Hujayra biologiyasi I. A. AbduIov X. U. X albekova


Plazmatik membrananing o‘sishi



Yüklə 5,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/113
tarix28.11.2023
ölçüsü5,62 Mb.
#132921
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
Hujayra biologiyasi. Abdulov A.I. Xalbekova X.U.

Plazmatik membrananing o‘sishi
Hujayra lar bo‘linishidan so‘ng yangi hujayralar o ‘sadi, hajmi 
ortadi va demak ulaming membranasi ham kengayadi. Plazmalem- 
maning yuzasida doimiy ravishda lipid va oqsil molekulalarining 
yangilanib turishi kuzatiladi- Plazmatik membrana yangilanib turishi 
Golji apparati xisobiga amalga oshadi. Golji apparati hosil bo‘lgan 
pufakchalar plazmatik membranaga kelib, bu yyerda bir-biri bilan 
qo‘shilib yangi membranani hosil qiladi. Bu jarayon asosan plazma­
tik membrananing shikastlanishida ro‘y beradi.
Lekin plazmatik membrana yangilanib turishi hujayraning hay- 
ot faoliyati davomida ham sodir bo4adi. Hujayrada endoplazmatik 
to‘rda sintezlangan maxsulotlar Golji apparatiga o ‘tib, bu yyerda kon- 
sentratsiyalanadi va memebranaga o ‘raladi. Bu moddalar hujayradan 
ekzositoz yocl bilan chiqaraladi. Bunda vakuolalar plazmatik mem­
branaga yaqinlashib ulaming membranasi plazmatik membrana bilan 
qo‘shiladi, vakuol ichidagi mahsulot esa tashqariga chiqariladi. Shu 
hisobiga plazmatik membrana sathi kattalashadi.
Ichkariga fagositoz yo‘l bilan kirayotgan molekulalar hujayra yu- 
zasiga kelib bu yyerda plazmatik membrana bilan o‘ralib ichkariga 
kiradilar va natijada plazmatik membrana usti kattalashadi. Demak, 
plazmatik membrana yangilanib turishida asosiy vazifani Golji ap­
parati bajaradi.
Yuqorida aytib o ‘tilganlami umumlashtirib, biologik membran­
alaming quyidagi umumiy xususiyatlarini keltirish mumkin:
1. Hamma membranalaming umumiy qalinligi 5-10 nm ni tashkil 
etadi.
2. Membrana lipoproteinli tuzilma bo‘lib, ba’zi oqsil va lipid 
molekulalariga tashqi tomondan uglevod komponentlari birikadi. 
Membrana tarkibidagi uglevodlar 2%-10%ni tashkil etadi.
3. Lipidlar ulardagi qutbli boshchalar va qutbsiz dumchalari yor­
damida biqatlamni hosil qilib joylashadi.
4. Membrana tarkibidagi oqsillar turli tabiatga ega bo‘lib turli 
vazifani bajaradi.
5. Membrana yuzasidagi glikokaliks guruhi tanib olish xususi- 
yatiga ega.
6. Membrananing tashqi va ichki tomonlari tarkibi va xususiyati
46


jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Gialoplazmaning submembranali tizimi. Hujayra tashqi appa- 
ratining submembrana tizimi faqat eukariotlarda boTib, unda 2 ta 
asosiy qism ajratiladi: hujayraning tayanch qisqarish tizimi va perif- 
erik (chekka) gialoplazma.
Tayanch-qisqarish tizimi - mikrofibrillalar, mikronaychalar va 
skeletli fibrillyar tuzilmalardan iborat. Fibrillyar tuzilmalar deyarli 
barcha eukariot hujayralarda uchrab, tayanch vazifasini bajaradi.
Mikrofibrillyar tuzilmalar tarkibiga aktin, miozin, aktinin, tropo- 
miozin oqsiilari kiradi. Bu oqsillar membrana ostida mikrofilament- 
lardan iborat to 'm i hosil qiladi.
Tayanch-qisqarish tizimining yana bir komponenti mikronaycha- 
lar.Ulami tarkibi 80% tubulin oqsilidan iborat. Mikrofibrillalar sin­
gari mikronaychalar o ‘zi yigTlib va tarqalib turadigan tizim.
Mikrofibrillalar 
va 
mikronaychalar 
plazmatik 
membrana 
o'sim talarini mikrotukchalar, kiprikcha, xivchinlami hosil qilishda 
ishtirok etadilar.
Hayvon hujayralari yuzasida ko‘p uchraydigan o ‘simtalar mik- 
rotukchalardir.Ular sitoplazmaning hosilalari boTib plazmatik mem­
brana bilan o ‘ralgan bo‘ladi. Qalinligi 100 nm. Ichak epiteliysining 
1-ta hujayrasiga 3000 ta mikrotukcha to ‘g ‘ri keladi. Mikrotukchalar 
orasidagi plazmatik membrana qismlari zich glikokaliks bilan toTgan 
bo‘lib shu joyda moddalar ichkariga so‘riladi. Vazifasi oxirgacha 
o ‘rganilmagan, asosan so‘rish maydoni hajmini kattalashtiradi.
Plazmatik membrana o‘simtalarining yana bir ko‘rinishi kiprik­
cha va xivchin. Plazmatik membrana bilan o ‘ralgan bo‘lib, asosida 
bazal tanachasi boTgan mikronaychalardan tuzilgan. Diametri 200 
nm., uzunligi 200 mkm. Kiprikcha i ta boTsa xivchin deyiladi. Hay­
von hujayralarida uchraydi, o‘simliklarda erkak gametalarda hosil 
boTadi. Vazifasi harakat.
Har bir kiprikchaning asosida bazal tanacha joylashib u hosil qil- 
gan mikronaychalar kiprikchani ichini toTdirib turadi. Har bir kip- 
rikchani hosil qilishda 9 ta duplet periferik va 2 ta markaziy mikro­
naychalar ishtirok etadi(9x2)+2. Dupletlami markaziy mikronaycha­
lar bilan dinein oqsilidan iborat tuzilma bogTab turadi.
Bazal tanachani hosil qilishda 9 ta mikronaychalarning tripletlari 
ishtirok etadi (9x3)+0.
47


Bunga plazmatik membrana ustida joylashgan tuzilm alar kiradi. 
Bulardan biri glikokaliks boMib, hayvon hujayralarida yaxshi taraqqiy 
etgan, o ‘simlik hujayrasida kamroq uchraydi. Uning tarkibiga mem­
brananing periferik oqsillari, glikolipidlar va glikoproteinlar kiradi. 
Glikokaliks tashqi muhit bilan aloqada bo‘lgani uchun hujayra tashqi 
apparatning muhim resteptorlik vazifasini bajaradi. Glikokaliksning 
tuzilishi xar bir hujayra uchun muayyan bo‘lib, takrorlanmaydi, shun- 
ga qarab hujayralar bir-birini tanib oladi. Ichak epiteliysi yuzasidagi 
mikrotukchalar orasida joylashgan glikokaliks hujayra usti hazm qil­
ish jarayonida ishtirok etadi.
Hujayra tashqi apparatining membranausti tuzilmalariga shun- 
ingdek prokariot va o ‘simlik hujayralaridagi hujayra devori kiradi. 
Bu tuzilmalaming mahsuloti hujayraning o ‘zida sintezlanib plazma­
tik membrana yuzasiga chiqariladi. Bularning tuzilish prinsipi temir- 
betonga o ‘xshaydi-elastik asosga karkas tolalar kirib turadi. Tarkibi 
polisaxaridiardan iborat. Hujayra devori faqat himoya vazifasini ba- 
jarib qolmay,turgor holatni saqlaydi.
Hayvon hujayrasi organizmdan ajratib olinib suvga solib qo‘yilsa 
biroz vaqtdan so‘ng hujayra shishib yoriladi, chunki plazmatik mem­
brana orqali ichiga suv kiradi. Organizm ichida bu xodisa ro‘y ber- 
maydi, chunki u yyerda hujayralararo suyuqlikdagi tuzlar kontsen- 
tratsiyasi hujayra ichidagi kontsentratsiyasiga yaqin.
Chuchuk suv havzalarida erkin yashovchi bir hujayrali organizm­
lar ham lizislanmaydi (parchalanmaydi). Chunki doimiy ravishda hu­
jayra nasosi - qisqaruvchi vakuol ishlaydi. lzotonik muhitda yashov­
chi dengiz sodda hayvonlarida qisqaruvchi vakuol yo‘q .
Agarda suvga bakteriya yoki o‘simlik hujayrasi joylashtirilsa
uning hujayra devori butun bo‘lsa u lizislanmaydi. Agar maxsus 
fermentlar ta’sir ettirib hujayra devori eritilsa shu vaqtning o ‘zida 
hujayra shishib yoriladi. Demak, hujayra devori hujayra ichiga ortiq­
cha suv kirishidan saqlar ekan. Hujayra ichiga suv kirgan mahalda 
hujayra devori taranglashib turgor holat yuzaga keladi va ortiqcha 
suv kirishiga to‘sqinlik qiladi.
0 ‘simliklaming hujayra devori ikki komponentdan tuzilgan:
1. Am orf gelsimon matriksi- polisaxaridlar bo‘lmish gemiselly-

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə