International journal of philosophical studies and social sciences


Tavsiya va xulosalar (Conclusion/Recommendations)



Yüklə 416,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü416,05 Kb.
#146285
1   2   3   4   5   6
89-92

Tavsiya va xulosalar (Conclusion/Recommendations) 
Aynan qо‘g‘irchoq teatri mahsulotlarini reklamalashtirish va ommaga targ‘ib qilish yaxshi natija 
beradi. Spektakllarimizni internet tarmoqlari, televideniye, radio va gazetalarda reklama qilishni 
kuchaytirsak ba’zi insonlarning unutilgan xotirasiga eslatma bо‘lar edi. Qо‘g‘ichoq teatriga borib yosh 
tomoshabinlarning ozligini kо‘rib shu fikrga keldimki, oxirgi paytda qо‘g‘irchoq teatri insonlarning 
xotirasidan о‘chib ketayotganday. Buning asosiy sababi televideniye va ommaviy axborot vositalarida 
qо‘g‘irchoq teatri haqida kam ma’lumot berilishidir. Misol tariqasida biror bir qо‘g‘irchoq spektalini 
tasvirga olib “Bolajon” yoki “Aqlvoy” kanali orqali namoyish etilsa, bolajonlar uni kо‘rib qо‘g‘irchoq 
teatrga mehri uyg‘onadi va bu mehr uni teatrga yetaklab kelardi.
Bundan tashqari “Sevimli”, “Zo‘r”-TV va shunga о‘xshash telekanallarda qо‘g‘irchoq teatri 
haqida kо‘rsatuvlar, intervyular va hujjatli filmlar ishlansa xalqimizning qо‘g‘irchoq teatriga bо‘lgan 


INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND 
SOCIAL SCIENCES 
ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039 
http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss
  Vol 2, Issue 3 2022
Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce, 
distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to 
the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode
 
92 
qiziqishi ortadi. Aslida qо‘g‘irchoq teatri elementlari telekо‘rsatuvlarda ishlatiladi. Ammo uni 
qо‘g‘irchoq teatri rejessurasi natijasida vujudga kelganligini esdan chiqarishadi. Masalan, “Sevimli” 
kanalidagi “Kim ekan?”, “Zo‘r”-TV kanalidagi “О‘g‘irlangan niqob” teleshoulari qо‘g‘irchoq teatri 
asosiga qurilgan. [9] Sirli san’atkor о‘zining kimligini yashirish, boshqa kuzatuvchilar topa olmasligi 
uchun turli niqob, kiyim va boshqa ashyolarga “berkinib” olishadi. Axir bu qiyofalarni hosil qilish uchun 
kastyum ustalari va dizaynerlar qancha fantaziyani ishga solishganini bilasizmi!? Ular har bir 
kо‘rsatuvga alohida turli obrazlar yaratishadi. Bizningcha, bu sohada qо‘g‘irchoq teatri artistlari va 
qо‘g‘irchoqsoz rassomlar tajribasidan unumli foydalanish mumkin.

Yüklə 416,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə