Iqtisodiy tahlil turlari va uning ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli



Yüklə 108,93 Kb.
səhifə11/11
tarix26.06.2023
ölçüsü108,93 Kb.
#118939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTISODIY TAHLIL TURLARI VA UNING ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHDAGI

Xulosa


Ushbu usulning mazmuni va mohiyati quyidagicha: tovarlar xilma-xilligi bo‘yicha biznes-rejaning bajarilish darajasini aniqlash uchun avvalo biznes-reja chegarasi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot summasini aniqlash kerak. Buning uchun rejadan ortiqcha yoki biznes-rejada ko‘rsatilmagan mahsulotlar ishlab chiqarish xilma-xilligi bo‘yicha biznes-rejaning o‘rtacha bajarilishini aniqlashda hisobga kirmaydi.
Mahsulot sifati deganda, uning barcha mo‘ljallangan maqsadda foydalanishga yaroqli xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida mahsulot sifatini baholashda turli ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Mahsulot sifatini tahlil qilishda foydalaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda sifatsiz mahsulot uchun iste’molchilarga to‘lanadigan jarimalar, mahsulotni kafolatli ta’mirlovchi ustaxonalarga sarflanadigan xarajatlar kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi. SHunday qilib, mahsulot sifatini tahlil qilish usullari tahlil qilinayotgan korxonaning qaysi tarmoqqa mansub ekanligiga bog‘liq ekan.
Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha dasturning bajarilishini tahlil qilish jarayonida mahsulotni bir maromda ishlab chiqarishni tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Mahsulotni bir maromda ishlab chiqarish deganda, uni tuzilgan jadval asosida, mahsulotning oldindan aniqlangan xilma-xilligi va sifatiga muvofiq etkazib berish va sotishni o‘z vaqtida ta’minlash tushuniladi. Bir maromda mahsulot ishlab chiqarishning umumlashgan ko‘rsatkichi bir me’yorda ishlash koeffitsienti hisoblanadi, u jadval bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilgan kunlarni umumiy ish kuniga bo‘lish bilan aniqlanadi, odatda oy hisobida.
Yüklə 108,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə