Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet-soliq siyosati rivojlantrish muomlari


-rasm. 2015 rejalashtirilgan byudjet xarajatlari tarkibi2, mlrd



Yüklə 201,18 Kb.
səhifə4/8
tarix13.04.2023
ölçüsü201,18 Kb.
#105369
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet 1)

1 -rasm. 2015 rejalashtirilgan byudjet xarajatlari tarkibi2, mlrd


so`mda
2015 yilda ham byudjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab quvvatlash xarajatlarining ustuvorligi saqlab qolindi va aholi turmush farovonligini oshirishga katta e`tibor qaratildi.
Joriy yilda ham byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar, pensiya va nafaqalar miqdori inflyatsiya darajasidan yuqori bo`lgan sur`atlarda oshirilishi va bu maqsadlarga erishish uchun Davlat byudjeti va Pensiya jamg`armalaridan qo`shimcha 1,3 trln. so`m mablag`lar rejalashtirildi.
O`z navbatida, ijtimoiy xarajatlarga jami byudjet mablag`larining 59,2 foizini yoki 21485,2 mlrd so`m yo`naltirish rejalashtirildi.



2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi 2270-sonli qarori asosida tayyorlandi
2015 yilda ham Davlat byudjetidan ta`lim tizimini moliyaviy ta`minlash uchun alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, ushbu maqsadlarga qariyb 12776,2 mlrd so`m yoki jami byudjet xarajatlarining 33,7 foizi miqdorida mablag`lar ajratildi.
Bunda, joriy yilda bolalar bog`chalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun o`tgan yilga nisbatan 2 baravar ko`p yoki 167 mlrd. so`m mablag` ajratilishi va buning evaziga 270 dan ziyod bolalar bog`chalarini to`liq ta`mirdan chiqarilishi va jihozlanishini ko`zda tutilgan.
Aholi sog`lig`ini saqlash, ayniqsa, onalar va bolalar sog`ligini himoya qilishni yanada yaxshilash, tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash hisobiga ularni modernizatsiyalash, dori-darmon va bir marta ishlatiladigan vositalar bilan ta`minlashni yaxshilash masalalari ham 2015 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida o`zining ifodasini topgan.
Jumladan, 2015 yilda Davlat byudjeti tarkibida sog`liqni saqlash xarajatlari 5372,5 mlrd so`mni yoki byudjet jami xarajatlarining 14,2 foizini tashkil qilmoqda.
O`z navbatida, 2015 yilda ilm-fanni rivojlantirish xarajatlari 2014 yilga nisbatan 1,3 barobar oshirildi va 245,3 mlrd. so`mga yetkazildi.
Shuningdek, madaniyat va sport sohasi xarajatlari ham 2014 yilga nisbatan 24 foizga oshirildi va 388,3 mlrd. so`mni tashkil etdi.
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash xarajatlariga 2015 yilda jami 4119,7 mlrd so`m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,3 foiz miqdorda mablag`lar ajratildi.
Bunda qishloq xo`jaligini, avvalambor sug`oriladigan dehqonchilikni yetarli miqdorlarda va ishonchli ravishda suv bilan ta`minlash maqsadida 1,9 trln. so`mdan ortiq mablag`lar suv xo`jaligining joriy xarajatlariga yo`naltirilishi belgilandi. Shuningdek, mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash maqsadlariga 10 mlrd. so`m ajratildi.
2015 yil Davlat byudjeti parametrlarida tashqi qarz to`lovlari hamda mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi va davlatimiz mudofaa qobiliyatini ta`minlash bilan bog`liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun ham to`liq ravishda mablag`lar rejalashtirilgan va ular byudjet parametrlarida o`zining ifodasini topgan.



Yüklə 201,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə