Ishlab chiqarishda boshqaruv


Milliy innovatsion tizimlar rivojlanishining xorijiy tajribalari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə17/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

2.Milliy innovatsion tizimlar rivojlanishining xorijiy tajribalari.
Innovatsion taraqqiyotda asosan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning barcha bo‘g‘inlarida bosqichma-bosqich asosiy va yordamchi fondlarni zamonaviy texnoliyalar bilan almashtirish siyosati joriy etilgan. Masalan, Yaponiyada asosiy ishlab chiqarish vositalar har 6-7 yilda, AQShda 8-9 yilda, Germaniyada 9-10 yilda to‘liq yangilanadi.


  • xududlardagi asosiy va yetakchi sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi va diversifikatsiyalashuvini amalga oshirish.


  • mamlakatning innovatsion salohiyatini o‘lchashda miqdoriy va sifatni aniqlovchi 100 ga yaqin indikatorlar belgilanishi. Ushbu indikatorlarni hisoblashda ta’lim, ilm-fan, texnologiyalar, inson kapitali, innovatsion va ijtimoiy-siyosiy muxit, rasmiy milliy statistika ma’lumotlari, aholi va tegishli mutaxassislardan olingan so‘rov natijalari birlashtirilgan holda yaxlit tizimga keltiriladi.


Ilmiy-texnikaviy faoliyat natijasini aks ettiruvchi quyidagi ko‘rsatkichlar nazarda tutiladi:


  • patent statistikasi;


  • texnologik to‘lov balansi;


  • yuqori ishlab chiqarish texnologiyalar bozori.


  • mamlakatdagi oliy ma’lumotli aholining ulushi;


  • ilmiy tadqiqotlarda xususiy kapitalning ulushi;


  • yangi sanoat namunalari;


  • tadqiqotchilar soni va o‘rtacha yoshi;


  • mamlakatning xalqaro kashfiyotlar va ilmiy ishlanmalardagi ulushi;


  • ilmiy-texnikaviy markazlarning soni;


  • YAIMda iqtisodiyotning innovatsion sektori ulushi;


  • xalqaro savdo aylanmasida yuqori texnologiyali tovar, ish, xizmatlarning ulushi va x.k.




Amerika Qo‘shma shtatlarida innovatsion rivojlanish.
AQShda ilmiy asoslangan yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy etish ‘‘universitet-ishlab chiqarish” konsepsiyasida o‘z aksini topgan.
Bugungi kunda jahon bozoridagi innovatsion texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarning yillik aylanmasi 4,5 trln. AQSH dollaridan ortiq hisoblanadi.
Milliy innovatsiya tizimini shakllantirish konsepsiyasi bosh g‘oyasini quyidagilar tashkil etadi:
  • zamonaviy iqtisodiyotni va raqobatni shakllantirishning eng asosiy omili sifatida innovatsiyalar va tadbirkorlar ehtiyojlarini hisobga olib ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;


  • jamiyatning turli institutlarini (oila, maxalla, partiya va x.k) innovatsion faoliyat tuzilishi va salmog‘iga ta’sir etuvchi omillar sifatida qarash;


  • iqtisodiyotni rivojlantirishda ilm-fanning o‘rniga alohida ahamiyat berish.


AQShda innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishida yirik texnoparklar, biznes-inkubatorlar, venchur jamg‘armalar, maxsus iqtisodiy zonalar va moliya-sanoat guruhlari muhim ahamiyat kasb etgan.


AQShda yaratilayotgan innovatsiyalarning uchdan ikki qismi davlat va tadbirkorlarning sherikligi asosida, jumladan universitetlar, davlat laborotoriyalari va ilmiy-tadqiqot institutlari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
AQShda milliy innovatsion tizim asosan uchta yo‘nalishda rivojlangan. Uning birinchi bo‘g‘ini ta’lim muassasalari hisoblanadi.
Milliy innovatsiya tizimining ikkinchi bo‘g‘iniga AQShda amal qilayotgan 10 mingdan ortiq ilmiy markazlar, yetakchi korxonalar tarkibidagi laborotoriyalar, davlatning ilmiy-tadqiqot institutlari kiradi.
Milliy innovatsiya tizimining uchinchi bo‘g‘iniga AQShda tarixan shakllangan innovatsion klasterlarni kiradi.
Ularning asosiy maqsadi innovatsion texnologiyalarni yaratish, saqlash yoki realizatsiya qilishda universitet va ilmiy-tadqiqot markazlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. AQSH milliy innovatsiya tizimini shakllanishida “Uch yoqlama spiral” modeli joriy etilgan, ya’ni ilm-fan, davlat va biznes o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashuvi innovatsion texnologiyalarni samarali rivojlanishiga olib kelgan.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə