Issiqxona effekti va uning sabab va oqibatlari


Key words: Environmental problems, rising temperatures, global warming, green  hause gases, environmental factors. KIRISH



Yüklə 328,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü328,11 Kb.
#145937
1   2
Jumamurodova Gullola

Key words:
Environmental problems, rising temperatures, global warming, green 
hause gases, environmental factors.
KIRISH 
Issiqxona effekti–bu parnik gazlarini to„plash orqali atmosfeaning pastki 
qatlamini qizdirishi tufayli yer yuzasi haroratining ko„tarilishi. Natijada, havo 


91 
harorati bo„lishi kerak bo„lgan darajadan yuqori bo„lib, bu iqlim o„zgarishi va 
global isish kabi qaytarilmas oqibatlarga olib keladi. Bir necha asrlar ilgari ushbu 
ekologik muammo mavjud edi, ammo unchalik fanga aniq emas edi va to„liq 
yoritilmagan edi. Texnalogiyalar rivojlanishi bilan atmosferada issiqxona ta‟sirini 
ta‟minlovchi manbalar soni yil sayin ko„payib bormoqda. Issiqxona effektini 
keltirib chiqaruvchi sabablarga quyidagilar kiradi: 
Transport-avtomabillar va yuk mashinalari chiqindi gazlarni chiqaradi, 
ular ham havoni ifloslantiradi va issiqxona ta‟sirini oshiradi. 
Sanoatda yonuvchi minerallardan foydalanish-ko„mir, neft,tabiiy gaz, 
yoqilganda atmosferaga katta miqdordagi CO² va boshqa zararli birikmalar 
tarqaladi. 
Aholining ko„payishi oziq-ovqat, kiyim- kechak, uy-joylarga bo„lgan 
talabning oshishiga ta‟sir qiladi va buni ta‟minlash uchun sanoat ishlab chiqarishi 
o„sib bormoqda, bu esa havoni issiqxona gazlari bilan tobora ko„proq 
ifloslantirmoqda. 
Chiqindilarning parchalanishi va yonishi issiqxona gazlarining 
ko„payishiga yordam beradi. 
1.1. 
Issiqxona ta‟sirining iqlimga ta‟siri 
Issiqxona effektining natijalarini hisobga olgan holda, asosiysi iqlim 
o„zgarishi ekanligini aniqlash mumkin. Har yili havo harorati ko„tarilishi bilan 
dengiz va ocean suvlari intensive ravishda bug„lanib boradi. Ba‟zi olimlarning 
tahmin qilishicha, 200 yil ichida okeanlarning “qurishi”, ya‟ni suv sathining 
sezilarli pasayishi kabi hodisa yuz beradi. Bu muammoning bir sababi. Ikkinchisi, 
haroratning ko„tarilishi muzliklarning erishiga olib keladi,bu Jahon okeanining suv 
sathining oshishiga sababchi bo„ladi va qit‟alarni,orollarni suv bosishiga olib 
keladi. 
Havo haroratining ko„tarilishi, atmosfera yog„inlari bilan ozgina 
namlangan hududlar qurg„oqchil bo„lib, hayot uchun yaroqsiz holatga keladi. Bu 
holat faqatgina tabiatga ta‟sir etib qolmasdan insonlar hayotiga ham katta xavf 
solmoqda. Ko„p odamlar hayoti davomida ob- havo va iqlim sharoitlariga o„rganib 
qolishgan. Issiqxona effekti tufayli havo harorati ko„tarilsa, sayyorada global isish 
yuz beradi. Odamlar yuqori haroratga dosh bera olmaydilar. Natijada quyosh va 
issiqlik urishiga, suvsizlanishga va yurak-qon tomir tizimidagi muammolarga olib 
keladi. 
Havo haroratining ko„tarilishi quyidagi kasalliklar va epidemiyalarning 
rivojlanishiga olib keladi: 
Ebola isitmasi; 


92 
Vabo; 
Sil kasalligi; 
Tashqi va ichki parazitlar; 
Uyqu kasalligi; 
Sariq isitma. 
XULOSA 
Shunday qilib,issiqxona effekti global isishining sababi bo„ladi va bu 
ko„plab kasalliklar va yuqumli kasalliklarga olib keladi.Epidemiya natijasida dunyo 
bo„ylab minglab odamlar vafot etmoqda. Global isish va issiqxona effekti 
muammosiga qarshi kurash orqali biz atrof- muhitni va natijada inson salomatligi 
holatini yaxshilay olamiz. 
Issiqxona effekti muammosini hal qilishning eng muhim yechimi bu uni 
Jahon hamjamiyati e‟tiboriga yetkazish, shuningdek, issiqxona gazlari to„planishini 
kam aytirish uchun qo„limizdan kelgan barcha ishni qilishdir. Issiqxona gazlari 
qanday paydo bo„lishini bilib, global isishni va issiqxona ta‟sirining boshqa salbiy 
oqibatlarini to„xtatish uchun ularning manbalarini yo„q qilish kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET TARMOQLARI: 
1. 
J. Nurmatov, N. Xalilov, M. Isroilov, K. Sultonov, S.Ubaydullayev. 
“Issiqlik texnikasi asoslari”. Toshkent. O„qituvchi, 2003
2. 
Baratov. P “Tabiatni muhofaza qilish”. Toshkent. O„qituvchi, 1991 
3. 
Tilavov. T “Ekologiyaning dolzarb muommolari”. Qarshi. Nasaf, 2003 
4. 
To„xtayev. A. “Ekologiya”. Toshkent. O„qituvchi, 1996.
5. 
https://uz.thinkfirsttahogr.org 
6. 
https://arxiv.uz 
7. 
https://unansea.com 
8. 
https://uz.petmypet.ru 

Yüklə 328,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə