Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali konchilik ishi fakulteti «konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi



Yüklə 363,13 Kb.
səhifə2/5
tarix30.12.2023
ölçüsü363,13 Kb.
#166014
1   2   3   4   5
2,2 ga keldim kompressor

2 Pnevmatik qurilmalar
Pnevmatik qurilma (1-rasm) kompressor, elektr jihozlar, yordamchi uskunalar va havo quvuridan tashkil topadi.
Kompressor-2 va elektr yuritma-3, qurilmaning asosiy qismi hisoblandi. Havo kompressorda siqiladi.

1-rasm. Porshenli kom-pressor bilan jixozlangan kompressor stansiyasining sxemasi.


1-havo tozalagich, 2-kompressor, 3-elektr yurit-gich, 4-sovutgich, 5-moy-pardan tozalagich, 6-havo yig‘gich, 7-kran, 8-saqlagich to‘sqichi, 9-ko‘tarish moslamasi
Qurilmaning yordamchi uskunalariga havo tozalagich-1, sovutgich-4, moy-pardan tozalagich-5, va havo yig‘gich-6, kiradi va ular pnevmatik qurilmani ishonchli va iqtisodiy samarador ishlashini ta’minlaydi.
Kompressorlar mashina zalida bir qator qilib o‘rnatiladi va ularning oralig‘ida 1,5 m masofa qoldiriladi. Yordamchi uskunalar (Havo tozalagich va havo yig‘gichdan tashqari) binoda, ayrim hollarda esa podvalda o‘rnatiladi.
Havo tozalagich-1, va havo yig‘gich-6, ko‘p hollarda binoning tashqarisiga chiqarilgan bo‘ladi. Havo quvuri havo yig‘gichga bekitgich orqali ulanadi va unga nazorat o‘lchov asboblari o‘rnatiladi.
Havo yig‘gichga, uni yuqori bosim ta’sirida portlashini oldini olish uchun saqlagich to‘sqichi-8, va binoda qurilma uskunalarini o‘rnatish va ta’mirlashda ishlatiladigan ko‘tarish mexanizmi-9, o‘rnatiladi.
Atmosferadan so‘rilgan havo, havo tozalagichda-1 changlardan tozalanib
kompressorga-2 kiradi. Kompressorda havo siqiladi va sovutgichga-4, xaydab chiqariladi. Unda siqilgan havo sovutiladi va havo moy-pardan tozalagichga-5, o‘tadi hamda moy va parlardan tozalanadi. Tozalangan havo, havo yig‘gichda-6, to‘planadi. Havo yig‘gichga havo quvuri ulanadi va u orqali siqilgan havo iste’molchilarga etkazib beriladi.
Biror sabab bilan ayrim iste’molchilar ishlamay turgan hollarda havo yig‘gichdagi bosim kattalashadi. Bu esa havo yig‘gichni portlashiga olib kelishi mumkin. Portlashni oldini olish uchun bir qism havoni saqlagich to‘sqichi-8, orqali atmosferaga chiqarib yuborilishi mumkin.
Pnevmatik qurilma siqilgan havoga bo‘lgan talab 200 m3/min gacha bo‘lgan shaxtalarda porshenli (hajmiy) va undan ko‘p bo‘lgan shaxtalarda esa yuqori texnika – iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan turbokompressor bilan jihozlanadi.


Yüklə 363,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə