Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet-soliq siyosati rivojlantrish muomlari


Davlatning byudjet siyosati va uning tahlili



Yüklə 201,18 Kb.
səhifə3/8
tarix13.04.2023
ölçüsü201,18 Kb.
#105369
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet 1)

2.Davlatning byudjet siyosati va uning tahlili


Byudjet siyosati iqtisodiy siyosatning «yadrosi» hisoblanadi hamda o`zida jamiyat institutlari va aholi o`rtasidagi moliyaviy munosabatlarni yaqqol ifodalaydi. Byudjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikni bosh omilidir. Davlat byudjeti kuchli demokratik davlatning ishonchli moliyaviy tayanchi bo`lib xizmat qilishi kerak.
Davlat byudjeti siyosatini yuritishda ikki dastakka egadir. Bular davlat daromad to`lovlar bilan xarajatlardir. Bularni bevosita va bilvosita usullar deb atash mumkin.
Byudjet siyosatining bilvosita usullari bo`lib soliqlar va soliqsiz to`lovlar orqali iqtisodiyotga ta`sir ko`rsatish kabi tadbirlar hisoblanadi. Soliq stavkalarini o`zgarishi, soliqlar bo`yicha imtiyozlar yaratish yohud ularni bekor qilish, turli xil to`lovlarni joriy qilish kabi bilvosita usullar orqali mamlakatdagi ijtimoiy- iqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish mumkin, bunda soliq to`lovlarining moddiy qiziqishlari byudjet siyosatidagi hal qiluvchi rolni o`ynaydi.
Byudjet siyosatining bevosita usullariga esa byudjetning xarajatlar qismi orqali ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish kiradi. Tarmoqlarni moliyalashtirish xarajatlari miqdorini o`zgartirish, nochor korxonalarga dotatsiyalar ajratish, subvensiyalar berish, byudjet ssudalarini ajratish, ular bo`yicha imtiyozlar joriy qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun kafolatlar berish kabi tadbirlar byudjet siyosatining to`¨ridan-to`¨ri usullari hisoblanadi.
Byudjet siyosati qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilish, daromadlar va xarajatlarni belgilab chiqish, ular ustidan nazorat o`rnatish, byudjet ijrosini ta`minlash, byudjetning kassa ijrosi bajarilishi ustidan nazoratni yo`lga qo`yish, tahlil qilish kabi chora-tadbirlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi.
2015 yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo`nalishlar, maqsadlar va vazifalardan kelib chiqib shakllantirilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadi:

  • soliq yukini yanada kamaytirish, iqtisodiyotni barqaror o`sishini rag`batlantirish, O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining balansliligini ta`minlash;

  • byudjetni rejalashtirish jarayonida davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish yo`li bilan byudjetdan ajratiladigan mablag`larni sarflash samaradorligini oshirish;

  • ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholi daromadlari, jamg`arishi va xarid qilish qobiliyatini o`stirish siyosatini bir vaqtning o`zida yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash manzilliligini oshirish bo`yicha choralar qabul qilgan holda davom ettirish;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xarajatlarni me`yoriy rejalashtirish mexanizmini takomillashtirishni inobatga olgan holda byudjet tashkilotlarining tarmoqlari va shtatlarini muvofiqlashtirish;

  • asossiz va eskirgan imtiyozlar va preferentsiyalarni bekor qilish;

  • byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlarning daromadlar bazasini oshirish va ularning subvensiyaga bog`liqligini pasaytirish.

2015 yil Davlat byudjeti xarajatlari 37967,7mlrd. so`m miqdorda tasdiqlanib, ularni quyidagi ustuvor maqsadva vazifalarni moliyaviy ta`minlashga yo`naltirish ko`zda tutilgandir.


Qishloq joylarda uylari qurish uchun kredit liniyalari

971,8




Ijtimoiy himoya, oilalarga ijtimoiy nafaqalar

2279,8




Ijtimoiy ta’iminot

150,4




Fan

245,3




Madaniyat va sport



388,3





Sog’liqni saqlash


Maorif

5372,5


12776,2





Yüklə 201,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə