Iqtisodiyot va Turizm fakulteti Marketing va karyera bo’limida malakaviy amaliyot o’tash Bajaruvchi: Tekshiruvchi


Tashkilotda iste'molchilarini segmentatsiyasini amalga oshirish



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə9/14
tarix29.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#140999
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
amaliyot

2.2. Tashkilotda iste'molchilarini segmentatsiyasini amalga oshirish
Buxoro davlat universiteti Marketing va karyera bo’limining o’z nizomida belgilangan bir qator vazifalari mavjud. Ular quyidagilar:

  • Universitetda tayyorlanayotgan oliy ma’lumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlaming ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar ba’zasini shakllantirish.

  • Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar - davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to‘liq ma‘lumotlai bankini yaratish.

  • Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalami Universitetning Kengashlarida muhokamaga qo‘yish uchun kiritish, bu borada tegishli bo‘limlari bilan hamkorlik qilish.

  • Universitetda kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish.

  • Universitet bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.

  • Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish.

  • Universitet joylashgan hududdagi muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga bodgan real ehtiyojlari qondirilishiga oliy ta’lim muassasasi faoliyatini yo‘naltirish.

  • Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha raqobatli ta’lim xizmatlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xizmatlar bozori konyukturasining o‘zgarishini tahlil qilib borish hamda yangicha rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.

  • Oliy ta’lim tizimida marketing xizmati jarayonlarining tez o‘zgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (iste’molchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy ma’lumotli yosh mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini hududlar bo‘yicha o‘rganish.

  • Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.

  • Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va aloqa o‘matish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa ma’muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati to‘g‘risidagi fikrlarini o‘rganib borish.

  • Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va ta’lim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

  • Yosh mutaxassislardan kadrlar iste’molchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga ko‘maklashish.

  • Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini Universitet kengashida muhokama qilish.

  • Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va iste’molchi (buyurtmachi) korxonalar hamkorligini ta’minlash.

  • Belgilangan muddatlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga oliy ta’lim muassasalarining joriy yildagi bitiruvchilari to‘g‘risida ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo‘llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan ma‘lumotlarni taqdim etib borish.

  • Mehnat bozori konyunkturasini o‘rganish, qabul parametrlariga takliflarni iste’molchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi Universitet ma‘lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlami o‘z vaqtida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etib borish.

  • Bitiruvchilami iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis to‘g‘risidagi tavsiya va takliflarini e’tiborga olgan holda taqsimlash.

  • Ta’lim xizmatlari eksportini tashkil etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

  • Talaba va bitiruvchilarning oʻzining karyerasini yoʻlga qoʻyishida amaliy koʻmaklashish.

  • Shaxsiy oʻsish koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashuvchi oʻquv seminarlar, master-class va treninglar tashkillashtirish.

  • Talaba va bitiruvchilar orasida karyeraviy muvaffaqiyatga erishish yoʻllarini targʻib qilish.

  • Muvaffaqiyatli kasb egalari bilan doimiy hamkorlik olib borish va ular ishtirokida uchrashuvlar tashkil qilish.

  • Talabalar karyeraviy faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy va milliy tajribalami o‘rganish, takliflar tayyorlash, uni tadbiq etish hamda tahliliy hisobotini yuritish.(2-rasm)ç



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə