Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


RADICES, RHIZOMATA, BULBI, TUBERA, BULBOTUBERA



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə3/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

RADICES, RHIZOMATA, BULBI, TUBERA, BULBOTUBERA.
ILDIZLAR, KRNEVISHE, PIYOZCHALAR, TUGANAKLAR, TUGANAKPIYOZLILAR.

Farmatsevtik amaliyotda quritilgan, kam xollarda kuzda yoki erta baxorda terib olingan, tozalangan yoki yuvilgan, o‘lgan qismlardan, qolgan poyalardan va barglardan xalos etilgan ko‘p yillik o‘simliklarning yangi uzilgan er ostki qismlari qo‘llaniladi. Yirik er ostki organlari quritishdan oldin ma’lum qismlarga kesib olinadi (uzunasiga yoki eniga).


Xom ashyo quyidagilar shakillarda taqdim etilgan bo‘lishi mumkin ­ ildiz ­ radices, ildizpoya ­ rhizomata, ildizlar va ildizpoyalar ­ rhizomata et radices, ildizpoya bilan birga ildizlar ­ rhizomata cum radicibus, piyozchalar ­ bulbi, tuganaklar ­ tubera va tuganak piyozchalar ­ bulbotubera.
Tashqi belgilari. Er ostki qismlarda asosan shakli, tashqi yuzasining va egriliklarining o‘ziga xosliklari, xajmi, tashqi yuzaning va sindirilgan xolatidagi rangi, xidi va ta’mi aniqlanadi.
Ildizlar silindrsimon, kam xollarda konussimon, oddiy yoki shoxlangan xolatda bo‘ladi. YOn ildizlar oddiy yoki shoxlangan, ko‘p boshli, silindrsimon yoki ovalsimon, aniq rivojlangan, ichi tuliq va po‘k, qayilgan va h.k. bo‘lishi mumkin.
Piyozchalari yoki tugunak piyozchalari sharsimon, tuxumsimon, uzunchoq, yassi va h.q.. Tuganaklar sharsimon, ovalsimon, ba’zida yassi, ipsimon a h.k. shaklida bo‘ladi. Tozalanmagan er ostki qismlarining yuzasi tekis yoki (ko‘pincha) burishgan holda bo‘ladi. Ildizlar uchun odatda uzunasiga burishgan yuza xos bo‘lib, yon ildizlar uchun ­ uzunasiga va ko‘ndalangiga burishganlik xos bo‘ladi. Egriliklari tekis, donador, tikanli va tolasimon bo‘lishi mumkin. Yirik ildizlarning, yon ildizlarning va tuganaklarning bukriliklarida yoki ko‘ndalang kesimida qurollanmagan ko‘z yordamida, lupa ostida (10X) yoki stereomikroskop ostida o‘tkazuvchi elementlarning joylashuvi ko‘riladi.
Ildizlar birlamchi va ikkilamchi tuzilishga ega bo‘lishi mumkin. Birlamchi tuzilishda markazda markaziy asos silindri ko‘rinib turadi, ikkilamchi tuzilishda markazda yog‘och asosi turadi.
YOn ildizlari tutamsimon yoki tutamsiz tuzilishga ega bo‘lishi mumkin. Bir pallali o‘simliklarning yon ildizlarining po‘stlog‘ida va markaziy silindrda o‘tkazuvchi tutamlar tartibsiz har tomonga yoyilgan bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklarda tutamsimon tuzilishda o‘tkazuvchi puchoklari xalqasimon tuzilishda bo‘lib yon ildizlarining yuzasiga yaqin joylashgan bo‘ladi. Tutamsiz tuzilishga ega bo‘lgan yon ildizlar ildizdan markazida asosi boligi bilan ajralib turadi.
Piyozchalar u yoki bu darajada qalinlashgan suvli tangachalardan tuzilgan bo‘lib, ular kalta poyalarda joylashagan bo‘ladi, va odatda bir necha tashqi quruq tangachalardan iborat bo‘ladi.
Tuganaklar ko‘pincha burishgan va tutamsimon tuzilishga ega.
Tuganakpiyozlilar faqatgina tashqi quruq tangchachlargaa ega.
Uzunligi, diametri va qalinligi o‘lchov lineykasi yordamida yoki millimetr qog‘ozi yordamida o‘lchanadi. Diametr va qalinligi nisbatan kengroq joyda o‘lchanadi. Hom ashyo rangi kun yorug‘ida aniqlanadi, xidi ­ xom ashyoni sindirib yoki ezib ko‘rib aniqlanadi, ta’mi esa ­ quruq xom ashyoning bir bo‘lagini yoki uning damlamasini ta’tib ko‘rish orqali aniqlanadi (faqat zaxarli bo‘lmagan xom ashyolarda).



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə