Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə6/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

Sifatni tekshirish. Ampulalardagi eritmaning sifati quyidagi texnologik parametrlar bo‘yicha aniqlanadi:

  • ampulalarni to‘lish normasini aniqlash;

  • eritmaning pH ni aniqlash;

  • ampulalarning germetikligini aniqlsh;

  • begona mexanik qo‘shimchalarning yo‘qligini aniqlash.

Taxlildan ijobiy natijalar olingandan so‘ng, tayyor mahsulot yorliqlanadi va qadoqlanadi.
Tavsif: Aloe o‘simligining suvli ekstrakti suyuq – shaffof eritma bo‘lib, och sariqdan to qizil – sariq rangda bo‘lib, engil meva xidiga ega, pH 5,0 – 6,8.


Laboratoriya ishida olib boriladigan jarayonlar tavsifi


Dekantatsiya- frantsuzcha decanter – suzish, quyib olish so’zlaridan olingan. Aralashma yoki eritma tindirilgandan so’ng hosil bo’lgan cho’kma ustidagi suyuqlikni ajratib olish jarayoni dekantatsiya deyiladi. Dekantatsiya yo’li bilan ajratib olingan suyuqlik dekantat deb ataladi.


Ekstraktsiya-g’ovaksimon qattiq jism tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni ajratib olish jarayoni ekstraktsiyalash deyiladi. Ekstraktsiyalash jarayonida kerakli komponent qattiq fazadan diffuziya yo’li orqali suyuq fazaga o’tadi. Buning uchun shu komponentni eritadigan tegishli erituvchi tanlanishi kerak. Texnologik jarayonlarda erituvchi sifatida suv, spirt va spirt-suvli aralashmalar, benzin, trixloretan, dixloretan, ayrim anorganik kislotalarning eritmalari va boshqalar ishlatiladi.


Filtrlash-turli jinsli sistemalarni g’ovak filtr to’siqlar yordamida fazalarga ajratish jarayoniga filtrlash deyiladi. Filtr to’siqlar aralashmaning qattiq fazasini ushlab qoladi, suyuq fazasini esa o’tkazib yuboradi. Filtrlash intensivligi suspenziya sifati ya'ni dispers faza cho’kmasi qarshiligining miqdoriga, qovushqoq va kolloid moddalar bor-yo’qligiga bog’liqdir.


Nazorat uchun savollar
1.O‘simlik xom ashyosidan suyuq ekstrakt olishda qo‘llaniladigan ekstragentlarni va ekstraksiya usullarini ayting.
2.O‘simlik to‘qimasida dori vositalarini olishda yog‘ va ballast oqsillardan qutilish uchun qanday tozalash usullari qo‘llaniladi?
3. Biogen stimulyatorlar deb nimaga aytiladi?
4. V.P.Filatovning biogen stimulyatorlar haqidagi nazariyasini izohlab bering.
5. Biostimulyatorlarni hosil bo‘lishini ta’minlaydigan asosiy omillarni sanab o‘ting.
6.Aloe suyuq ekstraktini olishning o‘ziga xosligi nimadan iborat?

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə