Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 41,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü41,04 Kb.
#163173
  1   2   3   4
Ilm-fan va innovatsiya 1119



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
72 
O‘SMIRLIK DAVRIDA SHAXSNING SHAKLLANISHI 
Jumanazarova Feruza Erkinovna 
Toshkent viloyati oqqo‘rg’on tumani 
43-maktab amaliyotchi psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8002721
 
Annotatsiya:
ushbu maqolada o‘smirlik davrida shaxsining shakllanishini asosiy bosqichlari, 
yo‘l-yo‘riqlari, qiyinchiliklardan chiqib keta olish, vaziyatlarga tog’ri baho berish haqida 
tushuntirilib yoritib o‘tilgan. 
Kirish so‘zlar:
dunyoqarash, e’tiqod, printsip, shaxs xususiyatlari, "ideal men", "axloqiy 
men", "haqiqiy men", tizim, atrof-muhit, ijtimoiy, axloqiy ideallar, qiziqish, qadriyat, individ 
faoliyati, iltifotsizlik, loqaydlik, beadablik, tajovuzkorlik, jamoa, ehtiyoj, madaniy, ma’naviy. 
O‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, printsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs 
xususiyatlari shakllanadigan davr xisoblanadi. O‘smir ulg’aygan sari unda "ideal men", 
"axloqiy men" va "haqiqiy men" singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar 
shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g’risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi. 
O‘smir o‘z faoliyatini muayyan printsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai -nazari asosida tashkil qila 
boshlaydi. O‘smir shaxsini tarkib topirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, 
kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, 
o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag’rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi 
ma’naviy, ahloqiy tushunchalarni to‘g’ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan 
asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular 
zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning 
«men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan 
munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. 
To‘g'ri o‘zini-o‘zi baholash dastavval individ faoliyati natijalari ta'sirida shakllanadi. Lekin 
hamma gap shundaki bu natijalarni ta'sirini atrofdagilar baholaydilar. Shuning uchun 
atrofdagilarning bahosi o‘zini-o‘zi baholashni belgilab beradi. O‘ziga bo‘lgan tuyg'u 
boshqalarning unga bildirgan fikri tufayli shakllanadi va mustahkamlanadi. Agar atrofdagilar 
ta`lim muassasasi o‘quvchisiga xurmat bilan munosabatda bo‘lishsa u ham o‘zini xaqiqiy 
xurmatga sazovor deb hisoblay boshlaydi. Agar, aksincha ish qilinsa, o‘quvchiga muntazam 
iltifotsizlik ko‘rsatilganda, asosiy etibor uning kamchiliklariga qaratilsa, unda uning o‘zi 
haqida xurmatga sazovor emas degan xulosa chiqarishdan o‘zga imkoni qolmaydi. Bunga 
nisbatan ham turlicha holat ro‘y berishi mumkin: loqaydlik, beadablik, tajovuzkorlik va 
boshqalar. 
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu 
yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin 
bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi 
va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining yosh bola 
emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos 
harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular 
o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. O‘smirlik 
davrlaridagi muloqot tizimlari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, 
buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga 
erishadi. Me`yoriy xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish o‘smirlik davriga to‘g`ri keladi. 



Yüklə 41,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə