I. A. Alim0v arxivshunoslik



Yüklə 299 Kb.
səhifə1/7
tarix18.06.2023
ölçüsü299 Kb.
#117800
  1   2   3   4   5   6   7
Arxivshunoslik (o\'quv qo\'llanma)


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Zahiriddin Muxammad Bobur nomidagi Andijon Davlat universiteti




I.A.ALIM0V


ARXIVShUNOSLIK




O’quv qo’llanma


Andijon –2005


«Arxivshunoslik» o’quv qo’llanmasida mustaqil O’zbekpston sharoitida arxiv ishida sodir bo’lgan asosiy o’zgarishlar birinchi bor o’z aksini topgan Bu qo’llanma talabalarni O’zbekistonda arxiv ishi tarixi. hujjatlar qimmatini ekspertiza qilish, Respublika arxivlarini butlash, hujjatlarni hisobga olish, Milliy arxiv fondi hujjatlariga ilmiy-ma’lumotnoma apparagini tashkil qilish, hujjatlardan foydalanish, arxiv tashkilotlari faoliyagini tashkil etish, shuningdek tarixiy hujjatlarni e’lon qilish metodikasi kabi arxiv ishini asosiy yo’nalishlari bilan tanishtiradi. Bu masalalar arxiv ishi bo’yicha eng yangi me’yoriy hujjatlar asosida bayon etilgan.
Qo’llanma universitetlar tarix fakultetlari talabalari va arxiv xodimlariga mo’ljallangan.


Mas’ul muharrir: "O’zarxiv" agentligining Bosh direktori Po’lat Ne’matov
Taqrizchilar: tarix fanlari doktori Zokirjon Qutiboev, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi direktori Erkin Abdullaev, Andijon viloyati hokimligi huzuridagi Arxiv ishi boshqarmasi boshlig’i Jamoldin Boxodirov


KIRISh

«Arxivshunoslik» o’quv qullanmasi birinchi bor 1997- yilda chop etilgan edi Shundan keyin 1999-yilda O’zbekiston Oliy Majlisi tomonidan «Arxivlar to’g’risida»gi Qonunning qabul qiliganligi munosabati bilan respublika arxiv ishida anchagina o’zgarishlar sodir bo’ldi Davlat arxiv xizmati rivojida ayrim muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. Arxiv ishi bu davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar va muassasalar arxiv hujjatlarini shakllantirish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish bilan bog’liq faoliyatdir.


O’zbekistonning milliy davlat sifatida rivojlanishi va bozor iqtisodiyoti yo’liga o’tishi arxiv ishidagi islohotlarni belgilab berdi Arxiv tashkilotlaridagi islohotlar 1999 - yil 15- aprelda Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Arxivlar to’g’risida»gi qonun va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi «Arxiv ishi bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida» va 2004-yil 3-fevraldagi ''O’zbekiston Respublikasida arxiv ishining boshqarishki yanada takomillashtirish to’g’risida"gi qarorlari asosida amalga oshirilmoqda.
«Arxivlar to’g’risida»gi qonunda yoritilgan asosiy yangiliklardan biri Uzbekiston Davlat arxiv fondi o’rniga Uzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O’zR MAF) ni tashkil qilinishi bo’ldi. O’zR MAF davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil toladi, - deyilgan qonunda. Nodavlat yuridik shaxslarning faoliyati natijasida to’plangan arxiv xujjatlari, shuningdek fuqarolarning shaxsiy arxivlari nodavlat arxiv fondini tashkil etadi. MAF tarkibidan ko’rinib turibdiki, unda davlat va nodavlat tashkilotlar, korxonalar, muassasalar arxiv fondlari saqlanadi.
Sho’rolar davrida xususiy tashkilotlar, korxonalar bo’lmas edi. shuning uchun nodavlat arxiv fondlari ham yo’q edi. Shu sababli ilgarigi O’zbekiston Davlat arxiv fondida faqat davlat muassasalari, tashkilotlari, korxonalari va fuqarolarning arxiv fondlari saqlanardi.
Bu nodavlat tashkilotlar, korxonalar bilan arxiv organlari, muassasapari o’rtasida arxiv ishi bo’yicha munosabatlar arxivlar to’g’risidagi qonun hujjatparida qanday belgilanganligi muhim masaladir. Nfdavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondlarini ularni egalarining talablariga binoan O’zR MAF garkibiga o’tkazishi mumkin Bu ish arxiv tashkilotlari tomonidan ularning hujjatlarining qimmatini ekspertiza qilgandan so’ng amal^a oshiriladi O’zR MAF hujjatlari, jumladan. qabul qilinishi mumkin bo’lgan nodavlat tashkilotlar arxiv fondlari ham davlat ro’yxatidan o’tkaziladi va bu tashkilotlarga guvohnoma beriladi. Xususiy tashkiloglar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlanishini ta’minlaydi. Arxiv tashkilotlari roziligini olmasdan nodavlat tashkilsllar o’z hujjaglarini (doimiy saqlanadigan va ishchi-xizmatchilarni mehnat staji, ish haqi to’g’risidagi hujjatlarini) yo’q qilishi mumkin emas. Shu sababdan arxiv tashkilotlari davlat hisobiga olingan nodavlat tashkilotlar arxiv fondlarini nazorat qilib boradi va arxiv ishini to’g’ri yo’lga qo’yishga yordam beradi.
O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritganligi buyuk tarixiy voqea bo’ldi. Xalqimiz mustaqillik tufayli o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga ega bo’ldi. Istiqlol yillarida jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan tarix fanlari sohasida ham tub o’zgarishlar yuz bermoqda. Shu davrda, kommunistik mafkura ta’sirida buzib ko’rsatilgan, ba’zi sahifalari umuman yoritilmagan ona tariximiz mustaqillik sharofati bilan xolisona o’rganilmoqda, haqqoniy tarix bayon etilmoqda. O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida tarixchilar oldida turgan vazifalar haqida gapirib shunday degan: «... biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirishimiz zarur». O’zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklashda arxiv hujjatlarining ahamiyati kattadir. Ilgari o’rganilmagan, istibdod mafkurasiga mos tushmaganligi uchun chetlab o’tilgan arxiv hujjatlarini ilmiy muomalaga kiritish chorizm va sovet mustamlakachilarining zanjirband siyosatining asl mohiyatini ochib beradi va xalqimizni haqiqiy tarixini yoritishga yordam beradi. Tarixiy tadqiqot uchun zarur bo’lgan barcha arxiv hujjatlarini qidirib topish, ulardan keng foydalanish uchun tarixchi talabalar «Arxivshunoslik» fanini o’rganishi, chuqur egallashi zarur.
Arxiv tashkilotlari, davlat arxivlari mustaqillik sharoitida bozor munosabatlariga moslashmoqda. Davlat arxiv xizmatini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ishchi-xizmatchilarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari shartnoma asosida tashkilotlarga va aholiga pullik xizmatni kengaytirmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, pullik xizmat asosan davlat va xususiy tashkilotlarga arxiv hujjatlarini tartibga solishda. ish yuritishni takomillashgirish ishlarida, ijodiy tashkilotlarni ilmiy buyurtma-larini bajarishda qo’llanmoqda Ijodiy, ilmiy xodimlarni arxiv hujjatlaridan foydalanish, jumladan. universitstlar talabalari uchun hujjatlardan foydalanish, fuqarolarga nafaqasini rasmiylasht irishga mehnat staji, ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnomalar berish bepul amalga oshiriladi Bu esa, arxiv hujjatlarini ilmiy maqsadda foydalanishga keng yo’l ochib beradi.
Bizning o’lkamizda arxivlar juda qadim .zamonlarda vujudga kelgan. Arxiv so’zi atamasiga kelsak, bu lotincha «arxivium»-hukumat binosi so’zidan olingan. Lekin «Arxiv» atamasining hozirgi qo’llanish ma’nosi birmuncha kengroq. «Arxivlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunida «arxiv» tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan; «Arxiv — arxiv hujjatlari majmui, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona, muassasa va tashkilotning arxiv hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan foydalanuvchi tarkibiy bo’linmasi».
Markaziy Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Arxeologlar qadimgi Tuproqqal’a harobalaridan Xorazm shohlariga tegishli Sh-1V asr boshlariga oid qadimgi hujjatlardan iborat arxiv qoldiqlarini topishgan. 1930 yil boshlarida qadimgi Sug’diyona davlatining Mug’ tog’lari xarobalaridan Devashtich arxivi ochilgan. Qazilmalar natijasida VIII asrga oid 80 dan ortiq qo’lyozma hujjatlar topilgan.
Tarixdan ma’lumki, Buxoroda IX - X asrlarda Abu Ali Ibn Sino foydalangan arxiv - kutubxona bo’lgan. Markaziy Osiyoda arxivlar XI-XII asrlarda Xorazm davlatida, keyinchalik Oltin O’rda, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar davrida ham mavjud edi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi o’zbek xalqining qo’lyozma hujjatlari saqlanadigan eng katta, eng boy arxiv xazinasidir. Bu erda saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar vaqfnomalar bo’lib, ular Chingizxon bosqini davridan boshlanadi. Bu arxivdagi hujjatlar XIII asrdan hozirgi kunlargacha bo’lgan yillarni o’z ichiga oladi.
Qadimgi davlatlarning, xonliklarning XIX asrgacha bo’lgan hujjatli manbalari baxtga qarshi bizgacha saqlanmagan. O’zaro feodap urushlari, vayronagarchiliklar natijasida arxiv hujjatlari yo’q bo’lib ketgan. Qo’qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining qushbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi saqlangan xolos. M^rkaziy Osiyoni chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr Hujjatlari to’la saqlangan.
Qo’qon va Xiva xonlari arxivlari tarixi o’ziga xosdir. Chorizm bu xonliklarni bosib olgandan keyin ushbu arxivlar qo’lyozma manbalari 1876-yili Peterburgga - imperator kutubxonasi (hozirgi Saltikov -Shedrin nomli kutubxona)ga olib ketiladi. Bu hujjatlar XX asrning 30 yillari oxirigacha e’tibordan chetda qolib, ilmiy ishda foydalanilmay kelingan. Keyin bu arxivlar topilib, ularning Qo’qon va Xiva xonlari arxivlari ekanligi aniqlandi. Shundan so’ng ulardan keng foydalanish boshlandi.
Xiva xonlari arxivini birinchi bo’lib 1939 yili sharqshunos olim P.P.Ivanov o’rganib chiqib, bu arxiv to’g’risida xabar bergan.
Qo’qon xonlari arxivi haqida sharqshunos olima A.L.Troistkaya 1968-yilda «Katalog arxiva kakandskix xanov XIX veka» nomli ma’lumotnomasini e’lon qilgan. 1962 yilda bu hujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy davlat arxiviga olib kelingan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida Qo’qon, Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining qushbegi arxivi, Turkiston general-gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari, shuningdek, O’zbekistonning oktyabr to’ntarishidan keyingi davr, sovet davri, mustaqillik davri tashkilotlarining arxiv materiallari saqlanadi. Bu arxivda bir milliondan ortiq yig’majildlar bor. Bu Markaziy Osiyodagi eng katta va boy arxivdir.
Hozirgi kunda respublikamizda 82 ta davlat arxivida XSh- XX asrlarga taalluqli bo’lgan 6 milliondan ortiq yig’majildlarda qog’oz, kino, sur’at va ovozli arxiv hujjatlari mavjud. Bundan tashqari, YuOOOga yaqin idoraviy arxivlarda 1,6 milliondan ortiq va 112 ta shaxsiy tarkib arxivlarida esa, 5 millionga yaqi-n arxiv hujjatlari saqlanmoqda.
Davlat arxivlari tomonidan avaylab asrab kelinayotgan noyob hujjatlarni xalqimizning boy madaniy - ma’naviy merosi sirasiga kiritish mumkin. O’tmish sanalari va sahnalari ilk asosiy manbalar sifatida arxivlarda saqlanayotgan ishonchli asl nusxa hujjatlar vositasida o’z aksini topmoqda, namoyon bo’lmoqda. Demak arxiv hujjatlari — bu tarix, tirik o’tmish. Usiz na kechamizni, na bugunimizni, na ertamizni tasavvur qila olamiz. Hujjatlarda tarixning har bir lahzasi, kuni, oyi va yili tilga kiradi, sodir bo’lgan voqea, xodisalarni hikoya qiladi. Biz arxiv' hujjatlarida qadimiy o’zbek zaminini, xalqimizning bosib o’tgan hayotini, o’tmishini ko’rib goh xayratga tushamiz, goh armonimiz, goh g’ururimiz ortadi. Shuning uchun arxiv hujjatlari xalqimizning bebaho noyob tarixiy boyligi hisoblanadi. Arxiv hujjatlari hech vaqt yo’q qilinmaydi, ular umrbod, abadiy saqlanadi, Arxiv ma’naviy boylik, shu bois uning bahosi yo’q. Moddiy boyliklarni er ostidan qazib olish, erda ekib ko’paytirish, «qora» bozordan sotib olish mumkin. Ammo yagona asl nusxada bo’lgan qo’lyozma hujjatlarini hech qasrdan-na erdan. na ko’kdan, na bozordan topib bo’ladi. Ular davlat arxivlardagina mavjud.
Mustaqillik sharoitida arxivlarga munosabat keskin o’zgardi. Yuqorida tilga olingan «Arxivlar to’g’risida»gi qonun va hukumat qabul qilgan qator me’yoriy hujjatlar ana shunday o’zgarish va yangilanishlarning bir ko’rinishidir. Qoraqalpog’iston Respublikasi, aksariyat viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan arxiv ishini yanada yaxshilashga e’tibor kuchaydi. Hokimlar «Arxivlar to’g’risida»gi qonunni, «Arxiv ishi bo’yicha me’yoriy x.ujjatlarni tasdiqlash to’g’risida»gi hukumat qarorining viloyat, shahar va tumanlarda bajarilishini ta’minlash, arxiv ishlarini yanada yuqori saviyada tashkil etish maqsadida qarorlar qabul qildilar.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning bevosita tashabbusi bilan har xil sabablarga ko’ra respublikadan tashqariga olib chiqib ketilgan arxiv hujjatlarini O’zbekistonga qaytarib olib kelish vazifasi qo’yildi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida O’zbekistondan chetga olib ketilgan va xalq boyligi bo’lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo’yicha maxsus komissiya tuzildi. Bu komissiya faol ish olib bormoqda. O’zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari hozirda Turkiya, Misr, Germaniya, Italiya, Franstiya, Angliya, Hindiston, Xitoy va Rossiyada borligi aniqlandi. Shu paytgacha ma’lum bo’lmagan hujjatlar ravshan bo’lmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan arxiv sohasi bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasida ham ma’lum darajada ishlar qshshnmoqda. O’zbekiston milliy universitetida, Toshkent madaniyat institutida oliy ma’lumotli arxiv mutaxassislari tayyorlash yo’lga qo’yildi. Respublikadagi ayrim kollejlarda ish yurituvchi, arxivchi mutaxassisliklari bo’yicha o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Respublikamiz hukumatining qabul qilgan qonun va qarorlari, belgilagan tadbirlari, ularning amalga oshirilishi, arxiv sohasini kelajakda yanada rivojlanishi va istiqboli porloq bo’lishiga ishonch tug’diradi.
Arxivshunoslnk o’quv kursi universitetlar tarix fakultetlari talabalariga, bo’lajak tarixchilarga O’zbekistonda arxiv ishi tarixini, arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti masalalarini, arxiv hujjatlarini nashr qilishga tayyorlashning qoidalarini urgatadi. Arxivshunoslik fanini talabalarga uqitish jarayonida arxiv hujjatlaridan ilmiy-tadqiqog ishlarida foydalanish yo’llarini o’rgatishga, hujjaglarni qidirib topish, ishonchli hujjatlarni tanlab olish, ilmiy ishda foydalanish usulini o’rganishga alohida e’tibor beriladi.

Yüklə 299 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə