Himoyaga ruxsat etildi


Zardushtiylik manbalarida axloqiy masalalar mohiyati



Yüklə 176 Kb.
səhifə6/6
tarix29.01.2023
ölçüsü176 Kb.
#99665
1   2   3   4   5   6
ddt oyisha tahrir

2.2. Zardushtiylik manbalarida axloqiy masalalar mohiyati
«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. Avesta kitobi zardushtiylik dinining ezgulik g'oyasiga yo'naltirilishi bilan barobar “odam va olam, inson va jamiyat haqidagi tasavvurlarning, ular o'rtasidagi munosabatlarning jamuljam ifodasi”170ni muayyan tizimga solingan maʻbud va maʻbudalarning ijobiy turkumi orqali namoyon etgan. Ushbu maʻbud va maʻbudalar tizimi ijtimoiy asoslarga ham egaligi bilan diqqatga sazovor. Shu maʻnoda zardushtiylikni real tarixiy jarayonlardan ayri samoviy nozil din bo'lgan deyishdan dunyoviy fan nuqtai nazaridan ehtiyot bo'lmoq maʻquldir. Zero, Avestaning ijobiy ilohiy zotlar tizimi o'z davri uchun jamiyatning hayotiy orzu umidlari ifodasi edi. Ular “tabiat, jamiyat va inson o'rtasidagi munosabatlarni maʻnaviy, ruhiy, axloqiy mezonlar orqali uyg'unlashtirish...”ga xizmat qilgandir. 11Avestada maʻbud va maʻbudalar tizimining ijtimoiy mohiyati bir o'rinda o'ta murakkab bo'yoqlarda berilsa, boshqa o'rinda asotiriy mavhum tus oladi. Ayniqsa “Goh”larda Ahura Mazdaning “Olam ruhi”, “Ashah” “Haqiqat”, “Ezgu Niyat”, “Olam Shahriyori” kabi emanasiyalari bir qarashda turli nomdagi mustaqil xudolardek ko'rinsalar, ularning ichki ma’nosiga diqqat qilinsa, bu atamalar mohiyatida “Bosh hakam” Ahura Mazda ko'zda tutilganini payqash qiyin emas. Chunki, Zardusht “Goh”larining mohiyati faqat Ahura Mazdaga qaratilgan, uni qavmlarga Bosh parvardigor sifatida taqdim etishni ko'zlagan. Uni emanasiyalari nomlari orqali ifodalash o'ziga xos taʻsir vositasi rolini o'ynaganZardusht 20 yoshidan boshlab yakka xudolikni targ’ib etgan. 28 yoshida shuhrat qozonadi, lekin uning targ’ibotlari mahalliy hukmdorlarga yoqmaydi. Uni osishga hukm etadilar. Zardusht o’zi bilan 300 ga yaqin safdoshlarini olib hozirgi Afg’oniston tomonga yo’l oladi va o’z g’oyalarini targ’ib etadi. U 77 yil umr ko’rgan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» ham birdan yuzaga kelgan emas. U bir necha asrlar mobaynida yaratilgan. Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi «Avesto» haqida qisqa ma’lumot berdik. Bu kitobning ko’p qismi Iskandar Zulqarnayn va arab-lar istilosi davrida yo’qolib ketgan. Bizgacha yetib kelgan nusxasi 1374 yilda ko’chirilgan bo’lib hozirda Kopengagendagi kutubxonada saqlanib kelinmoqda.
“Avesto”da mehnat nihoyatda ulug’lanadi. Mehnatni yaxshilik, moddiy noz-ne’matlar manbai deb biladi. Inson saxovatli bo’lishi uchun avvalo mehnat qilishi, o’z qo’li bilan noz-ne’matlar yaratishi uqtiriladi. «Avesto»da don ekkan kishi taqvodorlik urug’ini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e’tiqodini olg’a suradi. Imonni oziqlantirib turadi...», deyiladi. Bunga amal qilish o’n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng. Ekin ekish, mehnat qilish - yerdagi yovuzlikni yo’qotishdir, deb qaraladi. «G’alla yerdan unib chiqqanda, - deyiladi «Avesto»da devlar larzaga keladi, g’alla o’rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g’alla yanchib un qilinayotganda ular mahv bo’ladi...» deb mehnat ulug’lanadi.
«Avesto»da inson axloq-odobi, ma’naviyati quyidagi uchlikda: Gumata - yaxshi fikr, Gugta - yaxshi so’z, Gvarshta - yaxshi ishda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman», - deb ta’kidlaydi Axura Mazda.
Yaxshi fikr deganda, yaqin kishilarga mehribonlik, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt va saodati uchun faol kurashga doim tayyor turish, hamma bilan ahil va totuv yashash va boshqalar tushuniladi.
Yaxshi so’zlar deganda esa o’z va’dasiga rioya qilish, so’zining ustidan chiqish, savdo-sotiq ishlarida halol bo’lishga, qarzini o’z vaqtida to’lash, o’g’rilik va talonchilik qilmaslik, buzug’likdan o’zini tiyish va hokazolar tushunilgan.
Yaxshi ishlar deganda insonning o’z hatti-harakatida yaxshi fikr va yaxshi so’zlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yo’1-yo’riqlarga og’ishmay amal qilish nazarda tutiladi.
«Avesto»da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida e’tibor berilgan, qattiq nazorat qilingan, qarindosh-urug’, aka-ukaning quda anda bo’lishi qoralangan.
«Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan. Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta’riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e’tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi. «Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi. «Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo’1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash «Avesto»ning bosh g’oyasidir. Yaxshilik ramzi – yakka xudo Axura Mazda, yomonlik ramzi – Ahrimandir.12 Hozirgacha «Avesto»ning ikki varianti mavjud. Birinchisi faqat «Avesto»ning o’zidan iborat . Tisht – xalq o’rtasida asrlar o’tishi davomida «Sust» nomi bilan o’zgargan. O’zbek xalq og’zaki ijodidagi «Sust xotin» qo’shiqlarida Tishtar obrazi yaratilgan. Qurg’oqchilik kelgan yillarida dehqonchilik bilan shug’ullanadigan odamlar Tishtar – yomg’ir tangrisidan yordam so’raganlar. Bu marosim o’ziga xos ko’rinishda o’tkazilgan: dehqonchilik bilan shug’ullaniladigan joylardagi ayollar to’planishib, odam shaklidagi qo’g’irchoqqa kampirning ko’ylagini kiygizishib, «Sust xotin» qo’shig’ini aytishgan va o’z qo’ni-qo’shnilarinikiga kirishgan. Uy egalari qo’g’irchoqqa suv sepishgan, «Sust xotin» qo’shig’ini aytganlarga xayr–sadaqa berishgan. Quyidagi parchada yaratilgan Sust xotin obrazi «Avesto»dagi suv xudosi Tishtar mifologiyasiga bog’lanadi.13
Xulosa shuki, «Avesto» kitobida ajdodlarimizning necha ming yillik ma’naviy merosi, izlari o’z aksini topgan. Unda johillik, zo’ravonlik, tuhmat kabi yomon xislatlar qoralanadi. Sof ko’ngilli bo’lish, xiyonat qilmaslik, savdoda bir-birini aldamaslik, haqorat qilmaslik kabi ma’naviy xislatlar targ’ib etiladi.14


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, zardushtiylik ta’limoti dinshunoslik fanining muhim mavzusi hisoblanadi. Zardushtiylik ilk bora xudo zotining universal yakka-yagonaligi
g'oyasini ilgari surgan din sifatida insoniyat tarixida alohida o'ringa ega. Biroq, baʻzan ilmiy doiralarda, baʻzan esa afkor omma orasida zardushtiylik haqida uning vahdoniyat g'oyasi shubha ostiga olib kelinadi. Bunday munosabat dinda xudo masalasidagi asosiy doktrinaning, ya’ni parvardigor Ahura Mazdaning yakka-yagona universal mohiyatining ifoda shakllari turlichaligi tufayli yuzaga kelgan. Zotan, zardushtiylikda AhuraMazda o'zining mohiyatini ameshaspentalar, yazadlar, fravashiylar orqali yuzaga chiqaradi. Aksariyat hollarda ayni shu xususiyat to'g'ri tushunilmaydi. Ya’ni, Ahura Mazdaning funksiyalarini taqsimlab olgan malak siymolarning har biri alohida ilohiy zotlar sifatida mustaqil talqin etiladi. Xuddi shu kabi yazadlarning panteon sifatidagi tizimi oddiy ko'pxudolikka yo'yiladi. Holbuki, har bir yazad, har bir emanasiya AhuraMazdaning tajallilari, uning irodasi ijrochilardir. Boshqacha aytganda,ularning barchasi yolg'iz Ahura Mazda mohiyatining turli xil namoyon bo'lish shakllaridir. Avestoda maloikalar, maʻbudlar va fravashiylar murakkab tizimni tashkil etadi. Biroq ibtidoiy tafakkur bosqichlarida ularga turli sifatlar, vazifalar taqsimlangan. Bu esa, ilohiyot tizimi odamlarning real dunyoda ko'rib turgan ijtimoiy munosabatlarini mavhum osmoniy tizimga aylantirishlari orqali asotirdan din tomon siljish davrlariga to'g'ri keladi. Avesta mifologiyasining murakkab qatlamini qadim zamonlarda, xususan, bu kitob hali og'zaki anʻana asosida avloddan-avlodga o'tib kelgan davrlarda real tarixiy yoki roviy hikoya va dostonlarining qoldiqlari tashkil etadilar. Ular orasida xalq og'zaki ijodiyotining turli taraqqiyot bosqichlariga xos qiziqarli material majmui mavjudAynan shu mavzu yaxshi o’zlashtirilsa, qiyosiy dinshunoslikdagi tahlillar sezilarli darajada yuqori bo’ladi. Zardushtiylik ta’limoti xalqlar hayotida muhim ahamiyatga ega ta’limot hisoblanadi. Uning manbalarida esa insonning barkamol bo’lib etishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e'tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma'rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G’arb xalqlarining ham muhim ma'naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bolishiga olib kelgan. Ushbu mavzu orqali ilk davrlardanoq zardushtiylik ta’limotining insonlar hayotida muhim o’ringa ega bo’lganligi, keng yoyilganini bilib olishimiz mumkin. Turli yondashuvlar orqali ushbu ta’limot haqidagi olimlarning tahlillari, fikrlari ham kurs ishida keng va atroflicha yoritilgan.
FA



1 Кадыров М. Отрывки из Авесты. / перевод // Материалы по истории общественно - философской мысли в Узбекистане. – Т ., 1976. – С.75

2 Hamidjon Homidiy. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil-B.45

3 "Avesto" kitobi - tariximiz va maʻnaviyatimizning ilk yozma manbai" mavzuidagi ilmiy-amaliy seminar materiallari. - Toshkent, 2000-B.65

4 http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/284

5 Markaziy Osië dinlari tarixi / Masʻul muharrir - Sh.Yovkochev. - T.:Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti. 2006-B.89

6 Mo'minov A., Yuldoshxo'jaev H., Raximjonov D.. Komilov M., Abdusattorov A., Oripov A. Dinshunoslik. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. - T.: Mehnat, 2004.-B 46

7 Ashirov A. “"Avesto"da meros marosimlari”. -T., 2001,-B 68

8 Панищев А.Л. Зороастризм (дидактические материалы по курсу «Религиоведение») / А.Л. Панищев // Вопросы культурологии. – 2014. – № 5-6. 1,7 п.л.



9 Жўраев Н. “Авесто” зарурати / Авесто.Тарихий адабий ёдгорлик. / Асқар Маҳкам таржимаси. – Т.: Шарқ, 2001. – Б.9

10 Жўраев Н. “Авесто” зарурати / Авесто.Тарихий адабий ёдгорлик. / Асқар Маҳкам таржимаси. – Т.: Шарқ, 2001. – Б.4-6.

11 Авесто.Тарихий адабий ёдгорлик. / Асқар Маҳкам таржимаси. – Т.: Шарқ, 2001. – Б.5.

12 B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik.-T.”Sano standandart”nashiriyoti. 2017.

13 Avesto. Oʻzbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.)-T.:2001.

14 https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13216-markaziy-osiyo-xalqlarining-jahon-sivilizasiyasi-rivojiga-qo-shgan-hissasi



Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə