Ishning qisqacha mazmuni: ftp (File Transfer Protokol)



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü3,79 Mb.
#152476
1   2   3   4   5   6   7   8
KTT(amaliy)

Topshiriq: Bugungi amaliy mashg’ulotimizda Internetga ulanish texnologiyalarini ko’rib chiqdik. Shunday ekan har bir talaba Har bir talaba internet tarmog`ini hosil qilishda simli va simsizdastur ilovasidan foydalanib slaydlar tayyorlab, amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi moodle papkasiga yoki elektron pochta (mizmomov.m@mail.ru) manziliga tashlab berish.
4- AMALIY MASHG`ULOT: INTERNET TARMOG’IDA ISHLATILADIGAN DASTURIY VOSITALAR
Ishdan maqsad: Ushbu amaliy mashg’ulotdan asosiy maqsad talabalrga internetda ishlatiladigan tarmoq qurilmalari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berish.
Ishning qisqacha mazmuni:
Keling tarmoq qurilmalari bilan tanishishdan ishni boshlaymiz:

    1. Xab (Сетевой концентратор---Hub — центр) – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo’lgan tarmoq qurilmasidir. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo’ladi. Agar tarmoqni OSI modeli bo’yicha yetti pag’onaga bo’ladigan bo’lsak, xab birinchi pag’onaga to’g’ri keladi.

      1. Hozirgi zamonaviy texnologiyalarda asosan bir biriga o`xshash bo’lgan bir necha qurilmalardan foydalaniladi, misol uchun konsentrator (concentrator), hab (hub), takrorlagich (repeator). Ular bir- biriga o`xshash bo`lsada lekin ularning bajaradigan vazifasi va konsrukturaviy qo`llanilishiga qarab farqlanadi.







Xab qurilmalaridan namunalar




    1. Switch- Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag’onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan switch – bu kommutator, bridge (most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo’ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog’lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo’lib, to’liq dupleks rejimda ishlaydi.

      1. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo’lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo’lmasa 10 – portni 20 – portga translyastiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo’llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.



        Tarmoq kommutatori 52 portli (4 ta optik porli )

    2. Marshrutizator- marshrutizator yoki router – bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni bir-biri bilan bog’lab beruvchi qurilmadir. Marshrutizator dastur va qurilma ko’rinishida bo’ladi. Eng sodda routerda, kamida 2 ta port mavjud bo’ladi. Biri WAN port hisoblansa, ikkinchisi LANport hisoblanadi. WAN portga turli tehnologiyalarga mansub tarmoq – xDSL, Frame Relay, ATMva boshqa kabilar ulanishi mumkin. LAN portga Ethernet texnologiyasiga tegishli tarmoq ulanadi. Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil ko’rinishda bo’ladi: dinamikmarshrutizasiya va static marshrutizasiya. Dinamik marshrutizasiya, ko’rinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U o’ziga ulangan barcha qurilmalar tog’risida ma’lumotni saqlaydi.



Magistral kanallarda ishlatiladigan marshrutizatorlar

Cisco kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Cisco Packet Tracer dasturida ham ushbu qurilmalrni ishlatish va ularda o’zaro ma’lumotlar almashish imkoniyati mavjud.




Ushbu oynada tarmoqlani qurishda ishlatilishi mumkin bo’lgan Hub, Router-1941, Switch-2960 qurilmalari keltirilgan

Hub qurilmasi orqali kompyuterlarni o’zaro bog’lanishin Cisco Packet Tracer dasturi orqali ko’rib chiqamiz.







Yuqorida har bir mashinani o’zaro bog’lash masalasi rejalashtirilgan



Har bir mashina ustiga bosing va Desktop qismiga o’tib, statik IP manzil kiriting masalan C sinfiga mansub manzillardan

Shundan so’ng mashinalarni Hub qurilmasiga ulash uchun kabel tanlaymiz va o’zaro ulaymiz.


Cisco Packet Tracer dasturida kabelni tanlash yo’li ikki xil bo’lib, dastur yordamidan foydalanib avtomatik tarzda yoki foydalanuvchi o’zi tanlash imkoniyati mavjud.


















Ushbu oynada kabellarni portlarga ulash ko’rsatib berilgan





















Ushbu oynada mashinalar Hub qurilmasiga to’g’ri ulanganligini bildiruvchi yashil indikatorlar yonganligini ko’rishimiz mumkin


















Ushbu oynada 192.168.0.2 IP manzilga ega mashina orqali 192.168.0.5 IP manzilga ega mashinaga PING buyrug’i orqali signal mavjudligi tekshirilib ko’rilganligi ko’rsatilgan.









virtuallashtirish orqali 192.168.0.2 IP manzilli mashinadan 192.168.0.1 mashinaga Hub orqali ma’lumot almashishi


Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə