Ijtimoiy normalar tizizmi


Tabiiy huquq va pozitiv huquq



Yüklə 106 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü106 Kb.
#151952
1   2   3   4   5
Ijtimoiy Normalar Tizizmi

Tabiiy huquq va pozitiv huquq.
Qadimda vujudga kelgan tabiiy huquq g`oyasi golland huquqshunosi Gugo Grotsiyning "Urush va tinchlik huquqi haqida" nomli asarida (1625 y.) puxta ishlangan.
Tabiiy huquq - bu insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bо`lgan huquq va erkinliklari majmuidir. Tabiiy huquq nazariyasi namoyondalari - tabiiy huquqlar qatoriga: insonning erkinlik huquqi, insonlar bilan muloqatda bо`lish, nasl qoldirish, hayotga va oddiy turmush sharoitiga, xususiy mulkka ega bо`lish, hayotini va sog`lig`ini himoya qilish kiradi.
Shu asosda tabiiy huquqlardan kelib chiqadigan asosiy vazifalar - bu qonuniy - boshqa odamlarga, jamiyatga va davlatga zarar yetkazmaslik, boshqa insonlarning huquqlarini amalga oshishiga halal bermaslikdir. Shunday ekan, tabiiy huquq, huquq haqidagi eng yuksak, chuqur axloqiy va oliy darajada adolatli tushunchalarning majmuasini ifodalaydi.
Pozitiv (ijobiy) huquq - bu davlat tomonidan qabul qilingan qoidalar, ya`ni qonunchilik va uning boshqa manbalarida ifodalangan huquqdir. Ijobiy huquq qonunchiliksiz, huquq qoidalarisiz, pretsendentsiz, normativ shartnomasiz bо`lmaydi. Shuning uchun ham qonunchilik va huquq kо`pincha aynan bir narsa deb hisoblanadi.
Huquqning tabiiy va pozitiv turlarga bо`linishi huquqshunoslik fanining bir qator bahsli masalalarini hal qiladi.
Birinchidan, huquqni "keng" va "tor" ma`noda tushunish о`z mazmunini yо`qotadi. Chunki tabiiy va pozitiv huquq g`oyasi nazariy jihatdan aniq va ishonchli, amaliy jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, huquqning paydo bо`lishi davlat bilan bog`lanmagan, chunki tabiiy huquq davlatdan oldin paydo bо`lib, usiz mavjud bо`lishi mumkin. Pozitiv huquqni esa davlatsiz tasavvur qilish mumkin emas va u davlat huquqni yaratishining natijasida bо`ladi. Pozitiv huquq, Gegel ta`biri bilan aytganda, umuman davlatda amal qiladigan huquqdir va u oqilona kuchga ega bо`lgani uchun emas, chunki u mavjuddir"9[13].
Uchinchidan, huquq va qonunchilik о`rtasidagi о`zaro munosabat aniqlashadi.
Qonunchilik tabiiy huquqning ma`lum bir qismini ifodalab beradi. Huquqning qolgan qismi esa prinsip, huquqiy ong va boshqa huquqiy kо`rinishlarda mavjud bо`ladi. Qonunchilik tabiiy huquqni tо`g`ri tasvirlashi mumkin.
Jamiyatda uyushqoqlik va tartib ongda va undan tashqari mavjud bо`lgan aniq ijtimoiy yо`nalishlar asosida insonning yashash sharoitlari quvvatlanadi. Huquq bu yо`nalishlar ichida katta rol о`ynaydi. Ijtimoiy hodisa bо`lmish huquqqa umumiy va о`ziga xos alomatlar xosdir.
Huquq – muhim ijtimoiy qimmatga ega bо`lgan voqelikdir. U mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda katta rol о`ynaydi. Huquq uni boshqa sotsial normalardan ajratib turadigan bir qator о`ziga xos belgilarga ega. Bu belgilar qatoriga quyidagilar kiradi.
Birinchidan, huquq normativ xususiyatga ega. Normativlik faqat huquqqa xos belgi emas. U inson tabiatiga asoslangan bо`lib, har bir ijtimoiy mavjudotga xosdir. Normativlik insoniyat taraqqiyotining ma`lum bir bosqichida paydo bо`lib, har narsani о`z ichiga oladigan harakterga ega bо`ladi, odamlar faoliyatining universal vositasi bо`ladi. Normativlik ma`lum bir qoidalarga asoslanganda jamiyat hayotidagi muayyan tartibning mavjudligini bildiradi.
Fikrlash jarayoni va uning qonuniyligining о`zi normativdir, til va uning grammatikasi normativdir va, nihoyat, ijtimoiy voqelik va inson axloqi ham normativdir. Insoniyat, odatda bilimni va ma`lum qoidalar ichidagi harakatining kerakligini jamlab, erishilgan bilim va tajribalarni mustahkamlaydi, doimo rivojlantiradi, ijtimoiy hayotni meyorga soladi.
Ikkinchidan, huquq adolat va erkinlikni ifodalaydi. Adolat va erkinlik insoniyat doimo intilib kelgan abadiy idealdir. Ezgulikka xizmat qilish, boshqa odamlarning manfaatlarini kamsitmaslik, jamiyatga zarar keltirmaslik - adolatdan hisoblanadi. Agar insonning tashqi kо`rinishi, uning axloqini olsak, jamiyatdagi adolat mezoniga javob beradigan axloq adolatli bо`ladi. Bunday mezonlarning aniqlanishiga va ma`nosiga insoniyatning eng aqlli daholari murojaat qilganlar. Ular haqida Aflotun va Arastu, Forobiy va Alisher Navoiy gapirganlar, deyarli barcha mashhur faylasuflar fikr yuritganlar.
Adolat mezoni kо`p omillarga - iqtisodiy, sinfiy, milliy, demografik va boshqa omillarga bog`liq. Ular turli xalqlarda ma`lum tarixiy sharoit va sivilizatsiya taraqqiyoti darajasiga bog`langan holda о`zgarishi mumkin.
Ma`lum bо`lishicha, qadimda davlatlar va xalqlar bir-birlari bilan uzoq va shafqatsiz urushlar olib borganlar, bunday haddan ziyod vahshiylik (asir olinganlarni, ayollarni, bolalarni о`ldirish, qul qilib olish) adolatli ish deb e`tirof etilgan.
Adolat mezonlari negizida, adolat va erkinlik g`oyalarining mohiyatini ifodalaydigan umuminsoniy asos bо`lishi kerak. Bunday mezonlar tabiiy huquq nazariyasida ta`riflangan. Insonning tabiiy huquqlarga munosabati, ularning davlat tomonidan qо`riqlanishi jamiyatda adolatning ahvoli, hokimiyat va davlatning tabiatini kо`rsatadi.
Qonunchilikda mustahkamlangan umuminsoniy negiz faqat iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy va boshqa qulay sharoitlarda amalga oshadi. Ijtimoiy adolat prinsiplari huquqning turli sohalarida har xil namoyon bо`ladi. Ijtimoiy adolat mehnat qilish huquqida mehnatning hajmi va sifati ish haqiga baravarligida, tadbirkorlik sohasida ijod va tashabbuskorlik qobiliyatiga yarasha mukofot olinishida, fuqarolik huquqida - yetkazilgan mulkiy zarar va qо`ldan ketgan foydani qoplashga mos kelishida, ma`muriy va jinoiy huquqda sodir etilgan qonunbuzarlikka tо`g`ri keluvchi jazoda namoyon bо`ladi.
Taniqli rim notig`i Sitseron "Qonunlar haqida" asarida huquqdagi xaqqoniylik tо`g`risida sо`z yuritib: "Jazo jinoyatga loyiq bо`lishi kerak, har kim qilgan gunohiga yarasha jazo olishi darkor: beboshlik - fuqarolik huquqidan mahrum qilish bilan jazolansin; ochkо`zlik - jarima bilan; obrо`, mansab ishtiyoqi - yomon nom chiqarish bilan", - deb yozgan edi.
Erkinlik - insonning ajralmas xususiyatidir. U faqat bor bо`lganda shaxsning tо`g`ri yashashi, uning ijodiy imkoniyatlari yechilishi mumkin. Tarixda ozodlikni cheklab qо`ygan qonunlar ham ma`lum bо`lgan. Masalan, qullikni ruxsat etgan qonun.
Adolat va ozodlik g`oyalariga mos kelmagan normativ yо`nalishlar huquq bо`la olmaydi. Bu qonunshunoslikda rasmiylashtirilgan xaqsizlik va zо`ravonlikdir.
Uchinchidan, huquq о`z predmetiga ega. Bu hokimiyat, davlat, jamiyatdagi tartibdir. Aynan shu jamiyat tartiblari adolat va erkinlik g`oyasini hayotiy mazmun bilan tо`ldiradi va aynan ular insonning ozod va adolatli hayot kechirishini ta`minlaydi.
Adolat va ozodlik g`oyalari ongning boshqa shakllarida va axloq namunalarida о`z aksini topadi. Ammo huquqda ular inson, davlat, jamiyatning ozodligi, huquqlari va burchlarida, ularning о`zaro javobgarligi о`lchamlari, turlari va shakllarida bо`ladi. Bunda huquqlar, ozodlik va burchlar yo qonunchilik hujjatlarida mustahkamlanadi, yo ong, g`oya va aniq munosabatlarda normativ yо`nalishlar shaklida bо`ladi. О`z predmetiga ega bо`lgan huquq о`zgacha ong shakli va ijtimoiy hayot muhitidan: din, axloq, iqtisodiyot, san`at va boshqalardan farq qiladi.
Tо`rtinchidan, huquq inson axloqini yо`naltiradi, uning fikri va idrokiga ta`sir qiladi. Ijtimoiy buzilmagan adolat va ozodlikka intiladi, boshqa odamlarning xulqini shunday bо`lishini istaydi, davlatni ozodlik va adolat garovi deb qaraydi. Huquqda bu g`oyalarning aksini kо`rib, inson normativ yо`nalishlarga bо`ysunishi zarur, deb hisoblaydi. Inson huquq talablariga о`z ixtiyori, ichki maslagi bilan bо`ysunadi, normativ huquqiy yо`nalishlar esa bu ma`noda uning ongiga va ruhiyatiga ta`sir qiladi. Huquqning tashqi majburiyligi insonga tashqi (jismonan yoki psixik) jihatdan majburlashni ifoda etadi va u faqat ichki majburiylikdagi ongga emas, faqat xulqqa tegishlidir.
Ichki va tashqi majburiylikka ega bо`lgan huquq, insonga faol ta`sir etadi va shu bilan jamiyatda kerakli tartibni о`rnata oladi.
Beshinchidan, huquq muayyan shakllarda о`z aksini topadi. Tabiiy huquq negizini ifoda etgan adolat va ozodlik g`oyalari turli shaklda - huquqiy ong, huquqiy munosabat, huquqiy tushunchalar va boshqa huquqiy hodisalarda bо`ladi. Bularning talay qismi qonun ijodkorlik shaklida bо`ladi va pozitiv (ijobiy) huquqqa aylanadi. Shunday qilib, qonun – huquqning talay qismining ifoda shaklidir. Boshqa qismi esa boshqa shakllarga ega. Aynan shuning uchun huquq qonunchilik bilan mos kelmaydi. U hajm jihatdan qonunchilikdan keng hamda mazmun va shakl jihatdan mutanosibdir.
Huquq – insoniyat taraqqiyotining mahsuli va sivilizatsiyaning yutug`idir. Huquq muayyan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar jumlasiga quyidagilar kiradi.
Birinchidan, huquq qonun darajasiga kо`tarilgan irodadir. Iroda insonning ongli psixofiziologik holatiga sabab bо`lgan va maqsadga muvofiq bо`lgan xulqning ifodasidir. Miya ishi sifatida iroda о`rab turgan dunyoni, ijtimoiy va boshqa talablarni, insoning manfaatini aks ettiradi. Aynan shular irodaning yо`nalishi va mazmunini belgilaydi. Iroda insonning butun faoliyatiga, hayotning turli sohalaridagi, shu jumladan huquqiy muhitdagi maqsadga muvofiq xulqiga singadi.
Qonun darajasiga kо`tarilgan iroda ma`lum darajada rasmiylashtirishdan iborat bо`lib, bunda qonun ijodkorlik idoralari umummajburiy normativ aktlar qabul qiladi. Huquq normalari davlat tomonidan chiqariladi. Bu holda huquq davlat tomonidan kelib chiqadi degan tushuncha paydo bо`lishi mumkin. Aslida davlat qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan davlatdan tashqari mavjud bо`lgan adolat va ozodlik, ya`ni tabiiy huquq g`oyalarini qonun darajasiga kо`taradi.
Agar iroda umumiy bо`lmaganda edi, - deb tо`g`ri yozgan edi Gegel, - hech qanday mavjud qonun bо`lmas edi. Har kim о`z xohishicha ish tutar edi va boshqalarning о`zboshimchaligiga e`tibor bermas edi.
I. Kant: "qonun hokimiyati faqat xalqning birlashgan irodasiga taalluqlidir",- degan edi.
Umumxalq muhokamasidan о`tib, qabul qilingan qonunlar, shubhasiz, xalq irodasini ifodalaydi. Vazirliklar va davlat idoralari tomonidan qonun osti hujjatlar tor idoraviy manfaatni ifodalashi mumkin.
Huquqning mohiyatini ikki ma`naviy manfaatning – shaxsiy ozodlik va umumezgulikning baravarligi tashkil etadi. Irodaning mazmunini tahlil qilib hamda uni adolat va ozodlik g`oyalari bilan solishtirib, huquqning mohiyati, uning progressiv yoki reaksion xususiyati haqida xulosa qilish mumkin.
Huquqning ikkinchi xususiyati uning formal aniqligidadir. Qonunlarda mustahkamlangan normativ qoidalar alohida xususiyatga - formal aniqlikka ega bо`ladi. U qonunchilik farmoyishlarining aniqligi, bir ma`nodaligi va lо`ndaligida namoyon bо`ladi. Bunga huquqiy tushunchalar, ularning yuz yillar davomida ishlab chiqilgan qonun texnikasining ilg`or yutuqlari orqali erishiladi. Shuning uchun huquq subyektlari qonuniy va noqonuniylikning chegarasini, о`zining huquqlari, irodasi va burchlari hamda qonunbuzarlik uchun javobgarligini biladi.
Huquqning uchinchi xususiyati uning muayyan tarzda tizimlashganligidir. Qonun ijodkorligida ifodalangan huquq normalari, ya`ni sistemalilik - bog`liqlik, muvofiqlikka ega bо`ladi. Ongdagi va axloqdagi normativ huquqiy yо`nalishlar bu xususiyatga ega emas. Qonunchilik yangi huquqiy normalarni mustahkamlab, ularni albatta amaldagi qonunlarga muvofiqlashtiradi. Faqat muayyan tizimli amaldagi rasmiy huquq о`z oldidagi vazifalarni bajara oladi.
Huquqning tо`rtinchi xususiyati uning muntazam ekanligidir. Huquqning rivojlanishi huquqiy normalarining tez о`zgarishida kо`rinadi. Huquqning bu xususiyati ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar davrida yaqqol kо`rinadi. Aynan shunday davrlarda eskirgan normativ hujjatlar bekor qilinadi hamda yangisi ishlab chiqilib, qabul qilinadi. Xuddi shu holat bizning О`zbekistonda ham huquqiy islohotlar natijasida sodir bо`lmoqda.
Huquqning beshinchi xususiyati uning turli xil odamlarga nisbatan teng miqyosli ekanligidir. Huquq qonun hujjatlari orqali axloqni "meyorlaydi", uning miqyosini aniqlaydi. Bu, bir xil meyorlar, turli xil bо`lgan odamlarga ularning qobiliyati, jismoniy imkoniyati, oilaviy sharoiti va boshqalar boshqa bо`lganlarga nisbatan qо`llaniladi. Bu ishlab chiqarishda mehnatning teng miqdori va teng vazifasi uchun baravar haq tо`lash (bir xil mehnatga - teng ish haqi), savdo-sotiqda molning narxi hamma xaridorlar uchun bir xil bо`lishi, oliy о`quv yurtiga kirilayotganda - har bir abituriyent uchun kirish sharoitining teng bо`lishida ifodalanadi.
Turli odamlarga nisbatan teng bо`lgan huquq haqiqiy tenglikni ta`minlamaydi va ta`minlashi ham kerak emas. Aks holda ijod va mehnat raqobatiga putur yetkazadi va jamiyatni turg`unlikka olib keladi. Yaqin о`tmishdagi «sovet»chasiga tenglashtirilgan taqsimlash - bunga yaqqol misol bо`la oladi. Huquqning bu xususiyatining ifodalanishini yengillashtirish uchun, rivojlangan davlatlarda differensial soliq undiriladi, jamoat fondlari taqsimlanadi, fuqarolarning moddiy va boshqa xolatiga qarab nafaqa tо`lanadi. Adolatli bо`linish shunda namoyon bо`ladi. Bunday hayotga tatbiq qilish, davlatning о`z xalqiga g`amxо`rlik qilishining namunasidir.
Huquqnining oltinchi xususiyati uning davlat tomonidan qо`riqlanishidir. Pozitiv huquqning normalari fuqarolar tomonidan о`z ixtiyori (ichki e`tiqod kuchi) bilan har doimo ham bajarilmaydi. Aholining kо`pchilik qismi, huquqning ortida davlat turgani uchun ham, huquqiy farmoyishlarga bо`ysunadi.
Davlat qonun normalarini ta`sis etadi. Bunday huquq himoyasiz bо`lmaydi. Qonuniy normalarning davlat tomonidan himoyasi davlat organlarining majburiyati, turli xil tashkiliy, tashkiliy-texnik, tarbiyaviy va ogohlantiruvchi choralarning fuqarolar tomonidan huquqiy normalarning bajarilishini о`z ichiga oladi.
Bu choralarga huquqiy davlatda katta ahamiyat beriladi, chunki ular jamiyatda davlatning repressiv apparatini ishlatmay huquqiy tartibni barqarorlashtirish imkoniyatini yaratadi. Shu sababdan davlatimizda qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini yо`lga qо`yish, ular haqida bildirilgan muloxazalarni tо`laroq hisobga olish, normativ-huquqiy hujjatlarni yetarli darajada nashr qilish, yaxshi ishlaydigan huquqiy tarbiya tizimini tuzish zarur. Davlat majburlov chorasi huquqiy himoya choralari orasida alohida о`rin tutadi.

Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə