Ipakchilik iqtisodiyoti



Yüklə 38 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü38 Kb.
#183029
  1   2   3
1-mavzu


O’QUV MATERIALLARI MA’RUZALAR MATNI


1-MAVZU: “IPAKCHILIK IQTISODIYOTI” FANINING PREDMETI, VAZIFASI VA USLUBLARI
Reja:

  1. Ipakchilik iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari.

  2. Ipakchilikning respublika itisodiyotidagi o’rni va ahamiyati.

  3. Iqtisodiyotni modernizatsiya tsilish sharoitida agrar sohani rivojlantirish tamoyillari.

  4. Ipakchilik iqtisodiyoti fanining o’rganish usullari.



Ipakchilik iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari
Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini ilmiy asoslarini yaratish qishloq xo’jaligini rivojlantirishda nixoyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo’jaligida talabga javob beradigan quyidagi huquqiy, tashqiliy iktisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratildi, ya’ni:
-mulkchilikning turli shakllari barpo etilishi, natijasida erkin mulkiy munosabatlar vujudga keldi, tadbirkorlikning xar xil turlarini yaratish, ularni rivojlantirish yo’llari izlanmokmokda, yer-suv isloxotlari amalga oshirilmokda;
-tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (er-suv, kapital, Mehnat, tadbirkorlik kobiliyati)dan samarali foydalanish, ishlab chikarilgan maxsulotlarni sotish, daromad, foyda va ularning taksimlanishi, investitsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga muvofik joylashtirish, ixtisoslashtirish xamda agrosanoat integratsiyasini xalkaro munosabatlar asosida tashqil etish bilan bog’lik bo’lgan iktisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmokda,.
YUqorida ta’kidlangan iktisodiy munosabatlar tizimini yaratishda xalkimiz xamda qishloq xo’jaligining uziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda tabiiy, ijtimoiy, iktisodiy konunlar, iktisodiy kategoriyalar talablaridan okilona foydalanish taqozo etiladi.
Qishloq xo’jaligining barqaror iktisodiy asosini, takror ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishni ta’minlaydigan iktisodiy munosabatlar tizimini yaratish, ularni xayotga joriy etish masalalarini, yo’llarini o’rganish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ilmiy me’yorlar doirasida boshqarish va boshqarishni tashqil etish «Ipakchilik iqtisodiyoti » fanining predmeti xisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarini boshqarish tizimi:
-boshqarilayotgan ob’ektlar xolati xakida axborot olish va taxlil kilish;
-boshqarish buyicha qarorlar qabul kilish;
-ob’ektlarga boshqaruv ta’sirlarini utkazish;
-ob’ektlarning yangi xolati xakida axborot olish va taxlil kilishdan iborat. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jixatdan menejment usullari mukammalligi va to’g’ri shakllanganligi bilan uzviy bog’likdir. Menejment usullari bu - boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli yunaltirilgan ta’sir utkazishning usullari bo’lib, ya’ni uning vazifasi boshqaruvning ishlab chiqarish jamoasi oldiga kuyilgan maqsadlarni muvofiklashtirishni ta’minlashdan iboratdir.
«Ipakchilik iqtisodiyoti » fanining maqsadi

  • qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida cheklangan yer-suv, Mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanishni;

  • qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyatini;

  • agrar-iktisodiy isloxotlar, ularni rivojlantirish yo’llarini;

  • qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar, ularning ishlab chiqarish samaradorligi va ular faoliyatini takomillashtirish yo’llarini;

  • boshqa masalalarni o’rganish.

«Ipakchilik iqtisodiyoti » fanining vazifalari:

  • ilg’orqishloq xo’jalik korxonalarining erishgan yutuklarini chukur o’rganish va ularni boshqa xo’jaliklarga joriy kilish uchun tavsiya etish ;

  • ekin maydonlari birligi xisobiga ko’prok va arzonrok maxsulot yetishtirish uchun kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni joriy kilish imkoniyatini yaratish uchun iktisodiy tadbirlar ishlab chikishdan iborat.

Qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni, ahamiyati quyidagilarda ifodalanadi:

  • qishloq xo’jaligi axolini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, oziq-ovqat kishilarning ma’naviy xayoti va moddiy ishlab chiqarishining asosi xisoblanadi;

  • qishloq xo’jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo manbaidir. Bu tarmoqlarning maxsuloti xam bevosita axoli extiyojlarini kondirish uchun foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi va samaradorligi sanoatning ayrim tarmoqlari ishlab chiqarish xajmini va samaradorligini aniklaydi. To’qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 40 foizini, kand sanoatida - 70 foizini, sut va yog’ maxsulotlarida 80 foizga yakinini qishloq xo’jalik xom ashyosi tashqil kiladi. Hozirgi vaktda mamlakatda axoli iste’moli fondining 3/4 kismi bevosita qishloq xo’jalik maxsulotidan yoki qishloq xo’jaligi xom ashyosidan ishlab chikarilgan sanoat maxsulotidan iborat;

  • qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mamlakat og’ir sanoatining rivojlanish sur’atiga va darajasiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi yirik mikdorda ishlab chiqarish vositalarini iste’mol kilgani xolda traktor, meliorativ va qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniksa mineral ugit ishlab chiqarishga faol ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi vaktda qishloq xo’jaligi maxsulotini ishlab chiqarishga ketadigan moddiy xarajatlarning asosiy kismini sanoat yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari (yokilgi-moylash materiallari, zaxira kismlar, mineral ugit, omuxta yem, asosiy vositalar amortizatsiyasi va boshqalar) tashqil kiladi;

  • qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga Mehnat resurslarini jalb kilish sifatida katta ahamiyatga ega, chunki bu tarmoqda faol xodimlarning 40 foizi faoliyat olib boradi. Qishloq xo’jaligi xodimlarning bir kismini boshqa tarmoqlarga utkazib, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga katta xissa kushadi;

  • qishloq xo’jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni yana shu bilan aniklanadiki, u umumxalk masalalarini xal kilish uchun zarur bo’lgan jamgarishning muhim manbai xisoblanadi. Qishloq xo’jaligida mamlakat xalk xo’jaligida tashqil topgan kushilgan kiymatning yuqori ulushi yaratiladi.


Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə