Iqtisodiy tahlil turlari va uning ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli


kassa usuli, tushumni uning jo’natilishi asosida aks ettirish esa ustama usuli



Yüklə 108,93 Kb.
səhifə10/11
tarix26.06.2023
ölçüsü108,93 Kb.
#118939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTISODIY TAHLIL TURLARI VA UNING ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHDAGI

kassa usuli, tushumni uning jo’natilishi asosida aks ettirish esa ustama usuli deb yuritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga tushumni jo’natish bo’yicha sotish asosida aks ettirish usuli ko’proq mos keladi. Aynan ushbu usul bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda qabul qilingan standart hisoblanadi. Biroq shuni ham hisobga olish zarurki, tushumni jo’natish bo’yicha sotish asosida aks ettirish (ustuma usuli) usulida korxona ushbu sotilgan mahsulotlar bo’yicha ulardan daromadlar ro’yxatga olingan hisobot davrida shubhali debitorlik qarzlarining bir qismini hisobdan chiqarish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.
Korxonaning boshqa tashkilot va korxonalar bilan, shuningdek, alohida shaxslar bilan hisoblashishlari bo’yicha shubhali qarzlar miqdori zaxiralanadi hamda foyda va zararlar hisobiga kiritiladi.
Belgilangan muddatda (agar belgilangan muddat bo’lmasa, buning uchun me’yoriy zarur vaqt davomida) qaytarilmagan va mutanosib kafolatlar bilan ta’minlanmagan korxonaning debitorlik qarzi shubhali deb e’tirof etiladi.
Shubhali qarzlar bo’yicha zaxiralar yil oxirida amalga oshirilgan korxonaning debitorlik qarzi inventarizatsiyasi natijalari asosida tashkil qilinadi. Zaxira miqdori qarzdorning moliyaviy ahvoli (to’lov qobiliyati) va qarzni to’liq yoki bir qismini qaytarish ehtimolini baholashga bog’liq ravigda har bir shubhali qarz bo’yicha alohida belgilanadi.
Agar shubhali qarzlar bo’yicha zaxira tashkil qilingandan keyingi yil oxirigacha ushbu zaxiraning qandaydir qismi foydalanilmagan bo’lsa, u holda sarflanmagan summa mutanosib yilning foydasiga qo’shiladi.
Bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda shubhali debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish oxirgi 3-5 yil uchun sotilgan mahsulot hajmiga foiz nisbatidan kelib chiqqan holda potentsial shubhali qarzlarni hisoblash asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Bu mutanosiblik tamoyilidan chetga chiqmaslikka imkon berib, unga muvofiq mazkur hisobot davrida daromad olinishini ta’minlagan xarajatlar aks ettiriladi.
Ustama usuli o’ziga xos afzalliklarga ega chunki u:
a) bozor iqtisodiyoti talablariga ko’p jihatdan mos keladi;
b) Hozirgi vaqtda O’zbekistonda mavjud daromad va xarajatlarni aks ettirish nomutanosibligini bartaraf etadi: aksariyat hollarda daromadlar kassa usulida, xarajatlar esa ustama usulida aks ettiriladi;
v) xalqaro standartlarga mos keladi va potentsial investorlar uchun yagona qoniqarli hisoblanadi;
g) aksariyat hollarda korxonalar moliyaviy ahvoli o’zgarishiga olib kelmaydi, chunki ko’pincha ular mahsulotlarni oldindan to’lov shartlariga ko’ra sotadi.
Tahlilning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
– rejaning bajarilish darajasini va mahsulotlar sotish dinamikasini baholash;
– turli omillarning ushbu ko’rsatkichlar miqdori o’zgarishiga ta’sirini aniqlash;
– mahsulot sotishni oshirishning ichki xo’jalik zaxiralarini aniqlash;
– aniqlangan zaxiralarni o’zlashtirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum tashkilotning ishlab chiqarish tsikli yakunlanganligi, ishlab chiqarishga bo’naklangan tashkilot mablag’larining pul shaklida qaytganligi va barcha mablag’larning yangi tsikli boshlanganligini tavsiflaydi. Mahsulot sotish hajmidagi o’zgarishlar tashkilotlar faoliyatining moliyaviy natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Sotishdan tushumlar o’zgarishi shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillar sirasiga quyidagilar kiritiladi:
– sotish hajmi o’zgarishi;
– sotilgan mahsulotning chiqarish narxi o’zgarishi;
- sotish tarkibi o’zgarishi.
Sotishdan tushumlarning umumiy o’zgarishi quyidagi tarzda omilli og’ishlar miqdori ko’rinishida tasvirlanishi mumkin:
,
Bu erda
– hisobot yilidagi tushum;
bazis yildagi tushum;
– sotish hajmi o’zgarishi natijasida og’ish;
– sotish tarkibi o’zgarishi natijasida og’ish;
- sotilgan mahsulotning chiqarish narxi o’zgarishi natijasida og’ish.
Bunda tushumni (T) sotish narxining (r) sotish hajmiga (q) ko’paytmasi sifatida tasavvur qilamiz. Bunda bazis yildagi tushum quyidagiga teng bo’ladi:
,
Joriy yildagi tushum esa:
,
Bu erda , – bazis va joriy yildagi sotish narxi;
, – bazis va joriy yildagi sotish hajmi.
Bundan kelib chiqqan holda sotish hajmi o’zgarishining (o’zgarmas narxlar holatida) tushum o’zgarishiga ta’sirini hisoblash quyidagicha bajariladi:

Sotish narxi o’zgarishining (o’zgarmas hajmda) tushum o’zgarishiga ta’sirini hisoblash quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

Tahlil jarayonida sotish tarkibining o’zgarishi kabi omillar ta’siri ham aniqlanadi. Bunda alohida assortiment pozitsiyalarning bazis va tahlil davrida sotishning umumiy hajmidagi ulushi belgilanadi, keyin esa strukturaviy o’zgarishlarning umumiy sotish hajmiga ta’siri hisoblanadi. Sotilgan mahsulot assortimenti o’zgarishi natijasida olinmay qolgan tushum – salbiy, rejadan tashqari tushum ijobiy baholanadi. Yanada batafsil tahlilda strukturaviy o’zgarishlarning yanada aniqroq bahosi talab qilinadi.

Yüklə 108,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə