Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli


-jadval HARAKATDAGI VA QO‘ZG‘ALMAS FAZALAR



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə10/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

1-jadval


HARAKATDAGI VA QO‘ZG‘ALMAS FAZALAR
AGREGAT HOLATLARI BO‘YICHA KLASSIFIKATSIYASI





Qo‘zgalmas
faza



Harakatdagi
faza

O‘zbekcha
nomi
va
qisqartma
nomi

Inglizcha
nomi va
qisqartma
nomi



Imkoniy
variantlar

Qattiq-
adsorbent



Suyuq


Suyuqlik-


adsorbsion,
SAX

Liquid-
solid,


LSC

Molekulyar, ion
almashinish,
xromatografik ustunli, yupqa qavat,
gradient-elyuentli

Qattiq -
adsorbent



Gaz (gaz-


tashuvchi)

Gaz-adsorb-


sion, GAX

Gas-solid,


GSC

Molekulyar,
xromatografik ustunli, xromatermofafiya,
temperaturani
dasturlash

Suyuq-
erituvchi

Suyuq

Suyuqlik-
suyuqlik,
SSX

Liquid-
liquid,
LLC

Molekulyar,
xromatografik ustunli, kog‘oz, yupka qavat

Suyuq-
erituvchi



Gaz (gaz-


tashuvchi)

Gaz-
suyuklik,


GSX

Gas-liquid,


GLC

Molekulyar,
xromatografik ustunli, kapillyar,
xromatermofafiya,
temperaturani
dasturlash

Yuqorida qayd etilgan usullar uslubiyot nuqtai nazaridan asosiy usullar hisoblanadi. Lekin ularning har qaysisi turli variantlarda amalga oshirilishi mumkin. Bunday variantlarning soni juda katta va xromatografiyaning rivojlanishi bilan oshib boraveradi. Shuning uchun ma’lum va amaliyotda keng qo‘llaniladigan ba’zi variantlarga to‘xtalamiz .


2-jadval
HARAKATDAG I VA QO‘ZG‘ALMAS FAZALAR HOLATI BO‘YICHA
XROMATOGRAFIYA TURLARI




Harakatdagi
faza


Qo‘zg‘almas
faza


Nomlanishi

Xususiy

Umumiy

Gaz

Adsorbent
Suyuqlik

GAX
GSX

GX

Suyuqlik

Adsorbent
Suyuqlik

SAX
SSX

SX

O‘ta kritik
holatdagi gaz
yoki bug‘

Adsorbent
Suyuqlik

FAX
FSX

Flyuid
xromato-
grafiya

Kolloid
sistema

Qattiq va
suyuq
komponentlar
murakkab
kompozitsiyasi

---

Polifaz
xromato-
grafiya

Aminokislotalarni ajratish uchun ko‘pincha qog‘ozdagi tarqaluvchi xromatografiya qo‘llaniladi. Bu metod ikkita faza: qo‘zgalmaydigan qattiq va suvli yoki organik erituvchilar fazasi, orasida aminokislota komponentlarining ajralish darajasiga asoslangan.


Xromatografiya organik erituvchi (masalan, suvga to‘yintirilgan fenol yoki butil spirti, sirka kislota va suv aralashmasi) filtr qog‘oz orasidan o‘tkazilganda, qog‘ozga tomizilgan aminokislota eritmasi uning eruvchanligiga qarab bir-biridan ajraladi. Har xil aminokislota qog‘ozda har xil tezlik bilan harakat qiladi. Aminokislotalarning harakatlanish tezligi har xil omillarga: aminokislota molekulasining tuzilishiga, organik erituvchilarda va suvda eruvchanligiga, qog‘ozga adsorbsiyalanishiga , qog‘oz turiga, tajribaniolib borilish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Aminokislota organik erituvchida qanchalik yaxshi erisa, qog‘ozda shuncha ko‘p harakatlanadi.
Aminokislotalarni qog‘ozdagi tarqaluvchi xromatografiyasining ikki xili mavjud: yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga harakatlanuvchi. Yuqoriga ko‘tariluvchi xromatografiyada erituvchi qog‘ozda pastdan yuqoriga qarab ko‘tariladi. Pastga tushuvchi xromatografiyada esa erituvchi yuqoridan pastga qarab harakatlanadi. Har bir aminokislotaning qog‘ozdagi o‘rni, qog‘ozni quritib, ningidrin bilan ishlov berib, uni 100 °C temperaturada quritilgandan so‘ng aniqlanadi. Shundan keyin qog‘ozda har-xil - binafsha, ko‘k, sarik, qizg‘ish va jigarrang dog‘lar ko‘rinib qoladi.
Har bir aminokislota uchun o‘ziga xos siljish tezligi ma’lum bo‘lib, bu koeffitsienti bilan belgilanadi. Rf koaffitsienti deb, aminokislotani tomizilgan joyidan to hosil bo‘lgan dog‘ning o‘rtasigacha bo‘lgan masofaning, aminokislota tomizilgan joydan to erituvchining harakatlangan masofasiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi.



bu erda: a - aminokislota aralashmasi tomizilgan joydan, ma’lum bir aminokislota hosil qilgan dog‘ning o‘rtasigacha bo‘lgan masofa mm larda,


b - erituvchi harakatlangan masofa, mm larda.

Har bir aminokislota o‘zining Rf koeffitsientiga ega bo‘lib, bu koeffitsient qog‘ozning turiga, erituvchining turiga, temperaturaning o‘zgarishiga va muhit rN-ining o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin.


Aminokislotalarni ajratish uchun yuqori sifatli maxsus xromatografiya qog‘ozi ishlatiladi. Qog‘oz bir xil qalinlikda va zichlikda bo‘lishi kerak. FN-11 (Germaniya) nomerli qog‘oz ishlatilsa xromatografiya yaxshi natija beradi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə