International Conference on Developments



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə2/7
tarix25.10.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#130728
1   2   3   4   5   6   7
22 (2)

Hosted from Bursa, Turkey
https: econferencezone.org Nov. 26th 2022
samaradorligini yo‘qotishi yoki sustlashtirishi mumkin. Natijada, sport natijalari ham, jismoniy va funksional imkoniyatlar ham taraqqiyotdan to‘xtashi ehtimoldan holi emas. Bunday vaziyatni kelib chiqishi tabiiy holatdir. Chunki organizmning yuklamalarga moslashish imkoniyati cheksiz bo‘lmaydi, an’anaviy yuklamalarga ko‘nikish hosil bo‘ladi, ixtisoslashtirilgan maxsus mashqlar sport mahoratini o‘sishiga «qudrati» yetmay qoladi.
Ma’lumki, yildan yilga gimnastik mashqlar dasturi yangicha mazmun va mohiyatga ega bo‘lib, ijro etilayotgan harakat kombinasiyalari borgan sari murakkablashib borayapti. Binobarin, ushbu vaziyat gimnastik ko‘pkurash turlari istiqbolini oldindan belgilab byerish imkonini yaratadi.
Jismoniy tarbiya va sport insonni jismoniy rivojlanishi, uning ontogenetik taraqqiyotida jismoniy sifatlari, morfofunksional va psixologik imkoniyatlarining o‘zgarish qonuniyatlari bilan bog‘liqdir.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayoni turli malakali sportchilarni tayyorlash tizimining ustivor va ajralmas qismiga mansubdir. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu sifatlarni rivojlantirish samaradorligi harakat malakalariga o‘rgatish muddati va shu malakalarni o‘zlashtirish sur’atini belgilaydi.
So‘nggi yillarda gimnastik elementlarning murakkablashib borishi yosh gimnastikachilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Gimnastik mashqlarga dastlabki o‘rgatish jarayonida bolalar trenerlari, aksariyat hollarda, ayrim muammolarga duch kelishi kuzatilib turadi. Jumladan, hatto eng oddiy gimnastik element texnikasiga o‘rgatishda muayyan jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasiga tayaniladi. Ammo ko‘pincha shu sifatlarning rivojlanganlik darajasi gimnastik elementlarni samarali o‘zlashtirish imkonini bermaydi. Shunday vaziyatlarda odatda ikki yo‘nalishda tashkil etiladigan maxsus mashg‘ulotdan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu turdagi mashg‘ulotlarning yo‘nalishlaridan biri – bu harakat qobiliyatini shakllantirish, ikkinchisi – harakat ko‘nikmalarini tarbiyalash. Qayd etilgan vazifalarni alohida mustaqil va birgalikda hal etish mumkinligidan qat’iy nazar muvofiq jismoniy sifatlarni ham bir yo‘la rivojlantirish zarur bo‘ladi. Binobarin, zamonaviy gimnastik mashqlarni samarali o‘zlashtirish ustivor jihatdan ixtisoslashtirilgan jismoniy tayyorgarlikka bog‘liqdir.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonini o‘z ichiga oladi.
Ushbu jismoniy sifatlarni rifojlantirishda qaysi biriga ustunlik bilan yondoshish masalasida mutaxassislar fikri turlicha. Bir guruh mutaxassislar tezkorlik, kuch-tezkorlik sifatlari va koordinasion qobiliyatga urg‘u berish lozimligini ta’kidlaydilar. Ular shu sifatlarga ustunlik berilishini bolalarning yosh xususiyatiga mutanosib ekanligi bilan izohlaydilar. Boshqa bir guruh olimlar jismoniy sifatlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni e’tiborga olgan holda, mazkur yoshdagi bolalarda barcha sifatlarni barovar rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratadilar.





130

International Conference on Developments in Education

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə