Hisob va biznes


Tashkilotning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlari



Yüklə 185,03 Kb.
səhifə4/6
tarix22.03.2024
ölçüsü185,03 Kb.
#182637
1   2   3   4   5   6
Davronov Nodirbek BHAT kurs ishi

2. Tashkilotning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlari
Temir yoʻl transporti Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy qon tomiri hisoblanadi. Shunday ekan temir yoʻl transportining rivojlanishi, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish muhim ahamiyati kasb etadi. Xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirishda harakatlanuvchi tarkib yaroqliligi holatini taʼminlash va tashishni tashkil etishda “ Toshkent mintaqaviy temir yo’l uzeli” unitar korxonasi muhim o’rin egallaydi, keying o’rinlarda “Toshkent MTU” UK.
Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 noyabrdagi 378-sonli buyrug'iga asosan tashkil etilgan. Vazirlar mahkamasining 2016-yil 28-oktabrdagi “ Boshqruv faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 375-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda “ O’zbekiston temir yullari” AJ bosharuv raisining 2016-yil 2-noyabrdagi № 453-H-sonli “ O’zbekiston temir yullari AJ ni rekonstuksiya qilish to’g’risida” gi buyrug’ining 2-bandining ijrosini taminlash maqsadida korxona ustaviga o’zgatirishlar kiritilgan va korxona nomi “ Toshkent MTU” korxonasidan “Toshkent MTU” unitar korxonasiga o’zgartirilgan. Uzel O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlari asosida ta’sis etigan va o’z faoliyatini qonundagi o’rnatilgan tartibda olib boradi. Uning tasischisi bo’lib “O’zbekiston temir yullari” AJ hisoblanadi.

“Toshkent MTU” UK ning asosiy faoliyati - aholi va sanoat korxonalarining transport va xizmat ko'rsatish ehtiyojlarini o'z vaqtida va sifatli ta'minlashdir.


Toshkent MTU” UK da xizmat ko'rsatadigan temir yo'l liniyalarining umumiy uzunligi 728 km bo'lib, Toshkent shahar, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini qamrab oladi. Shu bilan birga, o'rnatilgan uzunlik 1015,5 km, kirish yo'llarining uzunligi 98,8 km, stantsiya yo'llari 602,3 km, strelka o'tkazgichlari 1690 dona bo'lib, jami 64 ta muhofazalangan-nazorat o'tish joylari mavjud bo'lib, shunda asosiy yo'nalishlarda 32 ta, kirish yo'llarida -36 tani tashkil etadi. Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli 50ta stantsiya, 4 ta razyezd (3,6,9,205), Dalaguzar dezinfektsiyalash-yuvish stantsiyasi, Saryagach, Bekobod va Sirdaryo davlatlararo chegara punktlaridan iborat. Uzel quyidagi hududiy va tarkibiy korhonalarni o'z ichiga oladi: Toshkent-Yuk vagon deposi (VChD-1), yo'l masofa distantsiyalari (PCh-1, PCh-2, PCh-4, PCh-5), elektr ta'minoti distantsiyalari (ECh-1, ECh-2), signalizatsiya va aloqa distantsiyalari (ShCh1, ShCh3), Toshkent suv ta'minoti va binolarni saqlash distantsiyasi (VODCh), Hovos moddiy-texnik ta'minot otdeli ( NODX), tiklovchi poedlar ( VP Tashkent, VP Hovos), Toshkent ta'mirlash-qurilish uchastkasi ( RSU), "Gulobod-meva" sabzavot, polizchilik va chorvachilik xo'jaligi.
“Toshkent MTU” UK korxonasining tarkibiy bo’linmalari chizmasi:

Uzel boshlig’i, uzel boshlig’i o’rinbosari va bosh muhandis “O’zbekiston Temir yo’llari” AJ boshqaruv raisining buyrug’i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Uzel va uning devoni faoliyatini boshqarish uzel boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi va uzel boshlig’i ijro etuvchi organ hisoblanadi. Uzel boshlig’i yuqligi vaqtida uning majburiyatlari uzel bosh muhandisi yoki boshliq o’rinbosariga yuklanadi. “Toshkent MTU” UK korxonasining hozirgi kundagi boshlig’i Farmonov Ixtiyor Asrorovich hisoblanadi. “Toshkent MTU” UK boshqaruv tatibi quyidagi chizmada keltirilgan.



Uzel asosiy faoliyat doirasida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:



  • axoli va xo’jalik sub'ektlarini temir yo’l tashishlarga bulgan extiyojini to’la va o’z vaqtida qondirish;

  • tashuvlar mintaqaviy bozori konyunkturasini urgangan xolda ularning infratuzilmasini shakillantirish, jahon andozalari darajasida xizmatlar ko’rsatishni ta'minlash, shuningdek temir yo’l transporti tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • temir yo’l transporti xizmat ko'rsatiladigan mijozlar yukini o'z vaqtida yuklar butligini ta'minlangan xolda manziliga yetkazish;

  • temir yo’l transportining xizmat kursatiladigan xudud doirasida barqaror va xavfsiz ishlashni ta'minlash, foydalanuvchilarga keng ko'lamda temir yo’l xizmatlarini kursatish;

  • yuklar, yo’lovchilar, pochta va bagajlar tashish soxasida ushbu xizmatlardan foydalanuvchi mijozlarga qulayliklar yaratgan xolda sifatli va xavfsiz xizmatlarni tashkil etish;

  • joylardagi davlat xokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda temir yo’l transporti bo’linmalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashga doir choratadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • xizmat ko'rsatish xududida temir yo’l tarmoqlarining ish barqarorligini va o'tkazish imkoniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • O'zbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yo’lovchilarni tashish borasida joylardagi bojxona va soliq idoralari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan xolda o'zaro xamkorlikni ta'minlash;

  • temir yo’l transportida yagona ilmiy-texnika va investitsiyaviy siyosatni yuritishda ko'maklashish;

  • yangi texnika va texnologiyalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini, temir yo’l transportining kompleks rivojlanishini tashkil etishda ishtirok etish;

  • temir yo’l tarmoqlarini moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, ularni yanada rivojlantirish va bajarish imkoniyatlarini oshirish, yangi temir yo'l liniyalari, ko'priklar va boshqa sun'iy inshootlar qurish, ularni rekonstruktsiya qilish va texnik qayta qurollantirish, ilg'or texnologiyalar va zamonaviy menedjment usullarini keng joriy etishda ishtirok etish;

  • Uzel tarkibiy bo'linmalarida xizmat ko'rsatish-ekspluatatsiya va rivojlanish ehtiyojlari uchun import o'rnini bosuvchi maxsulotlar, extiyot qismlar, detallar va jihozlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va uni rivojlantirish;

  • atrof-muhit muxofazasi bo'yicha ekologiya meyorlarini belgilash va belgilangan meyorlarga rioya qilishda davlat tomonidan chiqarilayotgan qonun va qarorlarini ijrosini ta'minlash;

  • Uzel xodimlarini atestatsiyasini o’tkazish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish, mexnat va texnika xavfsizligini ta'minlash.

  • Uzel belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funktsiyalar bajarilishini ta'minlaydi:

  • -belgilangan yuk tashish rejalarini bajarishni ta'minlash;

  • belgilangan chegaralar doirasida, shu jumladan davlatlararo tutash punktlari orqali, chegaralar bojxona va xuquqni himoya qilish idoralari bilan birgalikda yuk va yo’lovchi poezdlarini to'siqsiz o'tishini ta'minlash;

  • Uzel tarkibiy bo’linmalaridagi texnik vositalar va jixozlarni shay xolatda tutish;

  • yuk tashish hujjatlarini to'ldirish qoidalariga qat`iy amal qilish; yong'in xavfsizligini, yuk, pochta va bagajlarni tashish hamda transport vositalari xavfsizligini ta'minlash;

  • favqulotda vaziyatlarda yuk tashishni tartibga solish va vujudga kelgan sharoitda belgilangan tadbirlarni bajarishni ta'minlash;

  • tashish jarayonida ishtirok etuvchi barcha bo’linmalarning o'zaro aniq hamkorligini ta'minlash;

  • portlovchi, tez yonuvchi, zaxarli moddalar, ya'ni xavfli yuklarni tashish jarayonida xavfsizlikni ta'minlash choralarini ko'rish;

  • temir yo’l transporti vositalarini falokatsiz tashish chora-tadbirlarini tashkil etish va bajarish;

  • davlat sirlari va xizmatga taaluqli ma'lumotlarni tarqalishini oldini oluvchi chora- tadbirlarni ko'rish;

Uzel daromadlari xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakillantiriladi. Uzel o’z hisobida qoladigan sof foyda hisobiga zahira fondini shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, Ularning miqdori va shakllantirish tartibi muassis tomonidan tasdilanadi. Uzelda qoladigan sof foyda barcha soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga boshqa majburiy to’lovlar to’langandan keyin uzel tasarrufida qoladi va muassis qaroriga ko’ra foydalaniladi. Uzel o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis uzelning mulki yetarli bo’lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo’yicha subsidiary javobgarlikni amalga oshiradi. Uzelning bugungi kundagi ustav fondi 88 004 216 000 so’mni tashkil etadi. Ustav fondi tasischi tomonidan kiritilgan asosiy vositalar, mamuriy bino va inshoatlar hisobiga shakillantirilgan. Uzel muassis majburiytlari b’yicha javob bermaydi. Uzel ustav fondining 100% tasischisi davlat hisoblanadi. Koxona ustaviga ko’ra ustav fondi muassisning qaroriga asosan ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi, agar ko’paytirilsa pul mablag’lari, asbob uskuna, mol-mulk, ko’chmas mulk va boshqa ko’rinishda kiritilshi va korxona sof foydasi hisobiga oshirilishi mumkun.
Uzelning iqtisodiy vazifalari:
• Uzel va uning tarkibiga kiruvchi bo’linmalarni xo’jalik boshqaruvini tashkil etish va barcha faoliyat turlari bo’yicha moliyalashni tashkil etish;
• Uzel O’zbekiston Respublikasining «Buxgalterlik xisobi to’g’risida»gi qonuni bo’yicha, buxgalterlik xisobining milliy standartlariga muvofiq xolda buxgalteriya hisoboni yuritish. Moliyaviy va statistik hisobotni amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshirish;
• Uzel belgilangan tartibda «O'zbekiston temir yo'llari» aktsiyadorlik jamiyatiga, soliq va boshqa davlat idoralariga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ravishda o'z moliyaviy-xo'jalik faoliyatining natijalari haqidagi zarur bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etadi;
• temir yo’l xizmatlari uchun barcha to'lovlarni o'z vaqtida to'la undirish hamda ularni «O'zbekiston temir yo'llari» aktsiyadorlik jamiyatining asosiy daromad hisob raqamiga o’tkazish;
• tashilgan yuklar uchun debitor qarzlarni va uni to’gatilishini nazorat qilish, hisobga olish va debitor karzlarni undirish bo'yicha hujjatlar tayyorlash hamda ularni xo'jalik sudlariga oshirish;
• bekatlardagi yuk-tovar idoralarida o'ta muhim bo'lgan hujjat varaqalarini saqlanishini ta'minlash;
• temir yo’l transportida yuk va yo’lovchilar tashishning servis va marketing tadqiqotlarini tashkil etishda ishtirok etish;
• Uzel tarkibiy bo'linmalari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining istiqbol ko'rsatkichlarini tuzish va uni bajarish;
• transport texnika vositalarini hamda temir yo’l transporti bino va inshootlarini ta'mirlashni tashkil etish;
• Uzel xodimlarining mehnat haqlari va mukofotlash tizimi va shakllarini aniqlash hamda bu ishlarni tarkibiy bo’linmalarda nazorat qilish;
• ijtimoiy rivojlantirish, uzel ishchi xodimlarini ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
• Sof tushumdan belgilangan tartibda va miqdorda nafaqa jamg’armasiga badallar, qo'shimcha qiymatga soliqlar, daromadga soliqlar to'lovlaridan, hamda avtomobil yo'llari ta'miri va qo’rilishiga chegirmalar, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqlardan tashqari barcha turdagi soliqlar va chegirma to’lovlari va hisoblarini amalga oshirish;
• Uzel va uning tarkibiy bo’linmalarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining istiqbol rejalarini tuzish;
Uzelning texnik vazifalariga quyidagilar kiadi:
 mutlaqo yangi texnika va texnologiyalarni, ilg'or tajribalarni joriy etish, ixtiro, ratsionalizatorlik va patent-litsenziyalashtirish faoliyatini rivojlantirish;
 atrof muhitni zararli chiqindilardan saqlash va ekologik toza texnologiyalarni, jarayonlarni va zararli chiqindilarni kamaytiradigan transport vositalarini keng joriy etish;
 Uzel va uning tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning asosiy vositalarini soz holda tutish va ularni me'yorida ishlashi uchun kerakli bo'lgan ehtiyot qismlar hamda yonilg'i energetika resurslari bilan ta'minlash;
 falokatlar, avariyalar va boshqa nazarda to’tilmagan hodisalarning oqibatlarini bartaraf etish uchun moddiy-texnika resurslarning barcha turlaridan zaxiralar tashkil etish;
 favqulotda vaziyatlar davrida Uzelning safarbarligini ta'minlash uchun moddiytexnika resurslari zaxiralarini tuzish va tayyorgarligini ta'minlash;
Yuqorida keltirilgan malumotlar asosida korxona asosiy faoliyat tavsifi bilan tanishib chiqgan holda uning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari quyida keltirladi:

Ko’rsatkichlar

U/B

2020-yil

2021-yil

2022-yil

reja

amalda

rejada

amalda

rejada

amalda

Jo’natilga yuklar

Ming.T

29222.0

26796.6

26980.0

27678.1

28000

27952.8

Kunlik ortilgan yuklar

Ming.T

80.1

73.4

73.7

75.6

76.503

76.374

Yuk aylanmasi

Mln-T-Km

7132.0

6526.2

7905.0

6726.8

8937.0

6859.53

Yo’lovchi aylanmasi

Mln-kishi-km

2009.17

2025.7

1788.7

651.3

1175.1

969.823

Yuk tushirish

Kunlik-vagon

1565

1582

1584

1589

1590

1598

Vagon aylanmasi

Kunlik

2.98

2.84

2.80

2.80

2.67

2.6

Yuk vagonlar qabuli

Vagon



1359

1403

1391

1504

1407

1379

Asosiy ishlab chiqarish ko’satkichlarini o’rganib chiqish jarayonida ma’lum bo’ladiki jo’natilan yuklar soni har bir yilda oldingi yilga nisbatan davomiy ravishda o’sib borgan. 2020-yilda jo’natilan yuklar hajmi rejaga nisbatan 91.7 % ga yoki 2425.4 ming.t kamiga bajarilgan. Ammo 2021-yilda rejaga nisbatan 102.5 % yoki 698.1 ming.t ortirib bajarilgan. Kunlik ortilgan yuklar hajmi 2020-yilda rejaga nisbatan 91.6 %, 2021-yilda 102.6%, 2022-yilda esa 100% barajildi. Jo’natilga yuklar hajmi tabiiyki yuk aylanmasiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ammo jami yuk aylanmasi tahlil qilinayotgan barcha yillada reja nisbatan kam bajarildi. Jumladan 2019-yilda 91.5%, 2021-yilda koronavirus pandemiyasi sababli 36.4 % ga barajilgan bo’lsa, 2022-yilda nisbatan jonlandi va 82.5 % ko’rsatkich qayd etdi. Yana bir asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib yo’lovchi aylanmasi hisoblanadi. Lekin yo’lovchi aylanmasi ham rejaga nisbatan past ko’rsatkich qayd etdi. 2020-yilda amalda tashilgan yo’lovchilar soni reja qilingaidan 100.8 %, 2021-yilda 36.4 % ga 82.53 % ga bajarilgan. Nisbatan yuqori ko’rsatkich qayd etgan sohaladan biri bu yuk vagonlar qabuli bo’lib 2019-yilda 103.23 %, 2021-yilda 108.1 % va 2022-yilda 98 % natija ko’rsatdi.


“ Toshkent MTU” UK bo’yicha jami yuk aylanmasi hajmi 2020- yilda 6526.2 mln.t, 2021-yilda 6726.8 mln.t ni, 2022-yilda esa 6859.53 mln.t ni tashkil etgan. Yuk aylanmasining temir yo’l uchastkalari bo’yicha ko’rsatkichlari quyidagi jadvalda keltiriladi.
“Toshkent MTU” UK temir yo’l uchastkalari bo’yicha 2019-2020-2021-yillarda bajarilgan yuk aylanmasi mln so’m

Uchastka nomi

Uchastka uzunligi km

Yillar

Nisbiy o’sish +/- %

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2020-yilda

2021-yilda

Angren-K.To’qimachi

114

394326

346107

536168

88 %

155%

To’qimachi-Angren

114

677581

845511

828446

125 %

98%

Salar-Xodjikent

66

17687

16253

14204

92%

87%

Xodjikent-Salar

66

35340

34990

34396

99%

98%

Paxtaorol-Sirdaryo

11

104

31

16

30%

52%

Sirdaryo-Paxtaorol

11

748

655

1

88%

0%

To’qimachi-Salar

16

41838

30562

47657

73%

156%

Salar-To’qimachi

16

57482

95929

94666

167%

99%

Urtaul-Dalaguzar

7

8735

11746

6783

134%

58%

Dalaguzar- Urtaul

7

30340

25241

21718

83%

86%

Akcha-GRES

9

17570

27297

27712

155%

102%

GRES-Akcha

9

971

724

802

75%

111%

Keles-dav.chegara

5

11009

12028

17662

109%

147%

Dav.chegara-Keles

5

102023

118960

101509

117%

85%

O’zbekiston-T.tovar

23

160878

148288

136739

92%

92%

T.tovarniy-O’zbekiston

23

59749

60973

69854

102%

115%

Оп.3438- O’zbekiston

59

392349

337159

370629

86%

110%

O’zbekiston- Оп.3438

59

698654

750161

717792

107%

96%

O’zbekiston- Keles

30

45843

36884

37472

80%

102%

Keles-O’zbekiston

30

424576

450340

373976

106%

83%

Jizzax-Mehnat

76

8370

6618

8462

79%

128%

Mehnat- Jizzax

76

42185

39633

38996

94%

98%

Tosh.yo’lovchi- Keles

18

67609

69247

83403

102%

120%

Keles- Tosh.yo’lovchi

18

122293

152004

136686

124%

90%

Xavast- Оп.3438

72

482782

433969

456427

90%

105%

Оп.3438- Xavast

72

826860

878449

859061

106%

98%

Nau-Xavast (Spitamen)

38

67644

54144

50581

80%

93%

Xavast-Nau

38

213584

206379

205157

97%

99%

Uchqulach-Рзд.205

71

65240

55745

51388

85%

92%

Рзд.205- Uchqulach

71

6883

6142

11871

89%

193%

Dashtobod-Yangiyer

35

162769

161963

165302

100%

102%

Yangiyer- Dashtobod

35

173665

193436

194836

111%

101%

Dashtobod-БП 3505

36

105993

83164

107293

78%

129%

БП 3505- Dashtobod

36

100034

114892

103207

115%

90%

Jizzax- Dashtobod

59

438307

396243

440174

90%

111%

Dashtobod- Xavast (Jizzax)

59

464215

524959

510284

113%

97%

Jami:

893

6526236

6726826

6861330

103%

102%



Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan 1999-yil 2-fevralda qabul qilingan 54-son nizomga asosan mahsulot (ish, xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:
- moddiy xarajatlar;
- asosiy fondlar amortizatsiyasi;
- mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
- ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
- boshqa xarajatlar.
“O’zbekiston temir yo’llari” aksionerlik jamiyatida asosisy faoliyat bo’yicha hisob kitoblar quyidagi schetlarda olib boriladi:
2011- Yo’lovchi xo’jaligi bo’yicha xarajatlar;
2012- Kontener va sanoat yuklarini tashish xo’jaligi bo’yicha xarajatlar;
2013- Harakat xo’jaligi bo’yicha xarajatlar ;
2014- Lokomotiv xo’jaligi bo’yicha xarajatlar;
2015- Vagon xo’jaligi bo’yicha xarajatlar;
2016- Yo’l xo’jaligi bo’yicha xarajatlar;
2017- Aloqa va signalizatsiya xo’jaligi bo’yicha xarajatlar;
2018- Elektrofikatsiya va energetika xo’jaligi bo’yicha xarajatlar;
2019- O’zbekiston Respublikasi hududida transit yuklarga hizmat ko’rsatish bo’yicha xarajatlar;
2020- Mintaqaviy temir yo’l uzellarining chiziqli boshqaruv apparati bo’yicha xarajatlar;
2021- Kompaniya boshqaruv xarajatlari va umumiy yo’l korxonalari bo’yicha xarajatlar.
“Toshkent MTU” UK yuqoridagi keltirilgan schetlardan 2011-schet “ O’z Temir yo’l yo’lovchi” korxonasidan mustaqil yuritilishi va 2014-schet Lokomotiv xo’jaligi tomonidan alohida hisobga olinishi sababli bu schetlar hisobini yuritmaydi. 2013-schet Harakat xo’jaligi bo’yicha xarajatlar tarkibiga yuk va saralash stansiyalaridagi manyovr ishlari xarajatlari, yuk va saralash stansiyalarida poyezdlarni qabul qilish va jo’natish xarajatlari, harakat xo’jaligi inventarlari, bino va inshoatlariga xizmat ko’rsatish xarajatlari va xarajatlar hisobi yuritiladi.



Yüklə 185,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə