdorda mablag` sarf talab etilsa ham ularni qurishga, ko`paytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu bir tomondan iqtisodiy foyda keltirsa, ikkinchi tomondan vitaminlarga boy ozuqa bilan aholini doimiy ta’minlashni yo`lga qoyadi.
Issiqxonalarda hosilni yuqori bo`lishi uchun issiqxonalarda ekiladigan ekinlarni ekish vaqtiga, mavsumiga e’tibor berish hamda ekinlarni parvarishlashda alohida agrotexnika qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. Chunki agrotexnika qoidalariga rioya qilish yetishtiriladigan mahsulotning hosildorligiga juda katta ta’sir qiladi.

Yüklə 35,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə