Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari Reja Dinlarning qadimiy shakllari 2



Yüklə 39,21 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü39,21 Kb.
#160867
  1   2
qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlar



Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari
Reja
1. Dinlarning qadimiy shakllari
2. Iqtosodiy g'oya,qarash,ta'limotlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi
3. Qadimgi fikr: ishlab chiqarish qoidalariga eskicha qarashlar va yangicha qarashlar

Kirish
«Din» tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko'p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayon ifodasidir. Undan o'tmishdagi g'oyat og'ir va hozirgi murakkab sharoitlarda har xil ijtimoiy-siyosiy harakatlar turli maqsadlar yo'lida foydalanishga intilganlar. DIN tushunchasi o'zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo'lib, ishonch, inonmoq ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o'ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir.Din paydo bo'lishidagi asosiy sabab - tabiat kuchlari va xodisalarining odamlar ustidan xukmronligi, ularning bu xodisalar sabablarini bilmasligi natijasida ushbu kuchlar, xodisalardan qo'rquvga, daxshatga tushib qolganliklari.Ibtidoiy jamiyatdagi «aql-idrokli odamlar» uyqu va o'lim kabi tabiiy xodisalarning sirini bilmaganlar. Bu xodisalarni xam ular g'ayri tabiiy kuchni, inson tepasida turgan jonning xarakati, deb tushunganlar. Uyqu vaktida jon tanadan uchib chiqib ketadi, butunlay chiqib ketib qaytib kelmasa, o'lim sodir bo'ladi, deb tasavvur qilganlar.Ibtidoiy odam jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o'ziga xos xususiyatga ega edi. U ibtidoiy bo'lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo'lgan odam edi. Bilim miqdorining nihoyatda ozligi, oldinda turgan hayotdan qo'rquv va uni yengishga bo'lgan intilish shunga olib bordiki, nafaqat aqliy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, hayoliyo-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Shuning natijasida asta-sekin diniy tasavvurlar shakllandi.Dinlar unga e'tikod qiluvchilarning soni, miqyosi, o'zining ma'lum millat yoki xalqqa xosligi yoki millat tanlamasligiga ko'ra quyidagi guruxlarga bo'linadi:1) urug'-qabila dinlari;2) milliy dinlar;3) jaxon dinlari.Dinlar ta'limotiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi:1) monoteistik-yakka xudolik.2) politeistik-ko'p xudolik.

Din ijtimoiy hayotni, voqelikni o’ziga xos tarzda aks ettiruvchi ijtimoiy ongning shaklidir.Diniy ta’limotlar jamiyat hayoti bilan bo’gliq ravishda paydo bo’lib, ular jamiyat hayotidagi voqea-hodisalar diniy ta’limotlarda o’z ifodasini topadi. Diniy ong, urf-odatlar, diniy dunyoqarash ko’pjihatdan inson his-tuyg’ulari, ehtiroslari, hayollari ta’siri ostida paydo bo’ladi. Dinning ijtimoiy tarixiy, gnosiologik va psixologik ildizlari mavjuddir. Dinning ildizi dinning vujudga kelishini,uning qayta tiklanishi zaruriyati va imkoniyatlarini, umuman, uning salohiyatini yaratuvchi kishilar yig’indisidir. Dinning ujtimoiy-iqtisodiy ildizi deyilganda dinni vujudga keltirgan kundalik hayotiyshart-sharoitlar yig’indisi tushuniladi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti darajasining pastligi, odamning tabiat kuchlari oldidagi ojizligi ularda ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.Jamiyat hayotining ma’lum bosqichida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy hodisa bo’lib, jamiyathayotida sodir bo’luvchi voqea va hodisalar diniy ta’limotlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Dinlar dastlab politeistik, ya’ni ko’pxudolik dinlardan iborat bo’lib, insonda ong-tafakkur shakllanishijarayonida inson tevarak atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarning sabablarini tushunishga harakat qila boshlaydi. Dinning gnosiologik ildizlarini tashkil etuvchi bu narsa-hodisalarning busabablarini bilmaslik inson tomonidan butun tevarak atrofdagi narsa va hodisalarni jonlantirib tasavvur qilishiga olib keldi. Jamiyat hayotida sodir bo’lgan o’zgarishlar, yirik davlatlarning vujudga kelishi, hokimiyatning yakka hukumdor qo’lida to’planishi odamlarning politeizmdan monoteizmga o’tishiga, ko’plab xudolar ichidan yagona xudoga e’tiqod qilishining boshlanishiga olib keladi. Dinning psixologik ildizlari dinlarning ma’naviy ruhiy ehtiyojlari bilan bevosita bog’liqdir. Insonning o’ziga doimo taskin beruvchi, uning his-tuyg’ularini yengillashtiruvchi kuchga bo’lgan ehtiyoji dinning psixologik ildizlarini tashkil etadi.Din so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ishonch, ishonmoq degan ma’noni bildiradi.




E’tiqod so’zi ham arab tilidan kirib kelgan bo’lib, chuqur mustahkam ishonch degan ma’noni anglatadi.Din bu insonga birdan-bir to’g’ri hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va e’tiqodni ifoda etadigan maslak, qarash hamda ta’limotdir. Diniy imon va e’tiqod din yo’lining to’g’riligi, haqligi ishonchdan iborat ma’naviy ruhiy holatdir. Dinning tarkibiy qismi muayyan elementlardan, diniy ong, diniy ibodat va diniy tashkilotlardan iborat bo’lib, diniy tashkilotlar faoliyati ijtimoiy vazifalar bilan belgilanadi.Jamiyatdagi diniy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari, ya’ni siyosiy, huquqiy axloqiy-ma’naviy, iqtisodiy mehnat munosabatlari hamda jarayonlari bilan bevosita bog’liqdir.Diniy jamoa diniy e’tiqodga asoslangan kishilar birligining asosiy belgilari quyidagilardan iboratdir.1)Diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi, 2)Diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi, 3)Etnik birlik tuyg’usi, 4) Jamiyat azolari orasidagi o’zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar huquq yoki umumiy dasturlar, qoida,fatvolar bilan belgilanadi. Dinlar tarixida ko’p hollarda diniy birlik etnik birlikka mos kelgani uchun din etnik milliy birlik ma’nosini ham anglatgan. Masalan, islom dinida millat emas, islom diniga e’tiqod qiluvchi, Muhamad payg’ambar targ’ibotiga ergashgan kishilar birligi-ummat tushunchasi ishlatiladi. Diniy munosabatlar eng tez o’zgaruvchan munosabatlar bo’lib, bevosita diniy ehtiyojlar bilan bog’lanmagan, ayni zamonda kundalik va muhim ijtimoiy vazifalarni ham qilishga qaratilgan,kishilarning hatti-harakatlarini diniy qarashlar, pand-nasihatlar, odatlar orqali belgilash, yo’naltirish natijasida vujudga keladi.Insoniyat uzining ko'p yillik tarixi davomida katta Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo'lini bosib utgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday Iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, goya, nazariya, kontseptsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir xolda shular davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba’zida tushkunlikka uchragan. Ana shu Iqtisodiy g'oyalarni har tomonlama chuqur o'rganish, tahlil etish, ular umumbashariy ahamiyatlarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya’ni hayotga tatbiq etish nijoyatda xam amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko'p yillik tajriba mujassamlashgan bo'ladi. Iqtisodiyot tarixi (xalq xo'jaligi tarixi) va Iqtisodiy ta’limotlar tarixi Iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta’minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar Iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Ayniqsa, hozirgi davrda Iqtisodiyot xar bir inson xayotiga jo'shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar Iqtisodiyot to'g'risida imkoni boricha ko'proq bilishga intilmoqdalar. Xo'sh, ummon kabi keng Iqtisodiyot fanini o'rganishni nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug'ilishi tabiiy. Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to'la hal etishda o'tgan asr Iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o'tgan donishmandlarning fikr-muloxazalari xozirgi va kelajak to'grisida to'g'ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Iqtisodiyot baynalminal hodisa bo'lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. Hozirgi davrda ham bozor Iqtisodiyotining tamoyillari hamma uchun bir xil bo'lishga qaramasdan natijalar turlichadir.XVIII asr klassik Iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo ob’ektiv, ya’ni inson hoxishiga bog'lik bo'lmagan, ammo ular tomonidan o'rganilishi mumkun bulgan qonunlar asosida amal qiluvchi xo'jalik tizimi tugrisidagi ta’limotni yaratdilar. Ularning fikricha, davlatning Iqtisodiy siyosati bu qonunlarga hilof b'lmay, aksincha, bu qonunlarga suyanishi kerak, ana shunda Iqtisodiyot ravnaq topadi va aksincha. Demak, bu Qonun va qonuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda tug'ri foydalanish xayot talabi bulib bormoqda. Uzoq o'tmishdagi ko'pgina ug'itlar, xayotiy tajribalar, allomalarning fikri va g'oyalari hozirgi kunda asqotmokda, ularni o'rganish va eng muhimi hayotga tatbiq etish zarur. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi deyarli to'rt ming yillik rivoji davomida bir qancha bosqichlarni bosib utdi. Ularning turli yo'nalishlari va maktablari mavjud. Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo'jalik ob’ekti bilan chambarchas bog'likligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganliga sababli printsipda ilmiy emas deyish mumkun emas» deb yozadi taniqli Iqtisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bulgan. Ba’zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o'rganishni taklif etishadi, ammo bu so'nggi nazariya avvalgi ko'p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma’lum vaqtdan keyin o'zgarishi mumkun. XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi Iqtisodiy ta’limot-merkantelizm vujudga keldi. Merkantelizm to'g'risida qisqa ma’lumot beradigan bo'lsak, uning mohiyati Iqtisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallarni kuproq to'plash, ta’limotda esa muammolar (savdo, pul oboroti) sohasidagi Iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, ya’ni avvalgi davrdagi sohalardan keskin farq qiladi. Keyingi muhim o’zgarish, bu klassik Iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu Iqtisodiy ta’limot ichida fiziokratizm xam vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo'lmadi. Klassik maktab g'oyalari xozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo'lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal, …). Marks nomi bilan bog'lik bulgan marksizm ta’limoti (nobozor Iqtisodiyot) xam tarixda muhim o'rinni egallaydi. Xozirgi davrda bu ta’limot to'g'risida imkoni boricha gapirmaslikka va ayniqsa yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko'proq uning salbiy tomonlarini tilga olish «moda» ga kirgan. Bunda «jon» bor albatta, shuni 1917 yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tadbiq etish jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo'lga o'tgan bir necha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni chetlab utish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Hayoliy sotsialistchilar va markschilarning Iqtisodiy g'oyalari ham o'rganilishi zarur. Bunda dialletik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta’kidlanganidek, avvalgi g'oyalar tufayli odatda yangi g'oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g'oya «yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan bo'lmaydi. A.Smitning mashhur asarida uzidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantelizm, fiziokratizm ta’limotlari tahlil etilgan, Yevropaning Iqtisodiy tarixi sinchiklab o'rganilgan va yangi goya vujudga kelgan. Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun Iqtisodchi bo'lgan shaxslarning ko'pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo'yicha boshqa soha sohiblari yoki davlat arboblari bo'lganlar. Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti vrach-shifokor, P.Buagilber huquqshunos - sudya, fiziokrat F.Kene jarrox, B.Mande-vil va A.Smitlar faylasuf bulishgan. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin ammo biz ularni asosan Iqtisodchilar deb bilamiz. Iqtisodiy fan manbaalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bulgan .Qadimiy sharqdan izlamoq mantikan tug'ridir. Iqtisodiy g'oyalarining shakllanishi insoniyatning paydo bulishi bilan boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan goyalargina tahlil qilingan. Shu sababli Iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrogi, xususiy mulk paydo bulishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir. Yangi era – millodning III asridan boshlab Osiyoda, millodning V asridan Garbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish tizimi bilan almashdi. Ammo quldorlik tuzumining koldiqlari feodalizm va xatto kapitalizm davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik, qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865 yillardagi fuqarolik urushidan keyin to'la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan Turkistondagi qullik davri xam shu davrda, ya’ni ulka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, Iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko'ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga o'tildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik mavjud bo'lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo'lgan, rasman ozod dexqonlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari – feodallar yoki davlat barshchina (ishlab berish), natural (maxsulot) yoki pul obrogi (solik) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. SHunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar – dexqonlarning hamkorligiga asoslangan. Qulga nisbatan erkin dexqon ishlab chikarishdan xiyla manfaatdor bo'lgan, O'zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo'jalik mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish kuchlari ancha o'sdi. Feodalizm shu jixatdan avvalgi ibtidoiy jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda ham qolok texnika mavjud bulib, ishlab chiqarishkuchlarining rivoji sekin borgan. Garbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi) dan burjua inqilobi (XVII-XVIII asrlar), aniqrog'i sanoat to'ntarilishi davrigacha yashadi. Ko'pgina mamlakatlarda (masalan, O'rta Osiyo, jumladan, Ozbekiston) bu davr undan ham uzoq vaqtni o'z ichiga oladi (III-XX asrlar). Bu jamiyatda yuzaga kelgan Iqtisodiy qarashlar keng qamrovli bo'lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko'rsatish, tovar – pul munosabatlari muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga qaratilgan. O'sha davrdagi Iqtisodiy g'oyalarda tovar – pul munosabatlari (sudxo'rlikdan tashqari) qo'llab – quvvatlanadi va shu bilan birga feodal jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi. Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarga ko'ra, o'sha davrdagi Iqtisodiy g'oyalarda diniy – axlokqiy yo'nalish kuchli b'lgan. Bozor Iqtisodiyoti bilan bog'lik fikrlarda ikki tomonlama qarash mavjud (tovar ishlab chikarish, sudxo'rlik va b.). Davlat va dinning Iqtisodiyotdagi roli yuqori qo'yiladi. O'rta asrlar oxirida, yer egaligi tuzimi yemirilishi bilan yangi Iqtisodiy g'oyalar vujudga keldi. Jahonda ko’plab dinlar mavjud bo’lib, dinshunoslik fanida ular 3 ta turga, urug’ qabila dinlari, milliy davlar dinlari hamda jahon dinlariga bo’lib o’rganiladi. Urug’-qabila dinlari ibtidoiy jamiyat tuzumida vujudga kelib ularga animizm, fetishizm,totemizm, shomonizm va magiya kiradi. Ibtidoiy jamiyat sharoitida vujudga kelgan bu dinlar diniy tarixiy shakllari ham deyiladi. Animizm lotin tilidan anim , ya’ni jon, ruh degan ma’noni anglatib,insonni o’rab turgan dunyoda turli ruhlarning borligiga ishonishdir. Animizm-ruhlar mavjudligiga ishonishdir. Animizm-ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonot,o’simlik va jonsiz jismlarga ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotdir.Sehrgarlik turlariga davolash, ziyon yetkazish, muhabbat uyg’otish, ovchilik,dehqonchilikka xos xarakat va boshqalar kiradi. Sehr yo’li bilan aldashning asl ildizi xalqmediöinasiga - tibbiyotiga bog’liq. Masalan, o’zbeklarda ko’chiriq qildirish, kuf-suf qilib damsolish, kinna soldirish, isitma-sovutma qilish, fol ochirish shular jumlasiga kiradi. Ziyonyetkazishga qaratilgan sehr boshqa urug’, kabilardagi dushmanga ziyon-zahmat yetkazishni istash,tilashdir: muhabbat uyg’otish sehrgarligi esa isitma-sovutma qilishdan iborat; ovchilik sehri ovdaomadli bo’lish, bunda yirtqichlardan holi bo’lish va h.larga kiritilishdir: dehqonchilikdahosildorlikka hayolan sehrlash yo’li bilan erishishdir. Bu yo’l bilan yomg’ir yog’dirishga urinishdir.Talabalar va ularning yaqinlari bu hodisalarga hozirgi zamon fan va texnika yutuqlari asosida tahlil qilsalar ularning asossizligiga ishonch hosil qiladilar.Sehrgarlik bilan o’zbeklarda azayimxon, duoxon, parixon, kinnachi, baxshi, folbin v.b.larshug’ullangan. Bular hali ham chekka joylarda soddadil odamlarni aldab kun ko’radilar. Sehrgarlarjin (ajina), pari, alvasti, yosuman, dev, ajdaho, arvohlarga ishonishni targ’ib qilib, xurofatparastlarniular tajovuzidan xalos qilishga va’da berib, aldaydilar. Endi ularga deyarli hyech kim ishonmaydi.Fetishizm, fetish so’zi fransuz tilida but, tumor, sanam, sehrli narsa, degan ma’noni aglatadi. Fetishizm jonsiz narsalarni g’ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga sig’inishdir. Sig’inish obyektlari, ya’ni fetishlar- tosh, tayoq, daraxt, umumman, har qanday buyumbo’lishi mumkin. Totemizm. Totem so’zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida “uning urug’i” degan ma’noni anglatadi. Totemizm odamlarning ma’lum guruhi bilan muayyan hayvon,parranda va o’simliklar o’rtasda g’ayritabiiy tarzda qon-qarindoshlik aloqalari bor deb hisoblab ularga sig’inishdir. Totemizm turli xalqlarda mavjud bo’lib, totemlar e’zozlangan, ularni o’ldirish va ov qilish ta’qiqlangan. O’rta Osiyo o’zbeklarining qadimiy ajdodlari qaldirg’och, musicha, laylak,ko’kqarg’a, bug’ilarni shunday deb hisoblab, ularga sig’inganlar: ularni asrab-avaylab, ozor bermay, ulug’lab, maqtab, ozuq berib, yashashi, ko’payishiga ko’maklashganlar.Hayvonlarga sig’inish urf-odatining qoldiqlari hali ham bor. Boshqa xalqlar, jumladanhindilar sigirga, maymunga, ilonga avstraliyaliklar kenguriga shunday qaraydilar.Shomonizm. Shomon so’zi tunguk tilida “o’ta hayajonlangan”, ” jazavali kishi”degan ma’noni anglatadi. Shomonizm odamlar bilan ruhlar o’rtasida vositachilik qila olishi qudratiga ega bo’lgan odamlar-shomonlar borligiga ishonishdir. Shomon go’yo sehrli kuchga ega deb hisoblanadigan doira, nog’ora yoki boshqa cholg’u asbobi jo’rligida qo’llab raqsga, jazavaga tushib ruhlar bilan gaplashishga harakat qilgan. Magiya- sehrgarlik yoki jodigarlik degan ma’noni bildirib, odam, hayvonot yoki tabiatga g’ayri tabiiy yo’l bilan ta’sir o’tkazish maqsadida bajariladigan xatti-harakatlar va urf-odatlar yig’indisidir. Sehrgarlik magiyaning davolash ya’ni o’z ildizlari bilan xalq tibbiyotiga bog’liq bo’lgan ziyon-zaxmat tilash, muhabbat, ya’ni ikki jinsni bir-biriga isitish yoki sovutish, ovchilik ya’ni ovga ta’sir o’tkazish kabi turlari bor. Buning tarixiy shakllari, urug’-qabila dinlarida odamlar tabiatdagi biror narsa hodisani muqaddaslashtirib unga sig’inganlar. Milliy davlat dinlari qadimgi davrga xos bo’lib, davlatlarning vujudga kelishi, turli ijtimoiy tabaqalarning tashkil topishi, diniy ta’limotda oxirat to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lsihi, dinga xizmat qiladigan ruhoniylar tabaqasining shakllanishi, ibodatxonalar qurilib, diniy e’tiqod bilan bog’liq bo’lgan toat-ibodat qoidalarining ishlab chiqilishi, olamning o’z bosqichidan iboratligi va insonning bu dunyodagi xatti-harakati uchun u dunyodagi javobgarligi to’g’risidagi talablar diniy ta’limotlarga kiritldi.Har bir buyum, hodisa kabi din ham o’z mohiyatiga ega. Dinshunoslik asoslari dinning mohiyati g’ayri tabiiy kuchlarga ishonishdan iborat deb ta’lim beradi. Ular qatoriga ibtidoiy dinlarga hos totem, fetish, ruh, milliy davlat va jahon dinlariga xos xudolar, farishta, payg’ambar, avliyo, pir, eshon, murid va v.h.larga sig’inishlar kiradi. Din mohiyatining hodisasi ham bor bu uning namoyon bo’lishi amaldagi ifodasi turli xil ibodatlardir. Masalan, musulmonlarda nomoz o’qish, ro’za tutish, hatna (aqiqa), haj qilish, nikoh o’qitish, xijobga kirish, janoza, maraka, muqaddas sajdagohlarni ziyorat qilish va xokazolardan iborat. Bular diniy amaliyot, din faoliyatini tashkil etadi. Bu esa diniy e’tiqod va tuyg’u, diniy mas’uliyat, ibodatxonalarni, biror diniy tashkilot oldida turgan diniy vazifalari dindor odam, guruh, jamoa, diniy tashkilot va muassasalar faoliyatini namoyon etishdir. Dinning mohiyati va amaliyotni kuchaytiradigan subyektiv omillardan biri diniy ongdir. U esa hayoldagi bor bo’lgan mavjudot hususiyat va shu tarzdagi aloqalar bor deb faraz qilish dindorlarning ular bilan munosabatda bo’lish ehtimoli bor deb hisoblab ularga ishonishdir. Dinning mohiyati dinning vujudga kelishi va qayta tiklanib turishi uning uch ildizi bilan bog’liq, bular ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlar. Bularning paydo bo’lishi va qayta tiklash kishining zaruriyati va imkoniyatini yaratuvchi quvvatlab turuvchi omillar yig’indisidir. Dinning ijtimoiy ildizlari dindorlarning kundalik hayotida, ularning ustidan o’z hukmronligini o’rnatgan, o’tkazayotgan moddiy va ma’naviy munosabatlardir. Bular orasida moddiy (iqtisodiy) ildizlar hal etuvchi rol o’ynaydi. Chunki ibodat qilish uchun ovqatlanish, kiyinish, uy joyga, kiyim-kechakka ega bo’lish albatta kerak. Bo’sh qop tik turmaydi degan naql bor. Kecha kunduz ibodat qilgan, diniy yozuvlarni muttasil o’qigan kishiga ham oziq ovqat kerak ularsiz turmush kechirib bo’lmaydi. Ular esa osmondan tushmaydi. Mehnat bilan yaratiladi. Dinga ishonganda bu mutlaq haqiqatni aslo unutmasligi kerak. Xalqimizda avval taom, badas kalom degan naql bor, ya’ni taom iste’mol qilmasdan toat-ibodat u yoqda tursin, hatto gapirib ham bo’lmaydi.Dinning gnoseologik ildizlari real olamni dinlar ta’limoti nuqtai nazaridan in’ikos ettiradigan diniytasavvur, tushuncha, g’oya va hakozolarning vujudga kelishi imkon tug’diradigan bilish jarayoniga xos xususiyatlardir.


Xulosa
Olamni bilish - bilmaslikdan bilishga tomon boradigan dialektik jarayon; biroq bilish oson, silliq, tekis, to’g’ri yo’ldan bormaydi; unda odam xato qiladi; ayrim narsalarni jonlantiradi, bor yo’g’ini oshirib, toshirib, teskari qilib ilohiy kuchlarga bog’lab aks ettiradi, natijada yo’q narsalarni bor qilib, xatolarni to’g’rilab, uydirmani haqiqat deb albatta ijobiy deb hisoblashlar yuzaga keladi. Bularni quvvatlaydigan ijtimoiy sharoitlar bor bo’lsa ular kuchayadi va tarqaladi. Dinning psixologik ildizlari inson, ijtimoiy guruh va dinga ishonuvchi odamning psixik holatlari uning ahvoli, ruhiyatida, hissiyotida yuz beradigan psixik jarayonlar va mexanizmlardir; bu odamda dindorlikni hosil etish, u yo’qolgan bo’lsa qayta tiklash va diniy ta’limotlarni o’zlashtirishga qulay psixik zamin tayyorlab beradi. Dinning shaxsiy psixologik va ijtimoiy psixologik ildizlari mavjud. Shaxsiy musibat va kulfat, azob-uqubat va g’am-alamlar, o’lim dahshati, yolg’izlik kechinmalar va ruhan ezilish va x.lar kiradi. Uning ikkinchisi ayrim guruh va jamoa psixologiyasiga xos voqyealar biror kishi yoki kishilar bilan muomalaga yoki muloqatga ehtiyoj, jamoatchilik fikri, yoppasiga qo’rquv va vahima, istirob va sovuq habarlar, g’oyat zararli urf-odatlar ta’siri va h.k. kiradi. Masalan, Qirg’izistonga islom ekstremistlari hujumi haqidagi habar uning janubidagi hamma aholini dahshatga soldi. Oldin 250, so’ng 5000 aholi o’z uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo’ldi. Chunki, u jangchilar odamho’r, terrorist, reketchi, talonchi, ko’zi qonga to’lgan, qo’li qonga bo’yalgan, razil, odamlar edi. Ular 16 fevral voqealari tashkilotchilarining egizaklari edilar. Xalqaro miqyosda AQShda 11 sentyabrda bo’lib o’tgan terroristik xunrezliklar ham bunga misol bo’la oladi.Diniy dunyoqarash umuminsoniy qadriyatlarning, dunyoviy bilimlarning barcha tomonlari bilan bog’langandangina jamiyat ma’naviy kamolotiga katta ta;sir ko’rsatadi. Falsafiy dunyoqarash ega dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U diniy dunyoqarashdan farqli ravishda, insonning aqliy-intelektual faoliyatiga ko’proq e’tibor beradi.


Yüklə 39,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə