Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə17/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Biologiya odam ekologiyasining eng muhim tarkibiy qismi hisob-lanadi. Odam tuzilmasining biologik darajasiga xos xususiyatlarni va odamning o‘z tanasi orqali atrof-muhit bilan o‘zaro bog‘lanishini bilish odam vujudidagi buzilish manbalarini aniqlashga, turli xil ekologik omillarning odam organizmiga ta’siri oqibatlarini ol-dindan aytishga va odam tanasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tufayli kelib chiqadigan buzilishlarni bartaraf etishga yordam bera-di. Odam ekologiyasida populyasiya genetikasi, ekologik genetika, ir-siy kasalliklar va anamoliyalar (me’yordan chetga chiqishlar), ekologik fiziologiya, immunitet tanqisligi holati, allergologiya (organizmda yot moddalar allergiya va allergenlar tufayli yuzaga keladigan kasal-liklarni o‘rganuvchi fan), ekologik toksikologiya (zaharlar xususiyati va ta’sirini o‘rganuvchi fan), narkologik toksikologiya, radioekolo-giya va biokibernetika ma’umotlaridan foydalaniladi.
Odam ekologiyasi tibbiyot va gigiena bilan ham chambarchas bog‘liq. Gigiena – atrof-muhit omillarining odam sog‘ligi, ish qobiliyati va hayoti davomiyligiga ta’sirini o‘rganuvchi va aholining yashash joyla-ri, turmush sharoitlari va faoliyatini sog‘lomlashtirishga yo‘nalti-rilgan me’yorlar, talablar va sanitariya chora-tadbirlarini ishlab chi-quvchi tibbiy fan. Gigiena fani atrof-muhitdagi zararli moddalar tarkibini ilmiy asosda gigienik me’yorlash orqali odam salomatli-gini muhitning zararli fizik va kimyoviy omillaridan himoya qilish yo‘llarini ishlab chiqadi.
Odamning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarini geografiya, geologiya, geofizika, geokimyo, iqlimshunoslik, gidrologiya kabi Er haqidagi fanlar ma’lumotlaridan, ularning tadqiqot metodlaridan foydalanmasdan o‘rganish mumkin emas.
Odam ekologiyasi iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘langan. Xusu-san, iqtisodiyotning quyidagi mavzulari bilan yaqindan bog‘liq: ja-hon tabiiy resurslari, jahon oziq-ovqat dasturi, halqaro ijtimoiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi, iqtiso-diy hududlashtirish, urbanizatsiya va shaharlar iqtisodiyoti, sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti, atrof-muhit iqtisodiyoti va sh.k.
Odam ekologiyasi maqsadlariga shaharsozlik va hududiy rejalash-tirish, xususan, ularning quyidagi bo‘limlari mazmunan mos keladi: shaharsozlik va hududiy rejalashtirishning ilmiy-nazariy asoslari, hududlarni rejalashtirish va imoratlar qurish. SHahar va boshqa aho-li yashash joylarini qayta qurish, tiklash va obodonlashtirish masala-lari alohida muammolar sirasiga kiradi.
Qarab chiqilgan fanlarning azaldan har xilligi odam ekologiyasi predmeti doirasida quyidagi yo‘nalishlar ajralib chiqishiga olib kelgan: shahar ekologiyasi, texnik ekologiya, paleoekologiya, etnik eko-logiya, tibbiy ekologiya, ekologik genetika, ekologik etika (axloq), ekologik psixologiya, ekologik pedagogika, ekologik madaniyat va sh.k.
Odam ekologiyasining maqsadi – jamiyatni odamning hayotiy mu-hitini qulaylashtirishga, shuningdek odamning bioijtimoiy mavju-dot sifatida o‘zida va jamiyatda, odam va jamiyatning yashash muhitida kechadigan barcha jarayonlarni muvofiqlashtirishga imkon beruvchi te-gishli axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə