Iqtisodiyot va turizm


Tashkilot moddiy-iqtisodiy bazasini o`rganish



Yüklə 193,68 Kb.
səhifə7/16
tarix30.12.2023
ölçüsü193,68 Kb.
#167962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Asian plasa Yusupbayev Sardor

2.3.Tashkilot moddiy-iqtisodiy bazasini o`rganish
“Asian Plaza” mehmonxonasining moddiy-iqtisodiy bazasini uch qavatli binosi, bino xonalarisida mavjud bo’lgan yumshoq to’shaklar, konditsioner, yoritish asboblari, yassi ekranli, sun’iy yo’ldoshli televizor, turli xil mebellar, dush, tualet, sochni quritish uchun fen, oyna, yuvinish-gigiena vositalari, rangli va rangsiz printer, shaxsiy kompyuter, notebook, telefon, wi-fi moslamasi va boshqa turli texnik vositalar mavjud bo`lib ularning barchasi firma balansiga kiritilgan.
2.4. Xorijiy sheriklar haqida ma'lumot
Hozirgi kunda mehmonxona bir nechta xorijiy firmalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Firma xorijdan kelgan va mahalliy mehmonlarni yotoq va ovqat bilan ta’minlaydi.
2.5. Hamkorlik va shartnomaviy munosabatlarni o'rganish (qabul qilish,
turar joy va transport xizmatlari)
Xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar bilan munosabatlar shartnoma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Har bir faoliyat yilida shartnoma kompaniyalari o‘tkazilib, unda shartnomalar imzolanadi. Shartnoma kompaniyasi oldidan quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oluvchi shartnoma rejasi tuziladi:

  1. hamkor nomi;

  2. shartnomaning asosiy predmeti;

  3. shartnomaning amal qilish muddati;

  4. shartnomalarni tuzish muddatlari;

  5. alohida malumotlar.

Bu reja real tasvirga - sayohat jarayonida xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha turistik firma xodimlarining faoliyat sxemasini tuzishga imkon beradi. Shartnoma rejasi tarkibi sayohat ko‘rinishi va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bog‘liq. Bir necha tur ko‘rinishlari bo‘lsa, dastlab har bir tur bo‘yicha kichik rejalar tuziladi, keyin shartnomalar tuzish muddatlari yoki geografik prinsiplar bo‘yicha hamkorlar guruhlanadigan umumiy reja tuziladi. Shartnoma rejasini tuzishdan oldin taxminiy hamkorlarni aniq tasavvur qila olishimiz, shuningdek muzokaralar chog‘ida shartnoma tuzishga ham tayyor bo‘lishimiz lozim.
Hamkorlar bilan muzokaralarga batafsil tayyorgarlik ko‘riladi. Quyidagilarni tahlil qilish lozim bo’ladi:
1. Muzokara sharoitlari - hamkordan sizga aynan nima kerak? Qanday hajmda? Qaysi davrga? Hamkordan siz qo‘shimcha ravishda nimani xohlaysiz? Undagi, bozordagi mahsulot va xizmatlar narxi darajasi qanday? Talablar ajratiladimi yoki yo‘q?
Masalan, avvaldan buyurtma qilingan yoki tasdiqlangan mavjud grafik bo‘yicha yil davomida, har hafta, muntazam ravishda 4 kunga keladigan turistlar guruhini (30 kishi) joylashtirish lozim. Joylashtirish, transport, sport va ko‘ngil ochish xizmatlari zarur bo‘ladi. Narx o‘rtacha bozor narxidan ulgurji sotib olishga beriladigan 10% chegirma olib tashlanganiga teng bo‘lishi kerak. Turistik klass uchun xizmat ko‘rsatish va joylashtirish darajasi ajratilmaydi. Turistlar guruhi tarkibi o‘rta sinf kategoriyasi turistlari.
2. Mumkin bo‘lgan qarorlarni amalga oshirish yo‘llari - Kim nimani va qaysi muddatlarda bajarayotganini aniq bilish zarur. Qanday qilib qaror qilishning bir bosqichi boshqasiga o‘tadi? Shartnoma tuzish vositalari qanday tayyorgarlik bosqichida turibdi? Shartnoma loyihasi va turistlarning kelish grafiklarini kim tayyorlaydi? Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha masalalar qanday kelishiladi? Ularni shartnomaga darhol qo‘shish kerakmi yoki yo‘qmi? Shartlar shartnoma matniga qo‘shiladi, muzokaralar davomida esa ular yo qoldiriladi yoki olib tashlanadi.
3. Muzokaralar bo‘yicha sizning hamkoringiz «Portreti» - hamkor maqsadlari sizning maqsadlaringizdan qanchalik farq qiladi? Hamkor strategiyasi qanday parametrlarga (muddatlar, xizmat ko‘rsatish darajasi, xizmatlar to‘plami) asoslanadi?
Ushbu tavsiyanomalarni qo‘llab turib, muzokaralar boshlanishidan avval uni olib borish rejasini tuzib olish lozim. Bu sizning zaif tomonlaringizni aniqlash va qo‘shimcha yechimlarni topishga yordam beradi. Muzokaralarni olib borish rejasi sizga hamkorlar munosabatini oldindan bilish imkonini beradi va oldindan alternativ taklif va qarorlar tayyorlashga yordam beradi.

Yüklə 193,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə