Himoyaga ruxsat etildi


Zardushtiylik taʼlimotining tarixi haqida umumiy maʼlumotlar



Yüklə 176 Kb.
səhifə3/6
tarix29.01.2023
ölçüsü176 Kb.
#99665
1   2   3   4   5   6
ddt oyisha tahrir

Zardushtiylik taʼlimotining tarixi haqida umumiy maʼlumotlar

Zardushtiylik — miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan dinlardan biri hisoblanadi.2 Zardushtiylik Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan din hisoblanadi. Bu dinning nomi Zardusht ismli shaxsga nisbat beriladi. Zardushtiylikning nomi uning muqaddas kitobi hisoblanmish "Avesto"da "Mazdayasna" ("Mazdaga sig'inish") deb atalgan. "Mazda" so'zi "donish, donishmand, okil" kabi ma’nolarda talqin etiladi. Mazkur din tarqalgan xalqlar orasida zardushtiylik "Bexdin", ya’ni "eng yaxshi din" deb ulug'langan. Unga ko'ra, butun borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan deb e’tiqod qilingan. Mazda so'zi oldiga ulug'lash so'zi "Axura" qo'shilib, zardushtiylikning ilohi "Axura Mazda" (Axuramazda) nomi - paydo bo‘lgan. Bu qo'shimcha so'z "Janob Mazda" yoki "Xudo Mazda" demakdir. Zardusht nomi manbalarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko'rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o'rtasida Zardushtning tarixda bo'lgan yoki bo'lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u miloddan avvalgi, taxminan 570 yillarda tug‘ilgan. Zardushtning ilohiyotchi, faylasuf, shoir bo'lganligi haqida turli manbalarda keltirilgan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo'lgan ko'pxudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi.3 Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi to'g'risida ikki fikr mavjud:
Birinchisi, "Gʻarb nazariyasi" bo'lib, unga ko'ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili birinchidan zardushtiylikning - qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo'lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish "Avesto"ga yozilgan sharxlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo'lganligidir.
Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko’pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», deyiladi. «Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to’g’ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo’l» Sug’d (So’g’d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.4
Buyuk alloma Beruniy keltirgan rivoyatga ko'ra, Zardusht Baqtriya podshohi Gishtasp va malika Xutaosa huzuriga kelib, «Avesto» ta'limotining muqaddasligini isbotlash uchun xudoga iltijo qilib, o'z tanasiga qizdirilgan misni bosishlarini so'raydi. Olovli mis uning tanasini zararlamagach, Gishtasp va uning xotini, ulardan so'ng esa butun Baqtriya aholisi zardushtiylik e'tiqodini qabul qiladi. Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo'lgan.
“Avesto”da, shuningdek, Zardusht tug‘ilgan va o'z faoliyatini boshlagan yurt haqida ham ma’lumot beriladi. Aytilishicha, "Bu mamlakatning ko‘p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov va suvlari bilan go'zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo'l, chuqur ko‘llari, keng kirg‘oqli va kema yurar daryolari o'z tulkilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (sug'dlar yashaydigan yurt), Xvarizm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor". "Keng qirg‘oqli, kema yurar daryolar" bu Amudaryo va Sirdaryo bo'lib, "Avesto"da tasvirlangan mazkur shaharlar Markaziy Osiyo shaharlarining ikki daryo qirg‘oqlarida joylashganidir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va "Avesto"ning kelib chiqish joyi deb Xorazm, tarqalish yo'nalishi Xorazm-Marg‘iyona- Baqtriya deb aytish mumkin.
Zardushtiylik an’analari Zardushtni Xorazmdan chiqqaniga dalolat kiladi. Zardusht tarixiy shaxs. Uning biografiyasi ancha oddiy. U Spitama urug‘ining boy bo'lmagan vakili Purushaspaning o'g'li bo'lgan. Spitama a’zolari boshqa xudolar qatorida Axura Mazdani ham tan olishgan. Biroq Zardusht yoshligidan faqat Axura Mazdaga e’tiqod qilgan. Keyinchalik u o'zini uning payg‘ambari deb e’lon qildi. Zardusht ham otasi kabi boy bo'lmagan. Boshida o'z e’tiqodini targ'ib etishda muvafaqqiyatsizlikka uchradi. Xususan, o'n yil ichida u atigi bir necha ergashuvchilarga ega bo'ldi. Gap shundaki, zamondoshlarining sodda ongi Axura Mazda xudosining mavxum obrazini kiyinchilik bilan kabul etardi. Uch ming yil ilgarigi odamlar uchun tosh yoki boshka real materiallarda aks ettirilgan xudolar tushunarli va ishonchli edi. Zardushtni o'z jamiyati asta-sekin sikib chikardi. Dinning yangi goyalarini targib etishning nokulay sharoiti tufayli Zardusht Aryanam Vaedjdan ketishga majbur buladi. U Sug‘d, Marg‘iyonani kesib o'tib, Baqtriya poytaxti Baxdiga etib keladi.
"Avesto"ning "Yasna" kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmagan. Abu Rayhon Beruniyning «O'tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar» kitobida ta’kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to’liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug’i bilan zardush-tiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham yoqib yuborilgan. Keyinroq Parfiya podshohlari Vologcz I va Vologez V davrida (I- II asrlarda) “Avesto”ning qolgan-qutgan qismlari to'plangan. Sosoniylar davrida (V- IV asrlarda) “Avesto” qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga keltiriSgan. Hozirgacha “Avesto”ning jami 21 qismi yetib kelgan. Vatanimizda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u ilk bor o'zbek tiliga tarjima qilinib, 2001- yilda nashr etildi.
E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O’rta Sharqda davlat dini maqomida bo’lgan. Zardushtiylik diniy tizim sifatida Markaziy Osiyoda bronza davrida ibtidoiy jamoa munosabatlari yemirilayotgan, jamiyatda mulkiy va ijtimoiy tengsizlik paydo bo'layotgan sharoitda shakllangani qayd etiladi. Temir davri boshiga kelib u yanada mukammallashib, ichki tizimi tartibga keldi. Dinning og‘zaki an’analari asta-sekin yozuvga aylandi, bu esa zardushtiylikning muqaddas diniy yozuvlar to’plami “Avesto”ning ilk bitiklarini keltirib chiqardi. Bu o'tish davri miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Zardushtiylikning shakllanish va "Avesto"ning yozilish davriga kelib, Markaziy Osiyoda chuqur mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish an’analariga ega bo’lgan o‘troq zamindorlar va chorvadorlarning patriarxal jamoalari, harbiy aristokratlar va din arboblari paydo bo‘lgan edi. “Avesto”da qayd etilgan jamoada ozod jamoadoshlar va tobe aholi, yaʻni "qullar" alohida o‘rin egallagan. Biroq "Avesto" jamoasida qullar yetakchi ishlab chiqaruvchi kuch emasdilar, kulchilik yordamchi mohiyatga ega bo'lgan. "Avesto" ma’lumotlariga ko‘ra, zardushtiylar jamoa tuzumi to‘rt pog‘onali edi: nmana - "uy-oila", ya’ni boshida katta oilali uy boshlig’i turgan patriarxal oila; vis "urug, urug‘chilik ovuli", bunga o‘zaro qarindosh bo'lgan barcha oilalar kirgan; “zantu” -qabila va hudud, bunda qabila yashagan. O‘z navbatida “zantu” o‘zaro qarindosh qabilalarni birlashtirgan: daxyu – “viloyat, mamlakat”, kirgan. Jamiyat tizimining bu to'rt pog‘onali tizimi qadim zamonlarga borib taqaladi.
Zardushtiylik ta’limotining asosi dualizm (ikkilik) bo'lib, unga ko'ra olam qarama-qarshiliklar kurashi asosi qurilgan. Yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va o'lim o'rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklar Axuramazda va barcha yomonliklarni Axriman ifodalaydi.
Axuramazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib, ularga ham qilishni buyuradi, yomon ishlarni bayon etib ulardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda iymon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, suzning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardusht kuniga besh marta yuvinib, poklanishi shart hisoblanadi. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to'rt unsur - suv, olov,yer va havo ulug‘lanadi.
Zardushtiylik dafn marosimi o'ziga xos bo'lib, o'lganlar bir necha past, baland "sukut minoralari" - daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go'shtlarini qushlar yeb, suyaklarini tozalaydi. Go'shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlar "ossuariy"larga solinadi.5
Zardushtiylik dini jahon miqyosida eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod kilganlar. Eronda sosoniylar sulolasi kukmronligi davrida zardushtiylik rasmiy davlat diniga aylangan. Bu davrda uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan qayta yigilib, kitob shakliga keltirilgan. "Videvdot" qismiga o'zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan.
VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyoga islom dini kelib, keng tarkalguniga kadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan

Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə