I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…


Radiografik nazorat uskunalari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə12/18
tarix24.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#103086
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
MAHSULOT SIFATINI NAZORAT QILISHNING RADIATSION USULI...

Radiografik nazorat uskunalari.

Radiografik nazoratning ishlash tamoyili quyidagicha: nazorat obyekti nurlanish manbayi va rentgen plyonkasi yoki qayta ishlatiladigan fosforli, akril plitalar orasiga joylashtiriladi. Natijada, nuqsonli maydonning tasviri qabul qiluvchi materiallarda qoladi, unga koʻra nuqsonlarning turlari va ularning paydo bo‘lish joylari aniqlanadi.





Payvand birikmani nazorat qilish jarayoni:
1-nurlanish manbayi; 2-nazorat obyekti; 3-detektor.

Radiografik usulda detektor sifatida rentgen plyonkasi, elektron-optik o’zgartkich, kseroradiograk plastina, fotoqog’oz va hokazolar qo’lanilishi mumkin. Manba 1 dan chiqqan nurlanish ichki nuqsonga ega payvand birikma 2 orqali o’tib, nuqsonli va nuqsonsiz joyda turlicha yutiladi va detektor 3 ga turli intensivlik bilan keladi. Havo, gaz yoki nometall kirishmalar bilan to’lgan nuqsonli joylar orqali o’tganida, nurlanishning intensivligi yaxlit metalldagiga qaraganda kamroq susayadi.


Obyektni radiografik tasvirlari radiogrammalar deb ataladi. Rentgen nurlari yordamida olingan radiogrammalar rentgenogramalar, γ-nurlanishi yordamida olingan radiogrammalar esa gammagrammalar deb ataladi. Radiogrammadagi rasmlarni tahlil qilinib, nazorat qilinuvchi obyekt to‘g‘risida xulosa qilinadi.
Bosib chiqarishda ba‘zi mavjud boʻlgan nuqsonlar haqidagi ma‘lumotlar yoʻqolishi mumkin, shu sababli rentgenogrammalarning negativlari negatoskop yordamida alohida oʻrganiladi.
Nazorat obyektining nuqsonli joylari oq rangda, qolgan joylari esa qora rangda tasvirlanadi.
Payvand choklarining rentgenografiyasi bir necha bosqichlardan o'tadi:
1. Radiatsiya manbasini tanlanadi.
2. Kerakli plyonka tanlanadi.
3. Uskunada optimal rejimlarni oʻrnatiladi.
4. Uskunani mahsulot ichiga yoki tashqarisiga oʻrnatiladi va ishga tushiriladi.
5. Payvand chokini nurlantirish (yoritish) amalga oshiriladi.
6. Fotoplyonka chiqarib olinadi va ishloiv beriladi.
7. Dekodlash ishlari amalga oshiriladi.
8. Natijalarni belgilangan shakldagi jurnalga kiritiladi.
Usulning afzalliklari quyidagilardan iborat:
* ishonchlilik;
* nazorat jarayonining tezligi;
* joylashuvni aniqlash;
* oʻlchamlarni baholash;
* yashirin kamchiliklarni aniqlash;
* keng qoʻllanilish doirasi.
Bu usulni kamchiligiga past unumdorligi va yuqori qimmatliligidir (bu yerda kumush tarkibli plenka ishlatilishi sabab).
Radioskopiya. Nazorat qilishning bu usuli nazorat qilinayotgan obyektlarni rentgen nurlari bilan yoritib ko’rishga, obyektning radiatsion tasvirini yorug’lik, soya yoki elektron tasvirga almashtirishga va bu tasvirni optika yoki televizion texnika yordamida masofaga uzatish hamda uni chiqish ekranlarida ko’rib tahlil qilishga asoslangan. Radioskopik usulning vasifasi asosan, xuddi radiografik usulning vazifasiga o’xshash. Payvand birikmalarni bu usul bilan nazorat qilishning maqsadga muvofiqligi radioskopik usulning nuqsonlarga sezgirligi radiografiyaga nisbatan taxminan 2 marta past, unumdorligi esa 3 - 5 marta yuqoriligini hisobga olgan holda belgilanadi.
Bu usul nazorat qilinayotgan buyumning ichki tuzilishini uning kirish ekraniga nisbatan 0,3 m/min dan 1,5 m/min gacha tezlikda ko’chishi jarayonida o’zgartkichning turiga va buyumning qalinligiga bog’liq holda ko’zdan kechirishga imkon beradi.
Soyali radiatsion tasvirni yorug’ soyali yoki elektron tasvirga o’zgartiruvchilar sifatida fluoroskopik ekran, sintillyatsion kristall, elektron-optik o’zgartkich va kamdan kam hollarda elektrolyuminessent ekran xizmat qiladi. Obyektning rentgen tasvirini axborotni yo’qotmasdan bevosita videosignalga almashtiruvchi rentgen-ko’rsatkich (vidikon) alohida o’rinni egallaydi.
Radioskopik usulda nazorat qilinuvchi obyektni radiatsion tasviri yorugʻlik tasviriga oʻzgartiriladi.




Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə