Innovative trends in science, practice and education


INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE " INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND



Yüklə 338,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.02.2023
ölçüsü338,58 Kb.
#101165
1   2   3   4
127-130

INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE " INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND 
EDUCATION" 

 
 
 

2022 Munchen, (Germany)
 
128 
to‘ldirish zarurati. Eng avvalo, ilmiy-falsafiy va ijtimoiy-siyosiy leksika mana 
shunday bo‘g‘in bo‘lib maydonga chiqadi. Leksikaning aynan mana shu doirasiga 
terminologik aniqlik va barqarorlik berish zarur bo‘ldi; muhim tushunchalarni 
ifodalashdagi o‘zboshimchalik, xilma-xillik, barqarorlikni tugatish zarur bo‘ldi. 
2.
Yangi o‘zlashayotgan so‘zlar o‘zlarining ruscha muqobillari bilan 
mazmuniga ko‘ra qisman moslashdi, chunki ular semantik aniqlik, ―terminologik‖ 
ustunlikka ega. Ruscha muqobillar esa mazmuniga ko‘ra nisbatan kengroq, shu 
boisdan noaniqroq, tushunchaning barcha mavjud yangi ma’no nozikliklarini aniq 
ifodalay olmaydi. 
Yevropacha asosdagi tushunchalar ma’lum darajada ―internatsional‖ bo‘lib
qoldi hamda bunday tushunchalar bir qator Yevropa tillari (fransuz, ingliz va 
boshq.)da ma’lum so‘z-terminlar bilan qo‘shilib ketdi. 
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL 
Xozirgi o‘zbek tili ham boshqa tillar singari so‘z o‘zlashtirish borasida ancha 
boy tajribaga ega. O‘zbek adabiy tili tarixining taraqqiyot davriga nazar tashlasak, 
o‘zlashgan so‘z va shakllar turli davrlarda turlicha ijtimoiy sabablar bilan kirib 
kelgan. O‘zbek adabiy tilining lug‘at tarkibidagi so‘zlar tarixiy shakllanishi jihatidan 
faqat turkiy tillarga xos bo‘lmay, balki fors-tojik, arab, mug‘ul, rus, uyg‘ur tili orqali 
xitoy tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardan iboratdir. Manbalarda ta’kidlanishicha, tashqi 
manba asosida lug‘at boyligining kengayishi o‘zbek tili doirasida 30-35 % ni tashkil 
etadi. O‘zbek tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar olimlarimiz tomonidan 
tizimlashtirilgan holda quyidagicha tavsiflanadi: 
1)
arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar; 
2)
fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘zlar; 
3)
1917 yilgi oktabr to‘ntarishidan keyin o‘zbek tilida paydo bo‘lgan rus- 
baynalmilal so‘zlari . 
O‘zbek tilida bevosita arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning ko‘pligi VII-VIII 
asrlarda yurtimizning arablar tomonidan bosib olinishi va arab tilining rasmiy til 



Yüklə 338,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə