Statistika fanining predmeti va usullari



Yüklə 1,07 Mb.
tarix20.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#128678
Abdulxayev Jaxongir СТАТИСТИКА

Statistika faniga kirish

TIPI “Iqtisodiyot” fakulteti 22/1 guruh talabasi Abdulxayev Jaxongir

REJA

.Statistikaning shakllanishi va rivojlanishi. Statistika vazifalari. Statistika tarkibiy qismlari.


Jamiyat hayoti, turmushi haqidagi ma’lumotlarga bo‘lgan amaliy ehtiyoj statistikani yaratdi. Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish obyektlarini belgilash zarurati tug‘ilgan. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo‘layotgan o‘zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi xo‘jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqozo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan.
Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida o‘zaro aloqalar kengayishi bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obyektiv zaruriyat bo‘lib qoladi. Bu esa, o‘z navbatida, yangidan-yangi ma’lumotlar to‘plash, iqtisodiy hayotning hamma muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tug‘diradi. Shu bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon xo‘jaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jahon ho‘jaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisob-kitob yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Natijada milliy hisobchilik shakllandi va rivoj topmoqda.
Amaliy faoliyatda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish yo‘li bilan dastlab davlatni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va talqin etish qoidalari, tartiblari, yo‘llari, usullari yaratildi. Statistika ana shunday fan sifatida qaralib yangi izlanishlar asosida boyib bordi. Uning mohiyati va usullarini takomillashtirishda matematika usullari, qurollari va yangi nazariyalaridan foydalanish juda qo‘l keldi, chunki statistika ham matematikaga o‘xshab sonlar, miqdorlar bilan shug‘ullanadi, ammo shunday toifalari bilan-ki, ular sifatga ega bo‘lib, ommaviy hodisalarni o‘lchash natijasida hosil bo‘ladi. Pirovard oqibatda statistik tafakkur uslubi, ya’ni statistika nazariyasi va uslubiyati (metodologiyasi) shakllandi. Endi bu uslub nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni o‘rganishda, balki boshqa sohalarni ham birin-ketin egallay boshladi. Hozirgi vaqtda u deyarlik barcha fan va texnika sohalarida, tajriba-eksperimentlarda, fizika, kimyo, biologiya, arxeologiya, agronomiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, tilshunoslik, harbiy ishlar va hatto tasviriy san’atda hamda musiqa bastalashda qo‘llanilmoqda
Statistika -lotincha “status” - ahvol, holat so‘zi bilan italyancha “state” - davlat so‘zidan kelib chiqib, davlat ahvoli haqidagi fan
Statistikaning vazifalari
Statistika o‘rganish obyekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir. Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi. Ular biror narsalar to‘plamida va o‘zaro bog‘langan to‘plamlar orasida kechadi. Bu yerda hodisa so‘zi jamiyat hayotida, turmushda, tabiatda, bir so‘z bilan aytganda, moddiy dunyoda haqiqatda bo‘lgan real voqeani bildiradi. Masalan, oilada bola tug‘ilishi, paxta hosili, ishchilar soni, yog‘ingarchilik (qor yoki yomg‘ir yog‘ishi), atrof-muhit bulg‘anishi va hokazolar. Jarayon so‘zivoqealar oqimini, ularning ma’lum makon va zamon sharoitida qanday tezlikda kechishini, yuzaga chiqish yoki chiqmasligini, o‘zgarishini, hodisalar rivojlanishini anglatadi.
Statistik tadqiqot ikkita bosqich va bir necha fazalardan tashkil topadi va ularda o‘ziga xos usullar qo‘llanadi. Keng va to‘la ma’noda statistik tadqiqot ikkita bosqichdan tashkil topadi: 1.Tasviriy statistika bosqichi 2.Analitik statistika bosqichi.
Demak, tasviriy statistika deganda axborotlar to’plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish yo’llari nazarda tutiladi. Uning diqqat markazida ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash turadi. Tasviriy statistika ma’lumotlarni samarali to’plash, tartibga solish va umumlashtirilgan statistik axborotlar olish usullarini ishlab chiqish va amalda qo’llash bilan shug’ullanadi. Bu ishda EHM dan foydalanish muhim masala hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodchi mutaxasislar, statistiklar EHM yordamida axborotlar to’plash, ishlash va saqlash qoidalarini chuqur bilishlari lozim
Statistika nazariyasi statistik tadqiqotning ikkala bosqichi va ularning barcha fazalariga tegishli umumiy nazariyadir.
Birinchi bosqichda quyidagi asosiy maqsad va vazifalar ko‘zlanadi: o‘rganilayotgan ob’yektlarni spetsifikatsiyalash, ular haqida ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash, ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy me’yorlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash, ularni ko‘rkam va ixcham shaklda va zarur hollarda so‘z bilan tavsiflash.
Ikkinchi bosqichda esa, ko‘rsatkichlarni statistik tahlil qilish, ular orasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarni aniqlash va baholash, o‘rganilayotgan obyektlar taqsimotlaridagi qonuniyatlarni oydinlashtirish, ilmiy gipotezalarni ishonchlilik jihatdan baholash va statistik xulosalarni chiqarish va hokazolar asosiy maqsad va vazifalar hisoblanadi.
Qisqacha xulosalar
Statistika-bu:
1)turmush, jamiyat hayoti haqidagi aniq sonlar, ko‘rsatkichlar to‘plami;
2) mazkur ma’lumotlarni to‘plash, ishlash,umumlashtirish, saqlash va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasi;
3) ommaviy jarayonning ustidan ko‘p kuzatishlar o‘tkazish natijasida olingan umumlashtiruvchi mezonlar, ko‘rsatkichlar;
4)ilm-fanning maxsus sohasi.Statistika fani ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi, ularda namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlaydi, ularning me’yorini belgilaydi. U o‘z uslubiyatiga ega va ommaviy jarayonni o‘rganish uslubi sifatida moddiy dunyo va ilm-fanning hamma sohalarida qo‘llanadi. Ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy hodisalarni bilishda,idrok qilishda statistika beqiyos katta rol o‘ynaydi. Bu sohada olib borilgan tekshirish va kuzatishlarni umumlashtirish natijasida statistika fan sohasi tarzida shakllanganligi va taraqqiy etib kelayotganligi bejiz emas. Uning uslubiyati barkamol topishida matematika va boshqa aniq fanlar hissasini ham inkor etib bo‘lmaydi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə