Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferensiya



Yüklə 357,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü357,89 Kb.
#132154
  1   2
11-14 TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI (1)



https://t.me/scienceboxofficial 
http://conf.sciencebox.uz/ 
11
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS 
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR 
 
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENSIYA 
 
TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI 
SamDAQU dotsenti I.
Yu.Egamov

SamDAQU katta o’qituvchisi 
N.N.Turayeva,
SamDAQU талабаси 
М.Н.Файзуллаев 
Annotatsiya:
O’zbekistonning kelajagi va ravnaqi ko’p tomonlama undagi kadrlarning 
bilimdonligi, kasb tayyorgarligi va ma’naviy yeto’qligiga bog’liq. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da 
uzlo’qsiz ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchi va murabbiylarning kasbiy malakalarini 
oshirish, ularni ilg’or pedagogik texnologiyalar, hamda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan 
qurollantirish xususida alohida ta’kidlangan buyicha ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so`zlar: 
Pedagogik, tarbiya, chambarchas, inqirozga, fan “Tarbiya”, . Qarorga binoan 
Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, anik muddatda va tartibda o’qituvchining 
o’quvchilar bilan olib boradigan mashg’ulot turlarini tushunamiz. Hozirgi kunda, ta’lim 
muassasalarida ta’limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarkalgan. Insoniyat tarixiga 
nazar tashlar ekanmiz, ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos 
xolda paydo bulgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlari odamlarning 
mexnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan xamda bilim berish, o’rgatish 
ishlari yakka tartibda olib borilgan. Davr o’tishi bilan kupchilikka bilim berish extiyoji 
paydo bo’ladi. 
Ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh qilib, 
to’plab o’qitishni taqozo qilgan xamda ta’lim bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar, 
o’qituvchi tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqargan. Shu davrga kelib o’qitishning 
maxsus tashkiliy shakllari paydo bula boshlaydi. Buning natijasida sinf-dars tizimi paydo 
bula boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar 
murabbiy, o’qituvchi bo’lib faoliyat ko’rsatdi. Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz
maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug’ullanganligi «Avesto» va 
boshka tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlarda ta’limni kat’iy 
chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini 
bosqichma-bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Ta’limning tashkiliy masalalari Al-Forobiy «Fan va aql zakovat» asarida o’quv 
fanlarini guruxlarga bo’lib o’qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga 
e’tibor berilgan. Pedagogika tarixida ta’lim tashkil etishning asosiy shakli dars 
xisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi 
Yan Amos Komenskiyning (1592-1670) xizmatlari katta, uni sinov dars tizimining 
asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. Ya.A Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida 
o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda 
boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va 


https://t.me/scienceboxofficial 
http://conf.sciencebox.uz/ 
12
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS 
soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar dikkatini to’plash, 
materiallarni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini 
nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi. 
Bu tarixiy jarayonda pedagogika fani oldida to’rgan muammolardan biri ta’limning 
tashkiliy shakllarini samaradorligini oshirish, ayniqsa, darsni samaradorligini oshirish 
bilan bog’lik ilmiy-nazariy uslubiy va amaliy muammolarni xal etuvchi tadqiqotlar olib 
borishda ko’p ishlar kilindi. O’zbekistonimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga 
oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar tadbiq etish bilan bog’lik ishlar 
qilinmoqda. Sinf deganda, yoshi va bilim darajasibir xil bo’lgan o’quvchilar guruxi 
tushuniladi. Dars – aniq maqsadni kuzlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, 
yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotdir. Darsning maqsadi, 
mazmuni, xajmi ta’lim standartlari (o’quv reja, dastur, darslik va qo’llanma) asosida 
belgilanadi. Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan,bu jarayonda 
quyidagilarga amal qilinishi lozim: Har bir sinfda o’quvchilarning yoshi va bilim darajasi 
bir xil bo’lishi lozim. Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilinagan aniq muddatda olib 
borilishi kerak. Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan 
ishlash shaklida olib boriladi. Dars o’quv fanining harakteri, o’tilayotgan materialning 
mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi va ta’lim tizimining bir qismi 
sifatida tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni uzlashtirmoq uchun zamin 
yaratadi. Shuni unutmaslik kerakki, o’quv yurtlarida ta’lim ishlari faqat sinf dars shaklida 
olib borilmasdan, balki amaliy mashg’ulotlar, tajriba ishlari shaklida ham olib boriladi. Bu 
mashg’ulotlar sinfdan va maktabdan tashqarida fakultativ mashg’ulotlar, tugaraklar, 
ekskursiyalar shaklida olib boriladi. Dars – ta’limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, 
tushunarli, ongli va faol bulishi, bilimlar mustaxkam o’zlashtirilishi, o’quvchi talabaning 
shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olinan xolda tashkil etilishi dars oldiga qator didaktik 
talablarni quyadi. 
Jumladan: Xar bir dars aniq maqsadni kuzlagan xolda puxta rejalashtirilmogi 
lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limi va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars 
bosqichlarini, ya’ni qanday boshlash, qanday tamomlash ko’rgazmali materiallardan 
foydalanish kabilarni oldindan xal qilib oladi. Har bir dars aniq goyaviy, mafkuraviy 
izlanishga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i 
lozim. Har bir dars maktabning, ijtimoiy muxitning imkoniyatini hisobga olgan xolda 
amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rsatmali vositalar bilan jixozlanmogi lozim. Har bir dars 
xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalanilgan xolda tashkil etilishi 
lozim. Dars uchun ajratilgan soat va dakikalarni tejash va unumli foydalanish darkor. Dars 
jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’zaro faol munosabatda bulishi lozim, o’quvchi talaba 
passiv tinglovchiga aylanmaligi lozim. Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir bir 
o’quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan xolda olib borilishi kerak. 


https://t.me/scienceboxofficial 
http://conf.sciencebox.uz/ 
13
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS 
Darsning mazmuni va xarkteriga qarab xalkimizning boy ma’naviy merosidan, ma’naviy 
qadriyatlaridan samarali foydalanish. O’tilayotgan mavzuning mazmuniga bog’lik xolda 
mustakil yurtimizdagi uzgarishlardan o’quvchi talablarni habardor qilish. Darsda 
Prezidentimizning ta’lim soxasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizga, 
farzandlarimizga qarata aytgan murojaatlaridan o’z urnida foydalanish. Ta’lim nazariyasi 
va amaliyotida dars turlari va ularning tuzilishiga ham alohida muammo sifatida qaraladi 
va o’rganiladi.


Yüklə 357,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə