Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet-soliq siyosati rivojlantrish muomlari


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish masalalari



Yüklə 201,18 Kb.
səhifə6/8
tarix13.04.2023
ölçüsü201,18 Kb.
#105369
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet 1)

4.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish masalalari


Davlatning moliyaviy faoliyati, eng avvalo, davlat byudjetini shakllantirish, uning ijro etilishini ta’minlash, soliq siyosatini amalga oshirish, bank-kredit tizimini samarali ishlatish, byudjet taqchilligini boshqarish kabi sohalarni qamrab oladi. Davlat byudjeti mablag’larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, Davlat byudjeti mablag’larini samarali boshqarish orqali byudjetning iqtisodiyotdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi amaliyotga joriy qilindi.Byudjet Kodeksi asosida davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlar amalga oshirilishi iqtisodiyotimiz rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish borasida amalga oshirilagan islohotlar bugungi kunda g’aznachilik orqali o’zining natijalarini namoyon etmoqda. O’zbekiston Respublikasida g’aznachilik tizimida byudjet ijrosini takomillashtirish va xalqaro tajribalaridan samarali foydalanishga e’tibor qaratish, bugungi kun islohotlarida g’aznachilik faoliyatini yaxshilash muhim vazifa etib belgilandi.
Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati – 2016-yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari rejasi mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish va modernizatsiyalash, muhim makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning muvozanatini saqlash, davlatning iqtisodiyotda ishtirok etishi ulushini kamaytirish, xususiy mulkning rolini tubdan oshirishning, mamlakatda mustahkam iqtisodiy o`sish va barqarorlikni ta’minlash maqsadida xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoya qilinishini ta’minlash vazifalarini nazarda tutgan.
2016 yilga shakllantirilgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlarida, shuningdek, asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarda yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,2 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,1 foizga, kapital qo`yilmalar hajmi 9,6 foizga o`sishi nazarda tutilganligini alohida e`tirof etish lozim.
Quyidai rasmda O`zbekistonda 2016 yilda asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning 2015 yilga nisbatan o`sih ko`rsatkichlari keltirilgan.



4-rasm.O’zbekiston 2016-yilda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar6

2017-yilda soliq yukini yanada kamaytirish, iqtisodiyotning barqaror o`sishini rag`batlantirish, byudjet tizimining mutanosibligini ta’minlash, byudjet yo`nalishidagi davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish orqali byudjet mablag`larini sarflash samaradorligini oshirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishga, kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bilan bir vaqtning o`zida aholining daromadlari, jamg`armalari va xarid quvvatini o`stirishga qaratilgan yo`lni davom ettirish, shuningdek, boshqa chora-tadbirlar nazarda tutilgan.




Yüklə 201,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə