I bob. Xalq dostonchiligi tarixi


Dostonlarda an’anaviy uslub va poetik formalar



Yüklə 49,3 Kb.
səhifə4/9
tarix14.05.2023
ölçüsü49,3 Kb.
#110238
1   2   3   4   5   6   7   8   9
alpomish (3)

1.3. Dostonlarda an’anaviy uslub va poetik formalar.
Asrlar bо‘yi ishlangan, puxtalangan xalq badiiy an’anasi va kuylovchi ijodiy faoliyat birligida vujudga kelgan dostonlarda an’anaviy uslub elementlari va poetik shakllar asosiy о‘rinni tutadi.
Dostondan dostonga aynan yoki ayrim о‘zgarishlar bilan kо‘chib yuradigan parchalar umumiy tipik о‘yinlar yoki epik klishenlar deb yuritiladi. Dostonlarning boshlamasi va tugallanmasi qahramonlarga nasihat ot ta’rifi otda safar, jang ta’rifi maton singari an’anaviy obrazlarning portretlari va boshqa epik klishelar hisoblanadi.
Xullas «Alpomish” dostoni ming yillar qaridan bizga yetib kelgan asrlar nidosi ajdodlarimiz orzu armonlarining shonli qо‘shig‘idir.
O na vatanimizning ozodligi va mustaqilligi yo’lida kо‘kragini qalqon qilib yo’liga tushgan dushmanlarning dodini berib, jonlarini fido qilgan sheryurak Vatan о‘g‘lonlari Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdilar о‘z zamonasining Alpomishlrari bо‘lganlar.
“Alpomish” eposi ajdodlarimiznng bizga meros qilib qoldirib ketgan о‘ziga xos pand-о‘giti ibratli nasihatnomasidir. Bu shunday pandnomaki, u kelajak nasllarni el yurtni sevishni Vatan tuprog‘ini kо‘zga tо‘tiyo qilishni о‘rgatadi.
“Gо‘rо‘g‘li” dostonlari xalq dostonlarida har biri mustaqil nomiga ega bо‘lgan asarlar silsilasi bir biriga birlashgan katta turkum bо‘lib, Yaqin va О‘rta Sharqda keng tarqalgan. Bu turkum о‘zbek, turkman, qozoq, tatar. Gо‘rо‘g‘li, Kо‘rо‘g‘li ozar, arab, grek, turk va boshqalarda Kо‘rо‘g‘li nomi bilan shuhrat qozongan.
“Gо‘rо‘g‘li” katta ikki tarmoqqa bо‘linadi. Fanda biri Kavkaz orti va Yaqin Sharq versiyalari ikkinchisi О‘rta Osiyo versiyasi deb ataladi. Bu ikki tarmoq о‘zaro umumiylikka ega bо‘lsada, ularda qamrab olingan voqelik, epik an’ana va bosh qahramonga berilgan baho bir birdan farq qiladi.
Kavkaz va Yaqin Sharq versiyalariga xos bо‘lgan umumiy xususiyatlar Ozarbayjon variantida о‘z ifodasini topgan. Unda tasvirlanishicha Kо‘rо‘g‘li qirq yigitga bosh bо‘lib, feodal tuzumiga qarshi isyonkorlik harakatlarini olib boradi.
О‘rta Osiyo versiyalari xususan о‘zbek variantlarini umumiylashtirish va ideallashtirrishni juda yuqori darajasini kо‘ramiz. Bunda qahramonona о‘tmish konkret tarixiy voqealar sifatida emas, balki mislsiz romantik lavxalarda xalqning beqiyos ideallari kо‘lamida tasvirlanadi.
О‘zbek dostonida Gо‘rо‘g‘li turkman va о‘zbeklarning begi, qonuniy hukmdor sifatida tasvirlanadi.
О‘zbek xalqi Gо‘rо‘g‘li va uning yigitlari xaqida «Kunlarim” , “Armonim qolmadi”, “Bormi jahonda” kabi termalar bilan bir qatorda har bir yarim ikki ming satrdan tortib, о‘n о‘n ikki ming satrgacha kо‘plab dostonlar yaratgan.
“Gо‘rо‘g‘li” turkumi xalq dostonlari turmush va maishatini, orzu umidlari va ideallarini ijtimoiy qarashlarini keng planda tasvirlanuvchi epopeyadir.
“Gо‘rо‘g‘li” dostonlar gultoji qо‘shiqlar sarasi, xalqimizning qalbidan quyulib chiqqan she’riyat qaymog‘idir.
Mustaqil davlatimizning bugungi kunda ilm ma’rifatga bо‘lgan e’tibori xar qachongiga nisbatan ortdi. Shu ma’noda milliy mustaqillikni ximoya qilish xamda yosh avlodning ma’naviyatini boyitishda о‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlarining xususan, “Alpomish” va “Gо‘rо‘g‘li” singari vatanparvarlik va mardlikni ulug‘lovchi bebaxo merosimizning ahamiyati beqiyosdir.
Q.Yo’ldoshev dostonning badiiyati borasida dostonxon omma tushunadigan tilda fikrlash lozim va mumkin ekanligini kо‘rsatdiki, bu ishning ma’rifiy-ma’naviy ahamiyati beqiyosdir. Bu xususiyat ushbu tadqiqotning qimmatini oshiradigan asosiy jihatdir. Olim “Alpomish” dostonini xalqning qalbida yetilgan, botinidan unib chiqqan hisoblaydi. Uni millat qiyofasini, mangu haqiqat izlab toblangan qarashlarini aks ettirgan tiniq bir adabiy kо‘zgu sanaydi. Ana shu kо‘zguga darz ketmasligi, bugungi avlodlar unda о‘tmishi, hozirgi va ertangi kunini tip-tiniq holda kо‘rishini jon dili bilan istaydi. Muallifning tili ravon, soda, ta’sirli, aniq. Mulohazalari salmoqli va izchil.
Tog‘ni birdaniga kо‘rib bо‘lmaydi, daryoni, dengizni bor bо‘yicha idrok etish imkonsiz. Buyuk estetik hodisalar ham shunday. Ularning hamma qatlamlarini birdaniga his etish, ta’sirlanish, anglash, izohlash mumkin bо‘lmagan ishdir. “Alpomish” dostoni ayni shunday ulkan va miqyosi beadad badiiy hodisadirki, yuzlab tadqiqotlar bilan ham bu ulkan badiiy kо‘lamni tо‘liq izohlash mushkul. Lekin inson uchun tog‘ni kezish, uni о‘rganish, daryoyu dengizda suzish hayotiy zarurat bо‘lgani kabi “Alpomish” badiiyati xususida fikrlashmoq ham о‘shanday badiiy ehtiyojdir.
“Alpomish” millat uchun faqat о‘tmish emas, hozir va kelajak hamdir. U – barcha badiiy buyuk asarlar singari abadiyatga daxldor. Harakatdagi ruhiyat, amaldagi estetikadir.
Folklorshunoslikda anchadan buyon “Alpomish” avval ertak sifatida paydo bо‘lgan, sо‘ng dostonga aylanib, kuylana boshlangan degan qarash hukmron.
Butun boshli dostonni kuyga solib aytish an’anasi hamma xalqlarning og‘zaki ijodida ham uchrayvermaydi. Dunyodagi boshqa millatlarni kamsitmagan holda aytish mumkinki, doston yaratish hamma xalqlarning ham qо‘lidan kelavermagan.
B.Sarimsoqov о‘zining “Alpomish” eposi haqida uch etyud” maqolasida mashhur asarning dastlab yaratilgan vaqtidagi janri xususida shunday fikr bildiradi: “Qahramonlik eposining tarixiy asoslarini bahodirlik ertaklariga olib borib bog‘lash mohiyatan uni xalq tarixidan, real voqelikdan ayricha olib qarashga olib keladi. Chunki ertak syujeti sof badiiy tо‘qimagan, hayoliy uydirmaga asoslansa, qahramonlik hamda tarixiy epos xalq tarixning nisbiy aniqlikdagi badiiy inikosidan iborat…
… Bizningcha, qahramonlik eposi hech qachon, hech bir xalqda ertak syujeti asosida yaratilmagan”



Yüklə 49,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə