International journal of philosophical studies and social sciences


INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND



Yüklə 416,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü416,05 Kb.
#146285
1   2   3   4   5   6
89-92

INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND 
SOCIAL SCIENCES 
ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039 
http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss
  Vol 2, Issue 3 2022
Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce, 
distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to 
the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode
 
91 
ustivorlik qiladi. О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabiysi, professor Maryam Ashurova 
“Aktyorlik mahorati fanini о‘qitish metodikasi” kitobida shunday yozadi “Qо‘g‘irchoq teatr san’ati 
boshqa san’at turlaridan inson bilan bir qatorda jonivorlar va abstrakt mavjudotlar obrazlarini yaratish 
imkoniyati borligi bilan farq qiladi”[6]. 
San’atshunos, dotsent A’zamjon Abduxalilov aytganday “Qо‘g‘irchoq teatri – inson 
ma’naviyati, inson kamoloti uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘libgina qolmay, u bosh bо‘g‘in, 
birinchi zinaning birinchi zinapoyasi, qо‘g‘irchoq teatrining asosiy maqsadi - jajji murg‘ak qalblarga 
ezgulik ulashish”.[7]
О‘zbek milliy qо‘g‘irchoq teatri ijodkorlari ham qisqa muddat ichida bir necha spektakllarni 
sahnalashtirdilar. Jumladan; О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, rejissor M. Egamnazarova 
“Kashmir qо‘shig‘i”, “Bahoroy va Navrо‘z” spektakllarini, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, 
rejissor SH. Yusupov bolajonlarga о‘z tarixini bilish, vatanga muhabbat tuyg‘usini singdirishga xizmat 
qiluvchi “Tomaris”, “Shiroq”, “Sabbai Sayyor” spektakllarini sahnalashtirdi va qо‘g‘irchoqlarning 
yangi turini kashf etdi. 
О‘zbek milliy qо‘g‘irchoq teatri va viloyatlardagi jamiki qо‘g‘irchoq teatrlarida spektakllarni 
sahnalashtirib kelayotgan О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiyi Fathulla Xojayevning 
“Turna pati” (Andijon viloyat Qо‘g‘irchoq teatrida), “Oh, bu Xо‘ja Nasriddin” (О‘zbek milliy 
qо‘g‘irchoq teatrida) spektakllari, professor Maryam Ashurovaning “Assalom, Navrо‘z”, “Sehrlangan 
shahzoda”, “Sinbodning sarguzashtlari” (О‘zbek milliy qо‘g‘irchoq teatrida) spektakllari ham alohida 
tahsingga loyiq.
Lekin achinarli tomoni shundaki, ushbu bir-biridan qiziq, tarbiyaviy ahamiyati yuqori 
spektakllarni tomosha qiluvchi yosh muxlislar kamayib bormoqda. Avloddan avlodga о‘tib kelayotgan 
ma’naviy tarbiyani yosh avlodga singdirish, ota-onaga, ona-zaminga, insonlarga bо‘lgan mehr-
muhabbatni yuksaltiruvchi maskan bu – Qо‘g‘irchoq teatridir. Bu haqda san’at pedagogokasining yetuk 
namoyandalari allaqachon muhim xulosalarni yozib о‘tishgan [8] Hozir internet tarmoqlari, 
televideniye, radio va gazetalar rivojlangan davr. Har bir mahsulot egasi о‘z tovarini mana shu internet 
tarmoqlari va televideniye orqali reklama qilib о‘z ampulasini kengaytirmoqda. Tovar uchun reklama 
eng asosiy unsurlardan biridir. 

Yüklə 416,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə