Ipakchilik iqtisodiyoti



Yüklə 38 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü38 Kb.
#183029
1   2   3
1-mavzu

Qishloq xo’jaligining respublika itisodiyotidagi o’rni va ahamiyati
Respublikada bozor isloxotlariga o’tishning tamoyillari asosida qishloq xo’jaligi rivojlanishida tub burilish yasaldi.
Qishloq xo’jaligida isloxotlarni amalga oshirishning huquqiy va me’yoriy
asoslari:

  • O’zbekiston Respublikasining “Dexkon xo’jaligi to’g’risida” konuni 1998 yil;

  • O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida” konuni (yangi taxriri) 2004 yil;

  • O’zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to’g’risida” konuni 1998 yil;

  • O’zbekiston Respublikasining “Er kodeksi” 1998 yil;

  • O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida” konuni 1993 yil;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo’jaligida isloxotlarni chukurlashtirishning eng muhim yunalishlari to’g’risida” gi PF- 3226-sonli Farmoni;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Kontseptsiyasi to’g’risida”gi PF-3342- sonli Farmoni;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 noyabrdagi “2006 yilda qishloq xo’jaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xo’jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 215-sonli qarori;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 mart “SHaxsiy yordamchi va dexkon-fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirish to’g’risida”gi Farmoni;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 11 yanvardagi “Meva sabzavotchilik va uzumchilik soxasini islox kilish buyicha tashqiliy chora-tadbirlar to’g’risida” gi Farmoni;

  • Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 383-sonli qarori;

  • Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 30 oktyabrdagi “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 476-sonli qarori;

  • Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 5 noyabrdagi “Qishloq xo’jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 486-sonli qarori;

  • Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 23 iyuldagi “Suv resurslarini boshqarishni tashqil etishni takomillashtirish to’g’risida”gi qarori;

  • Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi “2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 607-sonli qarori;

  • “2006-2010 yillarda koramolchilikni rivojlantirishni ragbatlantirish” dasturi

  • 2008 yil 6 oktyabrdagi «Fermer xo’jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalarini makbo’llashtirish chora tadbirlari buyicha takliflar ishlab chikish maqsadida maxsus komissiyani tashqil kilish to’g’risida»gi 3077 farmoyishi;

  • 2008 yil 20 oktyabrdagi «Ozik ovkat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish chora tadbirlari to’g’risida»gi 404 sonli Farmoni;

  • «Iqtisodiyotni real sektori korxonalarini kullab-kuvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport saloxiyatini oshirish chora tadbirlari dasturi to’g’risida»gi 4058 sonli Farmoni qishloq va suv xo’jaligi tizimidagi korxona va tashqilotlarni ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi.

Mustakillikning dastlabki yillarida mamlakat qishloq xo’jaligini xamda u bilan bog’lik bo’lgan tarmoqlarni boshqarish bilan:
-O’zbekiston qishloq xo’jaligi vazirligi;
-Respublika melioratsiya va suv xo’jaligi vazirligi;
-Urmon xo’jaligi vazirligi;
-Meva sabzavot uzum sanoati aktsiyadorlik jamiyati;
-Davlat suv xo’jaligi kurilishi kumitasi;
-Davlat yer resurslari kumitasi;
-Uzgushtsanoati aktsiyadorlik jamiyati va boshqa tashqilotlar shugullanganlar.
Ushbu tuzilmalarning faoliyati bozor iktisodi tamoyillari asosida samarali boshqarish talablariga mos kelmay koldilar. SHuning uchun xam ularning faoliyatini uygunlashtirish natijasida boshqarilishi kulay bo’lgan ixcham vazirliklar, kompaniyalar xamda davlat kumitalari shakllantirildi. Hozirgi davrda O’zbekiston Qishloq va Suv xo’jaligi vazirligi, Respublika dexkon va fermer xo’jaliklari uyushmasi, Uzmevasabzavotuzum xolding kompaniyasi, Uzqishloqmashlizing kompaniyasi, Uzdonmaxsulot aktsiyadorlik kompaniyasi, Uzagromashservis kompaniyasi va boshqa tashqilotlar faoliyat ko’rsatmokdalar. Ularni kelajakda yanada takomillashtirish talab etiladi.
Qishloq va suv xo’jaligi tizimidagi korxona va tashqilotlarni ijtimoiy- iktisodiy faoliyatlarini rivojlantirish, uning samaradorligini yuksaltirish maqsadida tarmoqda moliya, kredit, solik va baxolar isloxoti amalga oshirilmokda, erkin bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida nodavlat mulkchiligiga asoslangan sub’ektlarni moliyalashtirish tartibi tubdan uzgardi.
Ularning faoliyatini moliyalashtirish asosan uz mablaglari evaziga amalga oshirilmokda. Uning manbasi bo’lib maxsulot yetishtirib sotish, xizmat ko’rsatish natijasida olayotgan pul daromadlari, asosiy vositalarning eskirishi okibatida shakllanayotgan amortizatsiya fondi, ishlab chiqarish vositalarini sotishdan olinayotgan pul tushumlari xamda ularning foydalari xisoblanadi. Davlat buyurtmalari mikdoridagi paxta xamda gallani ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mablaglar davlat tijorat banklari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar evaziga koplanmokda. SHu manbalardagi mablaglar yetishmagan xollarda qishloq xo’jalik korxonalari davlatning, tijorat banklarining, xorij davlatlarining nodavlat korxona va tashqilotlari, xomiylar va boshqalarning vaktincha bush bo’lgan mablaglarini jalb etmoqdalar.
«Ipakchilik iqtisodiyoti » fani uzining maqsad va asosiy vazifalarini xal etishda barcha iktisodiy munosabatlarni o’rganishda bir kator tadkikot usullaridan foydalanadi.
Taxlil kilish-xodisaning xar bir kismini aloxida batafsil o’rganish, ular orasidagi bog’lanishlarni tadkik kilish maqsadida ularni tarkibiy kismlarga ajratishdir. Taxlil kilish ilmiy bilishning eng asosiy va ko’p tarkalgan usullaridan biri xisoblanadi. Uning asosiy vazifasi ishlab chiqarish tarmogidagi chukur jarayonlarni va xususiyatlarni ko’rsatib berishdan iboratdir.
Taxlil usuli - ilmiy o’rganish usuli bo’lib, bunda tadkikot ob’ekti xayolan ayrim bo’laklarga bo’linadi yoki ob’ektning belgi va xossalari ayrim o’rganish uchun ajratiladi. Taxlil ayrim elementlarning moxiyati va ular orasidagi bog’likliklarni aniklashga imkon yaratadi.
Iktisodiy-statistik uslub - o’rganilayotgan ob’ektlarning katta majmuasida, ishlab chiqarish omillarini o’rganish va ularning sunggi natijasini aniklashda kullaniladi. Notipik, ya’ni doimiy bo’lmagan xolatlar, shart-sharoitlarni bartaraf kilishga imkon beradi.
Tajriba uslubi - bu uslub ishlab chiqarishni tashqil etishning usullari va yo’llariga iktisodiy jixatdan baxo berish buyicha tajribalar utkazish, korxona faoliyatining shart-sharoitlarini aniklash, bu shart-sharoitlarning samaradorlikka ta’sirini aniklashda kullaniladi. Tadkikotlarning yuksak sifatli bo’lishiga imkon beradi.
Xisob-kitob, reja uslubi - bu uslub korxonada ishlab chiqarishni tashqil etishda ba’zi bir jixatlar yoki butun tizimni rivojlantirishning istikbolli rejasini ishlab chikishda kullaniladi. Maqsadga erishishning eng samarali variantini tanlash, ya’ni kuyilgan vazifalarni okilona bajarishga imkon yaratadi.
Deduktiv usuli - umumiy koidalar va konuniyatlardan kelib chikib, nisbatan juz’iy xulosalar chikariladi. X,ar kanday iktisodiy tamoyil va mexanizmning amal kilishini aniklashda dastavval nazariy goyalarga, sungra ularning amal kilishiga asoslaniladi. Bu jarayon muammoni tadkik etishning deduktiv usuli deb nomlangan. YUqoridagi masalani tadkik etishda, o’rganishda dastavval ma’lumotlar, vokealar, faktlar o’rganiladi.
Induktiv usuli - bunda aloxida bir xil faktlardan umumlashtirishga, juz’iydan umumiy xulosalar chiqarishga tayaniladi. Nazariy goyalarni yaratish jarayoni esa induktiv tadkik etish usuli deb nomlangan. Demak, qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan xar kanday iktisodiy muammoni avval uning nazariyasidan, ya’ni goyasidan amal kilishiga karab o’rganish yoki bu muammoning amaliyotga joriy etilishidan, ya’ni amaliyotdagi xolatiga asoslangan xolda goya yoki nazariyasini yaratishga karab tadkikot olib borish mumkin.
“Ipakchilik iqtisodiyoti ” fanida kullaniladigan xar bir uslub uziga xoslikka, afzalliklarga va ayni paytda ma’lum bir kamchiliklarga xam ega. Fanda tadkikotlar oldiga kuyilgan anik maqsad va vazifalarga karab, biror uslub yoki uslublar majmuasidan foydalaniladi. Pirovard natijaning xakkoniyligini aniklashning eng muhim yo’li - ilmiy xulosalarning amaliyotda, ishlab chiqarish tajribasida keng isbotlanishidadir.

Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə