Hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar


Burgalar (Aphaniptera) turkumiga



Yüklə 292,73 Kb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü292,73 Kb.
#140623
1   2   3   4   5   6   7
HAYVONLARDA PARAZITLIK QILUVCHI HASHAROTLAR

Burgalar (Aphaniptera) turkumiga 1400 dan ortiq tur kiradi. MDH da 400 dan ortiq turi uchraydi. Burgalar to'liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz hasharotlar bo'lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar va sutemizuvchilarda, shu jumladan, odamda) qon so'rib parazitlik qiladi. Markaziy Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan.
Burgalar mayda ektoparazit bo'lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki yonidan siqilgan bo'lib, to'q sariqdan to jigarranggacha bo'lishi mumkin. Ustidan qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan xitinlashgan tukchalar bo'ladi. Mana shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini qoplagan bo'ladi. Tukchalar burgaga xo'jayinningjun vapatlari orasida erkin harakat qilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Бургалар иссиқ қонли ҳайвонларнинг ва одамларнинг эктопаразитлари бўлиб, уларнинг қони билан озиқланади. Burgalarning ko'zlari va sanchib-so'ruvchi og'iz apparati boshida joylashadi. Og'iz apparati quyidagicha tuzilgan: 1 juft pastki jag'lar uzun ingichka plastinkalar shaklida tuzilgan bo'lib, terini teshish uchun xizmat qiladi. Ular asosida so'lak bez-lari nayi va 1 juft kalta pastki jag' paypaslagichlari joylashgan. Yuqori labi o'zgarib, toq sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab reduksiyalangan, shunday bo'lsada, pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy etgan. Ular tarnovsimon bo'lib, bir-biriga zich taqalib turadi, natijada, sanchuvchi apparat qanotlari g'ilofini hosil qiladi. Ko'krak qismida 3 juft oyoqlari bo'lib, keyingi juft oyoqlari kuchli rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan sakrab harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm uzunlikka sakrashi mumkin. Qorin qismi 10 ta bo'g'imdan tashkil topgan bo'lib, orqa qismida jinsiy apparati joylashgan. Qorin segmentlarining ikki yonida stigmalar ko'rinadi.
Burgalar ayrim jinsli, ular jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin bo'limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo'ladi, shu joyda murakkab kopulyativ apparati joylashgan. Urg'ochilarining jinsiy apparati kolbasimon, xitinli rezervuar urug' qabul qiluvchi pufakcha ko'rinishida tuzilgan. Urg’ochilari hayoti davomida 450 tadan 2500 tagacha tuxum qo’yadi, bir qo'yganda tuxumiar soni 6-10 tagacha boradi. Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo'lgan joylarga, ya'ni pol tirqishlariga, to'shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va kemiruvchilar iniga qo'yadi.
Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan 15 kungacha davom yetadi, bu esa burgalarning turiga va tashqi muhit sharoitiga, ayniqsa, harorat va namlikka bog'liq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan, tanasi tuk bilan qoplangan, oyoqsiz bo'lib, ikki qanotlilar lichinkasiga o'xshash bo'ladi. Lichinkalar chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichida g'umbakka aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalarning rivojlanishi 20 kundan 1 yilgacha davom etadi. G'umbakdan chiqqan voyaga yetgan davri -imago - faqat qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 2-5 yil umr ko'radi.
Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so'radi. Ular asosan (95 %) sutemizuv-chilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan turdagi xo'jayin bilan juda mahkam bog'lanmay, bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi hayvonga va odamga o'tishi mumkin. Sunday gematofag hayvonlarga polifaglar deyiladi. Tabiatda shunday burgalar borki, hatto vaqtincha bo'lsa ham ilonda, ba'zilari esa hasharotlarning lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda mushuk burgasi (Ctenocephalides felis), itlarda it burgasi (Ctenocephalides canis), odamlarda odam burgasi (Pulex irritans), kalamushlarda kalamush burgasi (Xenopsylla cheopis) parazitlik qiladi. Lekin, ular odamga ham hujum qiladi. Kalamush va odam burgalari odamlarga o'lat (chuma) va terlama kasalligining qo'zg'atuvchilarini yuqtiradi. Bu og'ir kasalliklarning mikroblari kasal odamlar, kalamushlar va burgalarning axlati orqali odam terisiga tushib qolsa, uning tirnalgan joyidan qonga o'tib, ko'paya boshlaydi.
Odam burgasi urg'ochisining kattaligi 3-4 mm atrofida bo'ladi (102-rasm). Odam burgasi uy hayvonlarining tanasida ham yashashi mumkin. Burgalar issiq qonga o'ch bo'lib, o'lgan hayvonning sovub borayotgan tanasini tashlab, yangi xo'jayin axtaradi.



O'lat kasalligi tabiiy manbali fakultativ transmissiv kasalliklar guruhiga kiradi. Uning tabiiy manbai kemiruvchilar, asosan, kalamushlar, yumronqoziqlar, sug'urlar va qumsichqonlar hisoblanadi. Bu kasallik bilan og'rigan bemor 3-4 kunda o'lishi mumkin.


O'lat odamga ikki xil yo'l bilan yuqishi mumkin:
1. Bemor qoni bilan oziqlangan burga qon bilan birga o'lat qo'zg'atuvchilarini (o'lat tayoqchalarini) ham o'ziga yuqtiradi. Burganing oshqozon va ichagida o'lat tayoqchalari shu qadar ko'payib ketadiki. natijada burganing oshqozonini to'ldirib, hasharoming normal oziqlanishiga to'sqinlik qiladigan o'lat tiqinini hosil qiladi. Zararlangan burga qon so'rganda ovqat oshqozoniga bora olmasdan qaytib tushadi, ya'ni burga qusadi. Ana shu paytda o'lat tayoqchalari ham burga "qusgan" joyga tushib, odamni zararlaydi. Chaqqan joylarni qashlaganda, tirnalgan ten orqali, ya'ni kontaminatsiya yo'li bilan odamga o'lat yuqishi mumkin.
2. Mexanik yo'l bilan, masalan, bemor bilan yaqin aloqada bo'lganda, bemorning chiqindilari va hatto havo-tomchi orqali ham o'lat kasalligi yuqishi mumkin.
O'lat kasalining qo'zg'atuvchisi uzoq vaqtgacha noaniq bo'lgan. 1893-1894-yillarda fransuz olimi Sersen va yaponiyalik olim Kitasato (bir-birini bilmagan holda) o'lat kasalining qo'zg'atuvchisi chuma tayoqchasi - Pasteurella pestis ekanligini aniqladilar. 1896-yili Hindistonda ishlayotgan rus shifokori V.A. Xavkin o'lat kasaliga qarshi zardob ishlab chiqib, uni o'zida sinab ko'radi va bu zardob yaxshi natija berishini aniqlaydi. 1897-yili M. Ogata va 1898-yili Zimond o'lat kasalining tarqalishida burgalar ishtirok etishini tajribalar asosida isbotladilar. Rus shifokori D.K. Zaboiotniy (1887-y.) o'lat kasalining manbai sutemizuvchilardan kemimvchilar turkumi vakillari ekanligini aniqladi.

Yüklə 292,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə