Iqtisodiyot va Turizm



Yüklə 25,93 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü25,93 Kb.
#166174
  1   2
Axrorov Elyorjon maqola


O'ZBEKISTONDA IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISH

O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali


“Iqtisodiyot va Turizm” kafedrasi talabasi
Axrorov Elyorjon Baxtiyor o‘g‘li


Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish qanchalik dolzarbligi va uni rivojlantirish orqali qanday islohotlarga zamin bo’lishi haqida fikr-mulohazalar va olib borilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan.


Kalit sozlar: islohotlar, ijtimoiy infratuzilma, barqarorlik, iqtisodiyot tarmoqlari, erkinlik, sanoat, xususiy tadbirkorlik.


Kirish

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish. Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muhim omili.




Tahlil va munozaralar

Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; ishlab chikarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish, eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilgan davlat dasturlari va chora-tadbirlarida sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan konsepsiya tasdiqlandi. Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlanmoqda. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Xulosa o‘rnida aytish kerakki, mazkur konsepsiyaning amaliyotda to‘liq ishlashi Respublikada 2020-2030-yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror taʼminlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli ishlashini taʼminlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. “Уashirin iqtisodiyot” ulushi qisqaradi.Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mazkur band ijrosi taʼminlandi.Ushbu qaror bilan “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha 23 ta banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, unda qator amaliy saʼyharakatlarni amalga oshirish nazarda tutildi.


Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor mexanizmlarini keng joriy qilish tamoyillariga asoslangan islohotlarning yangi bosqichida davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish va xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi ishlarning natijadorligini oshirish bugungi kunda iqtisodiyotni boshqarishning aniq, shaffof va natijaga yo‘naltirilgan mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan kambag‘allikni qisqartirish vazifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish o‘rinlarini tashkil etish bilan bevosita bog‘liqdir.
Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish va rivojlanishiga aloqador vazirlik va idoralar faoliyati uyg‘unligini ta’minlashni, mavjud muammo va to‘siqlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga asoslangan zamonaviy va inklyuziv institutsional tizimni joriy etishni talab etadi. Xususan:

Yüklə 25,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə