Iqtisodiyot va turizm


-rasm. Mehmonxona old ko’rinishi I Bob. Mehmonxona faoliyati analizi



Yüklə 193,68 Kb.
səhifə3/16
tarix30.12.2023
ölçüsü193,68 Kb.
#167962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Asian plasa Yusupbayev Sardor

1-rasm. Mehmonxona old ko’rinishi
I Bob. Mehmonxona faoliyati analizi

1.1. Mehmonxonaning yaratilish bosqichlari


Men Yusupbayev Sardor 6.11.2023 kundan boshlab “Asian Plaza” mehmonxonasida o’z amalyotimni boshldim. Mehmonxona Buxoroning qadimiy eski shahar qismiga yaqin bo’lgan kata va ko’p qulayliklarga ega bo’lgan mehmonxona hisoblanadi. “Asian Plaza” mehmonxonasi Buxoro shahrining


Gazli Shoh ko'chasi, 345-uyda joylashgan.


2-rasm. Mehmonxona asosiy bari

Mehmonxona jahon standartlariga to’laqonli javob bergani uchun 3* da baholangan. Mehmonxonada 21 ta xona va 48 ta xona mavjud. Mehmonxonaning pastki qavatida nonushta qilish va yuqori chodirda milliy va Yevropa taomlarini tatib ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan 2 ta restoran mavjud.


3-rasm. Mehmonxonaning 2 kishilik standart xonalari ko’rinishi
Mehmonxona zamonaviy uslubda qurilgan. Barcha zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Mehmonxona devorlari zamonaviy bezalgan, xonalari ham bundan mustasno emas.

4-rasm. Mehmonxonaning 2 kishilik standart xonalaridagi sanuzellar ko’rinishi
Xonalar dizayni juda yoqimli – bu klassik uslubning yorqin ranglarda tuzilgan. Xona jihozlari standart bo’lib, qulay yashash uchun barcha narsalar mavjud: yumshoq to’shak, konditsioner, yoritish asboblari, yassi ekranli, sun’iy yo’ldoshli televizor, muzlatgich va turli xil mebellar.


5-rasm. Mehmonxonaning 2 kishilik lux xonalari ko’rinishi
Mehmonxonaga tashrif buyurgan mijozlar dush, tualet, sochni quritish uchun fen, oyna, yuvinish-gigiena vositalari bilan ta’minlanadi. Shu yillar mobaynida mexmonxonada mexmonlarga xizmat ko’rsatish sifati yanada yaxshilandi.
Mehmonxona asosan joylashtirish xizmatini ko’rsatadi. Shu bilan birga, mehmonxonada bir necha qo’shimcha xizmatlar ham ko’rsatiladi.
Hammomi yorug’ va toza. Umuman olganda xonalar jihozlari Buxoro hududi uchun tanish bo’lib, uncha ko’p narsalar mavjud emas.
Mehmonxona restorani ham mavjud bo’lib, restoran menyusida barcha milliy va Yevropa taomlari mijozlarga havola etiladi.
9-rasm. Mehmonxona restorani ko’rinishi

Restoran sutkasida 24 soat xizmat ko’rsatadi. Har kuni ertalab 2 ta restoranda nonushta tashkil qilinadi. Mehmonxonada nonushta narxi xona narxiga kiritilgan. Nonushta tonggi soat 6:00 dan 10:00 gacha taqdim etiladi. Bundan tashqari kechki va tushliklar buyurtma asosida tayyorlanadi.


Mehmonxonada quyidagi xizmatlar yo’lga qo’yilgan:

  • Mamlakatlararo hamda shahar ichida telefon aloqasi;

  • 24 soatli bepul internet (wi-fi);

  • Restoran;

  • 24 soat reception xizmati;

  • Xonani tozalash xizmati;

  • Kir yuvish xizmati;

  • Kutib olish va eltib qo’yish;

  • Yuk tashish;

  • Bepul va pullik mashina to’xtash joyi;

  • Xonaga ovqat va ichimlik eltib berish xizmati;

  • Xohishga ko’ra maxsus parxezli menyu;

  • Bolalar menyusi;

  • Aaeroportgacha va aeroportdan transfer xizmati;

  • Seyf;

  • Bilet sotish xizmati;

  • Ximchistka;

  • Dazmollash xizmati;

  • Oyoq kiyimni tozalash;

  • Faks;

  • Suvenirlar do’koni;

  • VIP xizmatlar;

  • Yo’ldosh kanallari;

Pul to’lash naqd pul plastik yoki pul ko’chirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
“Asian Plaza” mehmonxonasi tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar MDH davlatlari, Yevropa va boshqa mamlakatlardan keladigan sayyohlar orasida juda mashhurdir.
Mehmonxona diqqatli va xushmuomila xodimlari har ishda ko’maklashishga tayyor turishadi. Buxoroga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun har tomonlama qulay va shinam tarixiy Buxoro madaniyati bilan bevosita bog’liq iqlim yaratilganligi mehmonaga qaytib tashrifiga turtki bo’ladi.



Yüklə 193,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə