Issiqxona xo`jaligining ahamiyati. Issiqxonalarda o`stiriladigan o`simliklar turlari va navlari. Issiqxonalarda o`stiriladigan o`simliklarda uchraydigan kasalliklar



Yüklə 35,27 Kb.
səhifə6/7
tarix28.04.2023
ölçüsü35,27 Kb.
#107571
1   2   3   4   5   6   7
issiqxona xojaligining ahamiyati. iss

Mоzаykа kаsаlligi.
Butun o`suv dаvridа kаsаllik bilаn pоmidоr, аsоsаn bаrgi zаrаrlаnаdi. Kаsаllаngаn bаrglаrdа yashil rаng bir vаqtdа оch yashil yoki sаrg`ish rаng gаllаnib jоylаshаdi vа mоzаykаni yarаtаdi.
O`simlikni o`sishi uchun nоqulаy shаrоit yuzаgа kеlgаndа pоmidоr bаrglаri dеfоrmаsiyalаnаdi yoki pаpоrоtniksimоn shаklgа kirаdi. O`simlikdа hоsil bo`lgаn pоmidоr kichiklаshib qоlаdi. [1,2]. Infеksiya urug`dа vа zаrаrlаngаn o`simlikni qоldiqlаridа, hаmdа bеgоnа o`tlаrning ildizidа sаqlаnib qоlаdi.
Iisiqxonalarda ekildigan o`simliklarga katta zarar keltiradigan parazitlardan yana o`simlik nematodasi, o`rgichakkana, oqpashsha kabilarni misol keltirish mumkin. Nematodaiar, ya'ni yumaloq chuvalchanglar tuproqda va o'simliklarda hayot kechiruvchi mikroskopik shaklga ega, rangsiz qurtlardir. Bog'laridagi tuproqning haydalma qatlamida 100 sm3 da 4000-5000 ta nematoda uchraydi. Butun dunyoda g'o'zada 150 tacha, O'zbekistonda 100 dan ortiq nematoda turi mavjud bolib, ulardan 20-25 tasi parazitlik bilan hayot kechiradi. Qishloq xo'jaligi ekinlarida bir necha turdagi nematodaiar parazitlik qiladi. Ular issiqxonalardagi sabzavot ekinlaridan bodring, baqlajon, qovun, qovoq, g'o'za, kanop, geran, zig'ir, kartoshka kabi o'simliklarga katta zarar yetkazadi. Masalan, Ditylenchus dipsaci Kuhn-poya nematodasi qulupnay, qand lavlagi, xmel, no'xat kabi o'simliklaming hosilini kamaytiradi.
Fitopatogen nematodaiar, kelib chiqishiga ko'ra, poyada, ildizda, barglarda va urug'da parazitlik qiluvchi turlarga bo'linadi. Nematodaiar morfologik tuzilishi, biologiyasi, patogenligi va kasallik belgilarini keltirib chiqarishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Barcha fitoparazit nematodaiar tanasining old qismida og'iz apparati bo'ladi. Ular xartumi vositasida hujayralar devorini teshib, o'simlik ichkarisiga kirib, hujayra ichidagi oziqani shimib oziqlanadi va o'ziga xos so'lak ajratib chiqaradi. So'lak o'simliklar hujayrasi va to'qimalariga turlicha ta'sir ko'rsatadi.
X.Dekker (1972) fikricha, o'simliklarda nematodaiar keltirib chiqaradigan patologik o'zgarishlar quyidagi guruhlarga bo'linadi.
1. Hujayralararo plastinkalarni eritib, ularning birligini yo'qotadi (poya nematodasi - Ditylenchus dipsaci).
a. nujayra devorini eritadi. Natijada barcha hujayralar nobud bo`ladi (ildizning endoparaziti - Platylenchus).

  1. O'simlikning o'sish konusidagi hujayralarning bo'linishini to'xtatadi. Natijada ildiz va poya o'sishdan to'xtaydi (ildizning ektoparaziti -Trichodorus christici Chtxv).

  2. Hujayralarning bo'linishini tezlashtirishi hisobiga ko'p miqdorda yon ildizlar hosil bo'lishiga sabab bo`ladi (Meloidogyne halpa Chitw).

  3. Hujayralarning shakl o'zgarishi natijasida to'qimalar g'ovak boiib qoladi (ildizning endoparaziti - Rodopholus similis Chiw).

  4. Parazit nematodalar kirgan hujayralar yiriklashib, gigant hujayraga aylanadi (Hetewdera).

Nematodalar bilan kasallangan o'simliklarda belgilarning namoyon bo'lishiga qarab, ildizdagi va tugunaklardagi nematodalarga boiinadi. Ildizda uchraydigan nematodalarga Meloidogyne turkumiga mansublari kirib, asosan issiqxonalarda uchraydi. Ular pomidor, bodring va manzarali o'simliklarda gall hosil bo'lishiga sabab bo`ladi. Bahorda urug'dan ungan maysalar o'sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Bu jarayon butun yoz davom etadi. Avgust, sentabr oylarida kasallik kuchayib, o'simliklar nobud bo`ladi, ayrimlari och-yashil rangda bo`ladi. Kasallangan bodring sariq po'stli mayda meva hosil qilib, barglari bujmayadi, ildizida yumaloq galla hosil qiladi.
Nematodalar bilan kasallangan o'simliklarda ularning zararini kamaytirish uchun o'simliklarning karantin qoidalariga amal qilish, dalalarda beda, sholi, kuzgi g'alla va yeryong'oqni almashlab ekish yaxshi samara beradi. Begona o'tlarga qarshi kurash va yerni chuqur haydash, yerga 5-6 % li formalin yoki 30-40% li osh tuzi eritmasi bilan ishlov berish yaxshi natija beradi. AQSH da nematodalarga qarshi kontakt preparatlardan fenamifos va ichdan ta'sir qiluvchi aldikarb, metam, telon kabi nematisidlar tavsiya qilinadi. Nematodalarga chidamli g'o'za navlaridan Termiz-7, Termiz-8, Termiz-9 larni Surxondaryo sharoitida ekish yaxshi samara beradi.
O`simliklarga yana
Yüklə 35,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə